Mikroorganizmlarning ko’payishi deb ularning o’z-o’zidan ko’payib (bo’linib) mikrob hujayralari miqdorining ortishiga aytiladi. Bakteriyalar jinssiz (bo’linish) va jinsiy kopulyasiya yo’li bilan ko’payadi.
Mikrob kulturasini oziq muhitda o’sishida bir nechta bosqich (faza) larni o’tadi. Ularni ba’zi avtorlar 8 ta, boshqalari 4 ta bosqichga bo’ladilar.
1. Boshlanish fazasi (lag-faza). Bu fazada kultura oziq muhitga moslashadi.
2. Eksponensial (logarifmik) faza – kulturada hujayralar maksimal darajada ko’payadi. Geometrik ko’payish bo’ladi (1,2,4,8,16,256 va h.k) Fazaning oxirida kulturaning o’sishi sekinlashadi.
3. Stasionar faza – yetilgan davr. Yangi hosil bo’lgan va o’lgan hujayralar miqdori tenglashadi.
4. O’lish fazasi- bunda hujayralar kamayibgina qolmay, o’zgaradi ham. Sporalar hosil bo’ladi. Mikrob hujayrasining ko’payish qonuniyatini bilish kulturallarni oziq muhitlarda o’stirish va saqlashda muhim amaliy ahamiyatga ega.
Nazorat savollari:
1. Mikroorganizmlar fiziologiyasiga nimalar kiradi?
2. Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibini ayting?
3. Mikroorganizmlarning oziqlanish usullarini ayting.
4. Mikroorganizmlarning nafas olishi deganda nimani tushunasiz?
Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishi
|
Ma’ruza mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi
Vaqt: 2 soat
|
Talabalar soni: 100 nafar
|
O‘quv mashg‘ulotning shakli
|
Vizual ma’ruza, ikki tomonlama tahlil.
|
O‘quv mashg‘ulotning rejasi
|
1. Tuproq mikroflorasi.
2. Suv mikroflorasi.
3. Havo mikroflorasi.
|
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi: mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishi -ekologiyasini yer biosferasining barcha ekologik sistemasida (tuproq, suv, havo va h.k.) o’tganish va har bir ekosistemsning o’ziga xos mikroflorasini
tushuntirish.
|
Pedagogik vazifalar:
- tuproqda mikroblarning hayoti va faoliyati uchun qanday sharoitlar borligi, uning turli qatlamlarida mikroblar soni va sifati boyicha miqdori har xil bo‘lishini, buhda patogen mikroblarning infeksiya manbai sifatidagi alohida o’rnini tushuntiradi;
- suvda yashaydigan, sharoitiga moslashgan o’zining mikroblari va tashqaridan tushgan mikroblarga tushuncha beradi.
- Havo patogen mikroblarni o’tkazuvchi, tarqatuvchi muhitligi, unda mikroblar havo-tomchi yoki havo-chang usulida tarqalishini, yalpi kasalliklar paydo bolishini tushuntiradi.
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- tuproq mikroflorasiga ta’rif beradi va uni o’rganishni ahamiyatini izohlaydi;
- suv mikroflorasi, mikrobosenoz bo’lishiga qarab uchta zonaga bo’lib tushuntiradi;
- havo mikroflorasining tarkibi. Uni o’rganish usullarini aytib beradi;
- tuproq, suv, havo mikroflorasini o‘rganishda qanday sanitariya ko’rsatkichlarga tekshirish kerakligiini aytib beradi.
|
O‘qitish uslubi va texnikasi
|
Ma’ruza, hikoya, axborot
|
O‘qitish vositalari
|
Guruhiy, kollektiv
|
O‘qitish shakli
|
Ma’ruza matni, proektor, O‘TV/KT
grafik organazaer, yozuv taxtasi, bo‘r
|
O‘qitish sharoitlari
|
Jihozlangan auditoriya
|
Do'stlaringiz bilan baham: |