.
Loje
– bu mevatanacha konidiya bandlaridan iborat bo‘lib, bo‘sh
to‘qilgan miseliylar orasida bo‘ladi.
Kleystotesiy
– yopiq, dumaloq, sharsimon mevatana bo‘lib, ichidagi
xaltachalarda sporalar yetiladi. Ular xaltacha devori parchalangandan keyin
tashqariga chiqadi.
Peritesiy
–chala ochiq, sharsimon, noksimon shaklda bo‘lib tepa qismida sporalar chiqishi
uchun teshikcha xosil qiladi. Peritesiyning ichida xaltacha va sporalar yetiladi.
Apotesiy
– turli shaklga ega bo‘lgan: disksimon, taqsimchasimon ko‘rinishda bo‘ladi. Uning
ichidagi qavatlarida xaltachalar (gimeniy) va ular ichida askosporalar xosil bo‘ladi.
Po‘kaklar
– mevatanasi bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘lib, yumshoq etli yoki yog‘ochsimon
bo‘ladi, ba’zan uzunligi bir metrga yetadi. Shakli turlicha, yoyiq, plastinkasimon, tuyoqsimon,
qalpoqchasimon bo‘ladi. Bularga turli xil daraxtda yashovchi zamburug‘lar kiradi. Ularning
mevatanasi ko‘p yillikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |