Zamburug‘larning morfologiyasi. Trixofitonlar 10% li ishqor bilan ishlov berilgan patmaterialdan tayyorlangan preparatlarda, zararlangan sochda topiladi. To’g’ri, bo’g’inli miseliy giflari soch uzunligi bo’yicha bir qator bo’lib joylashadi. Sporalari bir hujayrali yumaloq yoki oval bo’lib, sochda yoki uning ichida zanjir shaklida joylashadi va sporalardan qoplama hosil qiladi. Spora va miseliylar sochda uch xil joylashib zararlaydi: endotriks-sporalar sochning ichida uning uzunligi bo’yicha zanjir shaklida joylashadi; ektotriks-sporalar soch ustida ya’ni uning atrofida qoplama shaklida joylashadi; neoendotriks –sporalar soch tolasi ichida zanjir shaklida hamda ustida qoplama ko’rinishida joylashadi. Sporalar faqat soch uzunligi bo’yicha to’g’ri qatorlar bilan joylashadi.
Kultural xususiyatlari. Trixofiton avlodi zamburug’lari oziqa muhitlarda sekin o’sadi. Uni o’stirish uchun saburo agariga ekiladi. Qo’zg’atuvchi-aerob, 26-280C da o’stirilganda 10-20 sutkada silliq, terisimon, qatlam-qatlam ba’zida unsimon qatlamli koloniyalar hosil bo’ladi. Koloniyalardan oziqa muhitga kuchli, chuqur shoxlanish paydo bo’ladi. Qo’zg’atuvchining to’rt xil mikrokonidiysi bor: endo-, yoki artrosporalar (3-7 mkm); xlamidosporalar (7-10mkm),shuningdek makrokonidiylari (uzunligi 15-20mkm,eni 3-5mkm, 5-8ta kameradan tarkib topgan yirik,urchuqsimon sporalar) miseliy uchlarida bitta yoki to’p bo’lib joylashadi.
Chidamliligi. Trixofiton turlarining tashqi muhit ta’siriga chidamliligi har xildir. G. S. Ryabovoy ma’lumoti bo’yicha zax, qorong’u, shamollatib turilmaydigan molxonalarda zamburug’lar 10 yilgacha saqlanadi. Patmaterialda virulentligi 1,5 yil tuproqda 2 oy saqlanadi. Ultrabinafsha nurlari zamburug’larni kulturada ham, patmaterialda ham 30 daqiqada o’ldiradi. 80-900C qizdirilgan suvda 7-10 daqiqa, qaynatish 7-10 daqiqa, quruq issiqlik (60-620C) 2 soatda o’ldiradi. 5-8 % li ishqor eritmalari 20-30 daqiqada, 2-3 % li fenol 20-30 daqiqada, 2% li formalin 2-3 daqiqada o’ldiradi.
Patogenligi. Trixofiton avlodi zamburug’lari tabiiy va sun’iy sharoitlarda qoramollar, ot, qo’y, cho’chqa, eshak, tuya, mushuk, dengiz cho’chqalari, quyon, oq sichqon, kalamush, it, muynali va yovvoyi hayvonlar uchun patogenlidir. Ko’proq qoramol va otlar, kamroq it va mushuklar moyildir.
Kasallik o’ta yuqumli, asosan yosh hayvonlar zaralanadi.
Patogenezi. Hayvonlar dermatomikozlari patogenezi asosida zamburug’larning organizmda teri va uning hosilalarini zararlab, parazitlik qilishi yotadi. Bunda makroorganizmning ham roli katta. Organizmda qulay sharoitlar yaratilganda zamburug’lar soch follikulalariga kirib rivojlanadi va ko’payadi. Kirgan va rivojlangan joyida yalliglanish paydo bo’ladi. Soch ildizi qinining hujayralari shishishi natijasida soch noziklashib follikuladan chiqayotgan joyidan sinadi. zararlangan o’choqlardan zamburug’ elementlari kengaygan qon tomirlar orqali qon va limfaga o’tib, qon oqimi va limfa tomirlari orqali yana teriga kelib tushadi. Hamda yangi zararlangan manbalar paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |