3- savol. Biologik omillarning mikroorganizmlarga ta’siri.
Biologik omillar. Mikroblarga fizikaviy va kimyoviy omillardan tashqari biologik omillar ham ta’sir etadi. Mikroorganizmlar tabiiy sharoitda yashaganda faqat muhit bilan emas, balki turli mikroblar va boshqa tirik oragnizmlar bilan ham o’zaro munosabatda bo’ladi va u biosenoz deyiladi.
Simbioz-bunda bir muhitda ikki yoki undan ortiq turdagi mikroblar bir-biriga halaqit bermasdan yashaydi va ko’payadi.
Kommensalizm-bu ikki organizm o’rtasidagi shunday munosabatki, bunda bir organizm, ikkinchisiga zarar yetkazmagan holda uning ajratmasi yoki oziqasidan faoydalanadi.
Metobioz –bunda bir xil tur mikroorganizm o’z hayot faoliyatida boshqa bir mikroorganizmning o’sishi va rivojlanishiga qulay sharoit tug’diradi.
Sattelizm- bir mikrobning boshqa mikrob hosil qilgan mahsuloti ta’sirida o’sishi, rivojlanishi, kuchayib, yana birga yashab ketishidir.
Sinergizm –ikki va undan ortiq turdagi mikrobning bir biriga ko’maklashishidir. Masalan azotobakter va Bac. Mycoides birgalikda o’simliklarni yaxshi o’stiruvchi geteroauksin moddalarni hosil qilishidir. Sof azotobakter kulturasi 173 mg getroauksin hosil qilsa Bac. Mycoides bilan birga o’sganda 220 mg hosil qiladi.
Antogonizm – bir tur mikrob rivojlangan muhitda ikkinchi bir tur mikrob rivojlana olmaydi.
Parazitizm – bu mikroblar orasidagi shunday munosabatki, bunda parazit bu munosabatdan foyda oladi va xo’jayiniga zarar yetkazadi, o’lishiga olib keladi.
Har xil tuzilish va kattalikdagi mikroblar orasidagi munosabat – fagiya muhim ahamiyatga ega. Bu viruslar bilan bakteriya, aktinomisetlar, yashil suv o’tlari orasidagi munosabatdir. Mikroorganizmlarga ta’sir qiluvchi biologik omillarga antibiotiklar, fitonsidlar va bakteriofaglar kiradi.
Antibiotik terminini fanga z.A.Vaksman (1942) kiritgan (anti-qarshi, bios-hayot) Antibiotiklarni mikroorganizmlar (aktinomisetlar, mog’or zamburug’lari basilla, bakteriya), o’simlik va hayvon organizmlari hosil qiladi. Birinchi bo’lib rus olimlaridan V.A. Manassein va V.A. Palotebnov (1871-1872) penisilliumning boshqa bakteriyalarning o’sishini to’xtatishini kuzatib aniqlashdi. Antibiotiklar mikroorganizmlarning o’zaro antogonistik yashashlari davomida himoyaviy vosita sifatida hosil bo’lib, atrof muhitga ajralib turadi. Antibiotiklarning mikroblarga ta’sir qilish kuchi har xil bo’lishi mumkin-bakteriostatik (rivojlanishni to’xtatadi), bakterisid (butunlay o’ldiradi), bakteriolitik (eritib yuboradi). Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash amaliyotda keng qo’llanilmoqda
Fitonsidlar. O’simliklarda antibiotiklarga o’xshash moddalar borligini birinchi bo’lib olim V.P.Tokin 1928-1930 yillarda isbotlab, ularni fitonsidlar deb atagan. Fitonsidlar o’simlik bargi, guli, ildizi, mevasida bo’ladi. Fitonsidlar asosan yiringli jarayonlarni mahalliy davolashda qo’llaniladi.
Bakteriofaglar-bakteriyalarning paraziti bo’lib, fag ta’sirida bakteriyalarning erib ketishi bakteriofagiya deyiladi. Bakteriofaglar mikroorganizmlarning turini aniqlab, kasalliklarga diagnoz qo’yishda hamda yuqumli kasalliklarni davolashda qo’llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |