Tayanch iboralar: klostridiyalar, ekzotoksin, fermentlar, sporalar, anaerob sharoit, kultura, shtamm, gaz hosil qilish, oziq muhitlar, vaksina, giperimmun zardob, biosinov.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Shapulatova Z.J. Mikrobiologiya fanidan o’quv qo’llanma (amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari). Toshkent, 2013 y.
2. Carter. G. R darla J. Wise Essentials of Veterinary Bakteriology And Mycology Sixth Edition 2004 268 p
3. кисленко В.Н., Колычев Н.М., Суворина О.С. Ветеринарная микробиология и иммунология. Часть 3. Частная микробиология. М.2007 г.
1-savol. Patogen anaeroblarning umumiy xarakteristikasi.
Patogen anaeroblar. Hayvonlar va odamlarda og’ir o’tuvchi infeksion yoki intoksikasiya jarayonlarni chaqiruvchi mikroorganizmlar qatoriga patogen anaeroblar guruhi kiradi. Patogen anaeroblar- bu klostridiyalardir, lekin ularga sporasiz fuzobakteriyalar (nekrobakterioz qo’zg’atuvchisi) ham kiradi.
Klostridiyalar- ko’pgina tuproq anaerob bakteriyalari guruhi bo’lib, 93 ta turni o’z ichiga oladi. Lekin ulardan sakkiztasi haqiqiy patogen mikroorganizmlardir. Ular qator umumiy xususiyatlarga ega. Yosh kulturalar va to’qimalardan tayyorlangan preparatlarda grammusbat, eskilarida – grammanfiy bo’yaladi. Ularning ko’pchiligi peritirixlar. Markaziy, subterminal, terminal joylashgan oval yoki silindr shaklli endospora hosil qiladi. Spora hosil bo’lishda hujayralar ko’ndalang o’lchami kattalashadi, shishib, urchiqsimon shaklga kiradi. Maxsus oziq muhitlarda, anaerob sharoitlarda o’sadi. Bu guruh mikroblarining xarakterli xususiyatlari- katalaza fermentining yo’qligi, ular oqsillarni parchalovchi proteazalar hosil qiladi, qator turlari saxarolitik aktivlikka ega. Tarkibida farqlanuvchi gemolitik, nekrotik, letal va boshqa komponentlari bor, faol ekzotoksin sintezlaydi.
Har xil turdagi klostridiyalar bir xil antigenga ega- xivchinli, somatik, endotoksinli antigenlar.
Klostridiy avlodi har xil vakillarining ekologik xususiyatlari – saprofitligi, spora hosil qilishi tufayli muhitning noqulay sharoitlariga chidamliligi, deyarli barcha kontinentlarda ularning keng tarqalganligi (geografik kosmopolitizm) bilan ifodalanadi.
Hayvonlarning oshqozon-ichak trakti ularning rivojlanishi va ko’payishi uchun tipik joy hisoblanadi.
Patogen klostridiylar shizomisetlar Schizomycetes sinfiga, haqiqiy bakteriyalar qatoriga- Eubacteriales, basillalar oilasiga- Bacillaceae, klostridiy- Clostridium avlodiga mansub. Muhim patogen anaroblarga – Cl. Chauvoei, Cl. Perfringens, Cl.oedematiens, Cl.Septicum, Cl.histoyiticum, Cl.sordelii, Cl.Tetani, Cl.Botulinum lar kiradi.
Birinchisi qorasonni, qolgan beshtasi- gazli shish, bradzot, qo’zilar anaerob dizenteriyasini, yuqumli enterotoksemiya, qolgan ikkitasi esa qotma va botulizm kasalliklarini chaqiradi. Nekrobakterioz qo’zg’atuvchisi ham patogen anaerob, lekin klostridiya larga o’xshamaydi. Shizomisetlar sinfi, haqiqiy bakteriyalar qatori, bakterio idlar oilasi (Bacterioidaceae), fuzobakteriy (Fusobacterium) avlodiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |