1.Sphaerotheca
(Sferotika) avlodi vakillarining klestotesiyasini xivchinlari – vegetativ gifalarga
o‘xshash bo‘ladi.
2. Podosphaera
(Podosfera) avlodi vakillarining klestotesiya xivchinlari ipsimon bo‘lib, uchlari
shoxlangan bo‘ladi.
3. Erysiphe
(Erizife) avlodi vakillarining klestotesiya xivchinligi oddiy bo‘lib, xaltachalari juda
ko‘p bo‘ladi.
4. Leveillula
(Levelyulya) avlodi vakillarining xivchinlari miseliyga o‘xshaydi.
5. Microsphaera
(Mikrosfera) avlodi vakilllarining kleystotesiya xivchinlari meva tananing ustki
qismiga joylashgan bo‘lib, uchlari panjasimon shoxlangan bo‘ladi.
6. Uncinula
(Unsinula) avlodi vakillarining xivchinlari meva tananing tagidan o‘ralgan bir nechta
xivchinlardan iborat, uchlari esa spiralga o‘xshash o‘ralgan bo‘ladi.
7. Phyllactinia
(Fillaktiniya) avlodi vakillarining kleystotesiya xivchinlari 2 xil bo‘ladi, tepa
qismida ingichka shoxsimon gifalar holida, o‘rta qismida esa bigizsimon bo‘ladi.
Bu avlodlar bir-biridan xaltachalar soni va kleystotesiyasini xivchinlarini joylashiga qarab
farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |