Mikrobiologiya va immunologiya


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 13,45 Mb.
bet63/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Shapulatova Z.J. Mikrobiologiya fanidan o’quv qo’llanma (amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari). Toshkent, 2013 y.
2. Carter. G. R darla J. Wise Essentials of Veterinary Bakteriology And Mycology Sixth Edition 2004 268 p
3. Кисленко В.Н., Количев Н.М., Суворина О.С. Ветеринарная микробиология и иммунология. Часть 1. Обшая микробиология. М. Колос, 2006 г.
1-savol. Immunnologiya fanini ahamiyati, rivojlanishi, tarixi.
Immunitet (lotincha immuniutas –ozod bo’lish, qutilish) Organizmning patogen mikrob yoki zaharli moddasiga chidamliligi immunitet deyiladi. Imunitet bu organizmning himoya vositalaridir. Immunitetni tekshiruvchi fan immunologiya deyiladi. Immunologiyaning rivojlanish tarixi medisina mikrobiologiyasining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uzoq vaqt davomida asosan ko’pchilik virus va mikroblar chaqiradigan kasalliklarga qarshi kurashish vositalarini yaratishga qaratilgan edi. L. Paster mikrobiologiyaning asoschisi bo’lgani singari, immunologiyaning ham asoschisidir. U birinchi marta kuydirgi va quturishga qarshi emlash usullarini ishlab chiqdi va 18 asr oxirida E. Djenner tayyorlagan chechakka qarshi vaksinaning ta’sir qilish mexanizmini tushuntirdi. Infeksion immunologiyada Fransiyada E.Ru, Germaniyada E. Beringni defteriya tayoqchasining toksinlarini neytrallovchi antitoksinli zardob olish bo’yicha qilgan ishlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Immunologiyaning rivojlanishida gumoral va hujayra immuniteti yo’nalishlarini asoschilari P.Erlix (1854-1915) va I.I.Mechnikovlar (1845-1916)ning ham xizmatlari katta. Keyinchalik 20 asrning 60-70 yillarida gumoral va hujayra immunitetining o’zaro bog’liqligi aniqlanib, hozirgi zamon immunologiyasining asosi bo’lgan organizmning immun sistemasi haqidagi ta’limot paydo bo’ldi. 1908 yilda immunologiya sohasida qilgan buyuk ishlari uchun I.I.Mechnikov va P.Erlixlarga Nobel mukofoti berildi.
Infeksion kasalliklarga chidamlilikning paydo bo’lishi infeksion immunitetdir. Immunologiya qonunlarining hayvon oqsili va hujayralariga tadbiq etilishi-noinfeksion immunitetni aniqladi. Bunday immunitet to’qimalarning qarama qarshiligi (nesovmestimost) haqidagi ta’limotning asosi bo’ladi. U patogen mikroblar va ularning hosil qilgan mahsulotlariga qarshi kurash jarayonlarida moslashish yo’li bilan paydo bo’ladi. Bu biologik jarayonda fagositoz, organ va to’qimalarning mikroblarga va ularning zahariga qarshi kurashi kuchayadi. Infeksion immunitet haqidagi ta’limotga ingliz vrachi E.Djennerning (1749-1823) ishlari turtki bo’ldi. U birinchi bo’lib chechakka qarshi emlashni taklif qildi. U qishloqda ishlab yurib sigir chechagi bilan kasallanib o’tgan odamlar chin qora chechak bilan kasallanmayotganlarini sezdi. E.Djenner 1796 yilda sigir chechagini bolaga emladi, natijada bola chin chechakka qarshi immunitetga ega bo’ldi. Sun’iy yo’l bilan organizmda aktiv immunitet vujudga keltirishga yordam bergan bu preparat vaksina (lotincha Vacca- sigir), immunlash usulini esa vaksinasiya deb atash shu davrdan boshlangan. Bu terminni L.Paster E.Djenner sharafiga kiritgan. 1881 yildagina L.Pasterning qilgan ishlari tufayli immunitet haqidagi ta’limot ilmiy asoslandi. Tovuq vabosi, kuydirgi, qutirish qo’zg’atuvchilarning virulentligini kuchsiztirish usullari topilib, bu kulturalarni emlash maqsadida ishlatish uchun imkon yaratildi.
N.N.Chistovich va N. Bordelar 1898 yil immunitet faqat bakteriyalarga emas, balki organizm hujayralariga ham paydo bo’lishi mumkin ekanligini aniqlashdi. Bu esa noinfeksion immunitet muammolarini yanada chuqurroq o’rganishga va yechimlarini topishga asos soldi.
Organ va to’qimalarni ko’chirib o’tkazish paydo bo’lishi bilan noinfeksion immunitet muhim ahamiyatga ega bo’la boshladi. Bu holat uchun noinfeksion immunitet yaxshi emas va hatto zararli deb ham hisoblandi. Noinfeksion immunitetni, ya’ni qarama-qarshilikni yengib, organizmning qarama-qarshilikga moslashishi to’g’risida immunologik tolerantlik (chidam) degan yangi tushuncha paydo bo’ldi. Bu haqda F.Bernet o’z vaqtida aytib o’tgan. P.Medavar va M.Gasheklar esa tajribada isbotlashgan. 1953 yilda P.Medovar va M.Gasheklar hayvonlarga embrional rivojlanish davrida antigen yuborilganda ular katta yoshda bo’lganida o’sha antigenga javoban reaksiya bermasligini aniqlashdi. Demak ularda tolerantlik paydo bo’ladi.
Immunitetning paydo bo’lishi,(ayniqsa infeksion kasalliklarga qarshi) uning namoyon bo’lish darajasi, organizmning xolatiga bog’liq.
Aytib o’tilganidek immunitet infeksion va noinfeksion bo’lishi mumkin. Infeksion immunitet o’z navbatida maxsus va nomaxsus immunitetlarga bo’linadi. Nomaxsus immunitet muhit sharoitlari bilan birgalikda har xil: mexanik, fizikaviy, biologik faktorlarga qarshi organizmning tabiiy, tug’ma chidamliligidir.
Maxsus immunitet organizmga ma’lum oqsil tanachasining (mikrob, toksin, to’qima) kirishi natijasida hosil bo’lib, ularga qarshi maxsus himoya vositalari (antitela yoki immunoglobulinlar) paydo qiladi.
Nomaxsus immunitet. Tabiiy (tug’ma, genetik) immunitet hayvonning ma’lum turiga bog’liq. U evolyusiya davomida paydo bo’lib, biologik belgilar singari nasldan naslga o’tadi. Bunda bir turdagi hayvonlar ikkinchi bir turdagi hayvonlarning yuqumli kasalliklariga chidamli bo’lishadi. Masalan, otlarda yirik shohli hayvonlar o’lati, cho’chqa o’latiga tabiiy, tug’ma turiga xos immuniteti bo’lganligi sababli ular bilan kasallanmaydilar. Yirik shohli hayvon esa cho’chqa o’lati, manqa, otlarning yuqumli anemiyasi va h.k.lar bilan kasallanmaydi. Demak, moyil bo’lmagan organizmda bu kasallik qo’zg’atuvchilarining yashashi, rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yo’q. Tabiiy tug’ma immunitetni konstitutsiyali immunitet ham deyiladi (U.Bayd, 1969, P.N.Burgasov, S.N. Ruyansev,1985 va boshqa).
Tabiiy tug’ma absolyut immunitet absolyut va nisbiy bo’lishi mumkin. Absolyut immunitetda ma’lum bir turdagi hayvonda hech qaysi sharoitda zararli materialning hech qanday dozalarida kasallik paydo bo’lmaydi. Otlarda yirik shohli hayvonlar o’latiga absalyut immunitet bo’lgani uchun, ular hech qanday sharoitda u bilan kasal bo’lmaydilar.
Nisbiy turga xos immunitetda tashqi muhit sharoitining o’zgarishi yoki qo’zg’atuvchi dozasining yuqori bo’lishi bilan paydo bo’lgan immunitet uzilishi mumkin.
Masalan kabutar tabiiy sharoitlarda kuydirgiga chidamlidir, lekin uni oldindan alkogol bilan zaharlansa, u kuydirgi bilan kasallanadi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish