Antigen tuzilishi. Qotma klostridiylarining harakatchan shtammlari somatik-O va xivchinli-H antigenga ega. Faqat O- antigen harakatsiz. Termolabil H-antigen mikrobning maxsus tipligini ifodalaydi.
Laboratoriya diagnozi. Laboratoriyaga tekshirish uchun jarohat sekreti, zararlangan joyning eng chuqur qatlamlaridan olingan to’qima bo’lakchalari yuboriladi. O’lgan hayvonlardan bundan tashqari (5-10 ml) qon, jigar va taloq bo’lakchalari olinadi.
Laboratoriya tekshirishlari ikki yo’nalishda olib boriladi: toksinni ajratish, qo’zg’atuvchi kulturasini ajratib uning zararliligini aniqlash.
Patmaterialdan surtma tayyorlanadi, oziq muhitlarga ekiladi, oq sichqonlarda biosinov qo’yiladi va 10 kun kuzatiladi. Ijobiy natijada 2-3 kunda kasallik belgisi namoyon bo’ladi.
Tekshirilayotgan materialda qotma toksini ajratilsa, kulturani ajratish uchun tekshirish o’tkazilmaydi.
Quyidagi hollarda qotmaga diagnoz qo’yildi deb hisoblanadi:
- tekshirilayotgan materialda qotmaning toksini ajratib olinsa (kultura ajratilmasa ham);
- patmaterialdan qotmaning qo’zg’atuvchisiga xos, xarakterli xususiyatga ega. toksin hosil qiluvchi kultura ajratib olinsa. Tekshirish muddati 1 5 kungacha.
Immunitet. Qotma bilan kasallangan hayvonlarda immunitet paydo bo’ladi. Aktiv immunizasiya uchun konsentrlangan, achchiqtoshli anatoksin ishlatiladi. U yirik hayvonlar terisi ostiga bir marta 1 ml, yosh va mayda hayvonlarga 0,5 ml yuboriladi. Immunitet 30 kundan keyin hosil bo’lib, bir yildan ko’p, otlarda esa 5-6 yil saqlanadi. Qotmaga qarshi zardob zarurat paydo bo’lgandagina ishlatiladi.
Botulizm barcha qayvonlarga oid toksikoinfeksion kasallik. Botulinum zaharini saqlovchi oziqlarni yeyish natijasida paydo bo’lib, markaziy nerv sistemasining og’ir zararlanishi, hiqildoq, til va pastki jag’ning falajlanishi bilan xarakterlnadi. Botulizm bilan odam ham kasallanadi. Botulizm 18 asr o’rtalarida ifodalanib, uning nomi ( kolbasa- lot. Botulus) kolbasa yeb kasallangan odamlarda kasallikning birinchi klinik belgilarini kuzatishdan olingan. Botulizm qo’zg’atuvchisini birinchi marta 1896 yilda van Ermengem botulizmdan o’lgan odamning talog’ va yo’g’on ichagidan ajratdi. Keyingi tekshirishlar natijasida tabiatda – Cl. botulinum ning 7 ta tipi borligi aniqlandi- A, B, C, D, E, F, Y . Ular o’zaro ekzotoksinning antigen tuzilishi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |