H avodan namuna olish moslamasi (ПОВ-1)
Bakterial virusli elektr qabul qiluvchi (БВЭП-1)
Rechmenko apparati
1-qabul qiluvchi; 2-kapillyar; 3-lopatka
Nazorat uchun savollar.
Havo mikroorganizmlar yashashi uchun qulay sharoit hisoblanadimi?
Qaysi hollarda havoni rejali tekshirish ishlari olib boriladi?
Havo qanday usullarda tekshiriladi?
2– Laboratoriya ishi: Havo mikroorganizmlarini aniqlash.
Kerakli asbob-uskunalar: MBR-1 mikroskop, okulyar, ob’ektiv, immersion moy, buyum va qoplagich oyna, bakteriologik halqa, mikrobiologik ob’ekt, steril ozuqa muhit,dezinfiktsiyalovchi modda, termostat.
Nazariy qism: Havo turli- tuman mikroorganizmlarga boy tabiiy muhitdir. Havoning mikroflorasi juda o`zgaruvchan va doimiy yangilanib turadi. O'rmonlar, dengizlar, qorlar ustidagi havo tarkibidagi mikroblar soni nihoyatda kam bo`ladi. Sanoat shaharlari ustida joylashgan havo qatlamlariga mikroblar ko'proq tushadi. Yerdan qanchalik baland va uzoq bo'lsa, mikroblar shunchalik kam bo'ladi. Ularning soni tog 'havosida tor va changli ko'chalar havosidagi kabi ko'p bo`lmaydi. Ulardagi mikrooroganizmlarni aniqlash uchun har xil usullardan foydalaniladi. Bunday usullardan biri oddiy usul Koxning “cho’kish” usuli kiradi. Bu usul bo’yicha qattiq oziqa muhitli Petri likopchasi 5 minut davomida ma’lum xonada - o’quv auditoriyasida, koridorda, oshxonada, ochiq havoda, daraxtlarning tagida va boshqa joylarda ochiladi. Bu muddat ichida mikroorganizm hujayralari oziqa muhit ustiga tushadi. So’ngra Petri likopchasining qopqog’i yopiladi va qopqoq ustiga kim, qachon, qaerda tajriba o’tkazganligi yozib qo’yiladi. keyin Petri likobchasi termostatga 28-300 C ga qo’yib, 7 kun mobaynida o’stirishga qo’yiladi. Qulay sharoitda oziqa muhitga tushgan hujayralar ko’payadi va ko’zga ko’rinuvchi to’plamlar - koloniyalar hosil qiladi. Har bir koloniya bir hujayradan hosil bo’lgan deb hisoblaniladi. Mikroorganizmlarning koloniyalari shakllari, rangi, kattaligi, konsistentsiyasi, optik xususiyatiga ko’ra turli tumandir. Havo mikroorganizmlarini tahlil qilish vaqtida, avvalo, koloniyalarning umumiy soni hisoblanadi va uning asosida havoning tarkibiy mikrob soni Omelyanskiy tenglamasi bo’yicha aniqlanadi:
bunda: x - 1 m3 havodagi mikroblar soni;a - likopchadagi koloniyalar soni; S - likopcha yuzi, sm2 (78,5); t - vaqt, likopcha qancha muddat ochiq turgan vaqti, min.;5 - Omelyanskiy hisobi bo’yicha belgilangan vaqt;10 - 5 min davomida likobchaga o’tirib qolgan havo hajmi, l hisobida;100 - cho’kish yuz bergan yuza, sm2 hisobida; 1000 - tekshiriladigan havo hajmi, l hisobida.Olingan natijalar jadval bilan solishtirib havoning tozaligi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |