Qorason qo’zg’atuvchisi. Clostridium chauvoei. Qorason (Emkar) shohli hayvonlarga xos o’tkir o’tuvchi yuqumli kasallik bqlib, tananning muskullarga boy qismlarida qirsildoq tovush paydo qiluvchi tez kattalasha digan gazli shishning paydo bo’lishi, isitmaning ko’tarilishi bilan namoyon bo’ladi. Yirik shohli hayvonlar 3 oydan 4 yoshgacha kasallanadi. Qorason qo’zg’atuvchisini birinchi bo’lib Fezer 1865 yilda o’lgan sigirning teriosti kletchatkasidan topgan.
Morfologiyasi va tinktorial xususiyatlari. Qo’zg’atuvchi – Clostridium chauvoei tayoqcha shaklida, uchlari qayrilgan, uzunligi 4-8 mkm, eni 0,6-0,9 mkm, harakatchan- peritrix. Kulturada ham, patmaterialda ham markaziy yoki subterminal joylashgan spora hosil qiladi. Sporalar joylashishiga qarab qo’zg’atuvchiga urchuqsimon, noksimon yoki limon shaklini beradi. Yosh kulturalar grammusbat, qarilari- grammanfiy bo’yaladi.
Kultural xususiyatlari. Qo’zg’atuvchi qat’iy anaerob, 36-380C haroratda o’sadi. O’stirish uchun maxsus – qon, zardob, jigar, miya, mushak bo’lakchalari qo’shilgan muhitlar qo’llaniladi. Ko’proq go’shtpeptonli jigarli bulon, Kitt-Tarossi oziq muhiti, glyukozali-qonli Seyssler agari, zardobli-glzkozali agarlarda o’stiriladi. Optimal pH 7,2-7,6 , harorat 36-380C, 140C da ham o’sishi mumkin. Kitt-Tarossi muhitida 12-24 soatdan keyin avval loyqalanish paydo bo’lib, 2-3 sutkalarda sporalar probirka tubiga tushgandan keyin (cho’kma), bulon tiniqlashib boradi. Gaz pufakchalari hosil bo’ladi. Undan achigan yog’ hidi keladi. Glyukozali- qonli agarda koloniyalar gemoliz zonasini hosil qiladi, markazi ko’tarilib, tugma shaklida bo’ladi. Miyali muhitda o’sganida gaz hosil qiladi, qoraymaydi, bir necha kundan keyingina muhitning o’rtasida nozik qizarish paydo bo’ladi. zardobli agar o’rtasida yasmiqsimon yoki yumaloq, nozik o’simtali koloniyalar shaklida o’sadi.
Biokimyoviy xususiyatlari. Cl. shauvoei jelatinani sekin erituvchi proteazani sintezlaydi, ivigan zardob va tuxum oqsilini eritmaydi, sutni 3-6 kunda koagulyasiya qiladi, cho’kmasi yumshoq g’ovak massa ko’rinishida bo’ladi. Indol hosil qilmaydi, ko’pchilik shtammlari kamroq vodorod sulfid hosil qiladi, nitratlarni nitritlarga aylantirmaydi, metilen ko’kini rangsizlantirmaydi. Glyukoza, saxaroza, maltoza, laktoza, galaktoza, levulyozalarni bijg’itib kislota va gaz hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |