V. Laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Stafilakokkli infeksiyalarni laboratoriya diagnostikasi.
Streptokokkli infeksiyalarni laboratoriya diagnostikasi.
Pasterelloz, cho‘chqalar saramas kasalligini laboratoriya diagnostikasi.
Kolibakterioz, salmonellozni laboratoriya diagnostikasi.
Kuydirgi kasalligini laboratoriya diagnostikasi.
Tuberkulozni laboratoriya diagnostikasi.
Brutsellozni laboratoriya diagnostikasi.
Patogen anaeroblarni laboratoriya diagnostikasi.
Patogen zamburug‘larni laboratoriya diagnostikasi.
Leptospirozni laboratoriya diagnostikasi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan laboratoriya mashg‘ulotlarinining pasportlari, ularni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Laboratoriya mashg‘ulotlari zarur asbob-uskunalar va reaktivlar bilan jihozlangan auditoriyalarda bir guruhni ikkiga bo‘lib o‘tkazilishi lozim.
Laboratoriya ishlari talabalarda o‘lgan yoki majburiy so‘yilgan hayvonlardan patologik materiallar olish usullari, serologik reaksiyalar qo‘yish, turli xil biopreperetlarni qo‘llash, infeksion kasalliklarni tekshirish, mikroskopik, bakteriologik, biosinov usullari yordamida qo‘zg’atuvchini aniqlash, laborator diagnostikasi va differensial diagnostikasi bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malaka hosil qiladi.
VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Immunofluoressensiya reaksiyasi.
Anaerob mikroblarni o‘stirish uchun qo‘llaniladigan oziq muhitlar, ularni tayyorlash.
Bakteriofaglar.
Serologik tekshirishning immunoferment usuli (ELISA test).
Bakteriyalarning genetikasini o‘rganish. Gen zondlari usuli. Polimerazali zanjirli reaksiya - PZR
Tuyalar va odamlar o‘lati kasalligining laboratoriya diagnostikasi.
Psevdotuberkuloz qo‘zg‘atuvchisi.
Tulyaremiya kasalligining laboratoriya diagnostikasi.
Listerioz qo‘zg‘atuvchisi va laboratoriya diagnostikasi.
Infeksion enterotoksemiyaning qo‘zg‘atuvchilari va laboratoriya diagnostikasi.
Nekrobakterioz qo‘zg‘atuvchisi va laboratoriya diagnostikasi.
Bradzotni laboratoriya diagnostikasi.
Kampilobakterioz qo‘zg‘atuvchisi va laboratoriya diagnostikasi.
Patogen rikketsiyalar va xlamidiyalar.
Mikroorganizmlarning o‘zgaruvchanligi va irsiyati.
Hayvonlar organizmidagi mikroflora.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan fan bo‘yicha internet ma’lumotlarini to‘plash, ularni o‘rganish, o‘quv adabiyotlari yordamida referat tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |