SO‘LISh
O‘simlik kasalliklarining ko‘p tarqalgan turlaridan biri bo‘lib, bunda o‘simlik butunlay yoki
uning ayrim qismi turgor holatini yo‘qotadi. Bu kasallik turi bir yillik o‘simliklarda ham va ko‘p
yillik o‘simliklarda ham, shu bilan birga mevali daraxtlarda ham uchraydi. Zararlangan
o‘simlikning ko‘pincha yuqori qmsmi so‘lishi va o‘tkazuvchi to‘qima naylari qo‘ng‘ir tusga kirishi
kuzatiladi. Bunda g‘o‘zaning vertisillyoz so‘lish kasalligi misolida ko‘rishimiz mumkin.
ShIShLARNI HOSIL BO‘LIShI
O‘simlik a’zolarida shishlarni hosil bo‘lishi, ko‘pincha zararlangan to‘qima xujayralarining
xajmining kattalashishi natijasida o‘simlik a’zolarining noto‘g‘ri rivojlanishi sababli (gipertrofiya-
karam kilasi) yoki to‘qima xujayralarini sonining oshishi tufayli (giperplaziya –mevali
daraxtlarining rak kasalligi) yuzaga keladi. Shishlarni hosil bo‘lishini karam kilasi va mevali
daraxtlarning bakteriya raki misolida ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |