Mikrobiologiya va immunologiya


-savol. Leptospiroz qo’zg’atuvchilarini laboratoriya diagnozi



Download 13,45 Mb.
bet140/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

2-savol. Leptospiroz qo’zg’atuvchilarini laboratoriya diagnozi.
Diagnoz. Laboratoriya diagnozi: 1) to‘g‘ri qorong‘i maydonda mikroskopda ko‘rish; 2) gemourinokul’tura ajratish; 3) biosinov qo‘yish; 4) serologik tekshirishlardan iborat. Laboratoriyaga tekshirish uchun kasal hayvondan 5-10 ml qon (3-5 kuni), siydik, tashlangan homila yuboriladi. O‘lgan mayda hayvonlarning jasadi, yirik hayvonlardan yurak, parenximatoz organlardan bo‘lakchalar, buyrak, siydik xaltasi bog‘langan holda, orqa miya suyuqligi yuboriladi. Siydik ertalab yem-xashak berishdan oldin olinadi.
Patmaterial laboratoriyada 6 soatdan (sovutgichda saqlansa 10-12 soatdan) kechiktirilmay tekshirilishi kerak.
Mikroskopik tekshirishlar uchun ezilgan tomchi usulida preparatlar tayyorlanib, qorong‘ilashtirilgan kondensorda ko‘riladi.
Diagnoz bakteriologik va serologik usullarda qo‘yiladi.
1. Mikroskopiya. Leptospiralar bo‘yoqni yomon qabul qiladi. Ular ezilgan tomchi usulida, qorong‘ilashtirilgan kondensorda tekshiriladi. Leptospiralar spiral shakldagi, to‘g‘ri yoki S holdagi ingichka, harakatchan ipsimon organizm. Uzunligi 5-20 mkm, diametri 0,1-0,2 mkm, uchlari ilmoq shaklida egilgan. Leptospiralar fibrillalar yordamida harakatlanadi. Grammanfiy, Romanovskiy Gimza usulida 48 soat bo‘yaganda pushti-binafsha rangda bo‘ladi. Lyuminissent mikroskopiyada leptospirozning maxsus fluoresensiyali globulini ishlatiladi.
Mikroskopik tekshirishda leptospiralar aniqlansa, diagnoz qo‘yishda shu bilan chegaralanish mumkin.
2. Bakteriologiya. Patmaterial (siydik 10-15 ming aylanma tezlikda 30 daqiqa sentrifugalanib, cho‘kmasi va ustidagi suyuqligi, qonning plazmasi, organlardan suspenziya tayyorlab tekshiriladi) maxsus Lyubashenko, Ulengut oziq muhitlariga ekiladi. Har bir namunadan 3-5 tomchidan 5-6 ta probirka yarimsuyuq yoki suyuq oziq muhitga ekiladi. Leptospiralar – fakultativ aerob, 28-30 oC da uch oy davomida o‘stiriladi. Leptospiralar o‘sganda muhitning tashqi ko‘rinishi o‘zgarmaydi. Shu sababli ekmalarda leptospiralarning o‘sganini bilish uchun 3, 5, 7, 10 kundan keyin, so‘ngra har 5 kundan keyin har bir probirkadagi ekmalardan ezilgan tomchi usulida preparatlar tayyorlab ko‘riladi. Leptospiralar ko‘proq 5-20 kunda, ba’zan 1-2 oy, kam hollarda 2-3 oydan keyin o‘sadi. Leptospira kulturasini uzoq saqlash uchun ularni har 10-15 kunda qayta ekib turish kerak.
Patmaterialdan oziq muhitlarda leptospiralar hamma vaqt ham ajratilavermaydi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish