MIKROBIOLOGIK LABORATORIYA
Mikrobiologik laboratoriya kasalxonalar, poliklinikalar, sanitariya- epidemiologiya stansiyalari, ilmiy tekshirish institutlari qoshida tashkil etiladi. Tibbiyot mikrobiologik laboratoriyasining vazifasi yuqumli kasalliklarga tashxis qo'yishdan iboratdir. Buning uchun mikrooiga- nizmlar ajratib olinib, uning xossalari o'rganiladi. Bundan tashqari, patogen mikroorganizmlaming tashuvchisi ham aniqlanadi. Maxsus sanitariya-bakteriologik laboratoriyalarda tashqi muhit va turli xil obyektlami mikroblar bilan ifloslanish darajasini aniqlash ishlari olib boriladi.
Mikrobiologik tekshirish uchun material bo‘lib ko'pincha odam chiqindisi (najas, siydik, qusuq moddasi, balg'am), shuningdek, qon, o‘t suyuqligi, oshqozon yuvindisi, murdalardan olingan material va boshqalar hisoblanadi. Mikrobiologik laboratoriyalarda yuqumli materiallar bilan ishlash sababli, u alohida joylashgan bo'lishi lozim. Yuqumli materiallar bilan ishlash va mikrobiologik tekshirishlar olib borish uchun laboratoriya bir qancha xonalardan iborat bo'lishi lozim:
• laboratoriya xonasi;
• boks, boks oldi xonasi bilan;
• oziqa muhitni tayyorlash xonasi;
• yuvish xonasi;
• sterilizatsiya xonasi;
• preparat tayyorlash xonasi;
• qabulxona;
• vivariy xonasi;
• omborxona.
Qabulxonada laboratoriyaga keltirilgan tekshirish materiallari qabul qilinib, maxsus jumallarga yozib qo'yiladi va tekshirish natijalari shu xonada beriladi. Laboratoriya xonasi mikrobiologik tekshirish uchun moslashtirilgan bo'ladi. U keng, yorug', devorlari yog‘li bo'yoqlar bilan bo'yalgan yoki kafel bilan qoplangan bo'lishi, poli lenoleum bilan qoplangan, har bir ishchi uchun alohida stol, tozalash va dezinfeksiyalashga qulay bo'lishi uchun stol usti maxsus plastinka yoki oyna bilan qoplangan bo'lishi, buyum oynacha, shtativ, bakteriologik qovuzloq, paxta, spirtovka, bo'yoqlar, loviyasimon jomcha ko'p- rikchasi bilan, dezinfeksiyalovchi moddalar bo'lishi lozim. Labo- ratoriyada laborant uchun alohida stol, preparat tayyorlash joyi,
termostat, sentrifuga, mikroskop, shkaf, issiq va sovuq suv keluvchi chig'anoq umumiy kanalizatsiyaga ulangan bo‘lib, gazli yoki spirtli gorelka bo'lishi shart.
Mikrobiologik laboratoriyada ishlash qoidasi:
1. Ish tartibi va qoidasi bilan tanishganlargagina laboratoriyada ishlashga ruxsat etiladi.
2. Laboratoriyada ishlovchilar ichak infeksiyasi va boshqa infek- siyalarga qarshi emlanishlari lozim.
3. Laboratoriyaga maxsus kiyimda — xalat, shippakda kirish lozim.
4. Har bir laboratoriya xodimi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi, ish stollarini toza tutishi kerak.
5. Keltirilgan barcha tekshirish materiali zararli, deb qaralishi va maxsus patnislaiga qo'yilishi lozim.
6. Tekshirish materiali keltirilgan idish dezinfeksiyalovchi mod- dalar bilan zararsizlantirilishi darkor.
7. Keltirilgan tekshirish materiali maxsus jurnallaiga yozilishi va tartib raqami qo'yilishi lozim.
8. Zararli materialni bir idishdan boshqasiga qo'yish faqat dezinfeksiyalovchi modda ustida bajarilishi kerak.
9. Zararli material qo'lga, stol yoki boshqa buyumlarga tushsa, albatta, dezinfeksiyalovchi moddalar bilan zararsizlantirilishi zarur.
10. Ish tugagach, awal stol usti yig'ishtirilib, zararsizlantiriladi, so'ng esa qo'l zararsizlantiriladi.
11. Ish tugagach, zararli material zararsizlantiriladi, ish tuga- magan bo‘lsa maxsus shkafda qoldirilishi lozim.
12. Laboratoriyada ichish, chekish, ovqatlanish, oziq-ovqatlarni saqlashga ruxsat etilmaydi.
13. Laboratoriya har kuni dezinfeksiyalovchi moddalar bilan nam sharoitda tozalanishi va har hafta devorlar, idishlar sovunli suv bilan yuvilishi kerak.
Laboratoriya ish tartibi inson uchun yuqish xavfi darajasiga qarab tashkil etiladi. Mikroorganizmlar yuqish xavfiga ko‘ra to‘rt darajaga bo'linadi:
1. Toun (chuma) qo‘zg‘atuvchisi.
2. Epidemiologik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi qo‘zg‘atuv- chilar (vabo, brutselloz, tulyaremiya, kuydirgi, manqa (sap), lep- tosiroz).
3. Bakterial epidemiologik infeksiya qo‘zg‘atuvchilari (qorin tifi, A va В parafin, dizenteriya), sil, bo‘g‘ma, ko‘kyo‘tal, meningit, so‘zak, patogen anaeroblar, spiroxetalar (epidemik qaytalama tif va zaxm) va boshqalar.
4. Salmonellalar, esherixiyalar, klebsiyellalar, stafilokokklar, streptokokklar, gazli gangrena qo‘zg‘atuvchilari va boshqalar.
1- va 2-guruh qo‘zg‘atuvchilarini o‘ta xavfli kasalliklar labora- toriyasida tekshiriladi. 3-guruhga kiruvchi qo‘zg‘atuvchilarDSENMdagi laboratoriyalarda, kasalxonalarda va boshqalarda tekshiriladi, 4-guruhga kiruvchi qo‘zg‘atuvchilar barcha mikrobiologik laboratoriyalarda tekshiriladi.
Mikrobiologik tekshirishda, asosan, tekshirish materiallarini olish texnikasi va laboratoriyaga olib borish katta ahamiyatga ega. Harqanday tekshirish materialini olish texnikasiga rioya qilingan holda steril idishjsi olinishi lozim. Najas steril rektal qovuzloq yordamida to‘g‘ri ichak- ka 8—15 sm kiritilib olinadi. Qovuzloqlik probirkadagi konservantga (glitserin aralashmasi, fosfat bufer aralashmasi va boshq.) solinadi. Najasni tekshirishga olishda, steril karton tarelka yoki dezinfeksiyalovchi moddalarda zararsizlantirilgan va issiq suvda yaxshilab chayilgan tuvakdan foydalanish mumkin.
Siydik steril kateter yordamida steril idishga yoki probirkaga olinadi. Balg'am steril bankalaiga olinadi, venadan olingan qon esa maxsus steril oziqa muhitli idishlaiga solinadi. Jarohatlardan yiring, burun va halqumdan surtma paxta tampon yordamida olinib, steril probirkaga solinadi, qusuq moddasi og‘zi steril bankalarga to'planadi.
Murdalardan materialni o'lgandan keyin bir necha soat o'tgach olish lozim, chunki ichak mikroflorasi butun organizmga tez tarqalib ketadi. Yurakdan qon steril shpris yordamida, jigar, taloq va boshqa a’zolardan bo'lakchalar steril qaychilar yordamida olinadi. Tekshirish materiali olingan idishlar bemorning familiyasi, ism-sharifi, yoshi, olingan vaqti, taxminiy tashxis, tekshirish maqsadi, shifokorning familiyasi, ism-sharifi va boshqalar yozib jo'natiladi.
Mikrobiologik tekshirish usullari
1. Mikroskopik usul — tekshirish materialidan surtma preparat tayyorlanib, bo‘yab mikroskop ostida tekshiriladi. Bu usulda mikro- organizmlarning morfologiyasi o'rganiladi, shunga asoslanib kasal- liklarga tashxis qo'yiladi. Masalan, so‘zak (gonoreyalar), bo‘g‘ma, qaytalama tif, zaxm va boshqalar.
2. Mikrobiologik usul— tekshirish materialini oziqa muhitiga ekib, sof kulturasi ajratib olinadi va shu qo‘zg‘atuvchining xossalari o‘r- ganiladi.
3. Serologik usul (lotin. serum — zardob) — bemor qon zar- dobidagi noma’lum antigen va antitelo aniqlanadi.
4. Biologik usul — laboratoriya hayvonlariga tekshirish materiali yuborilib, ular ustida tajriba o'tkaziladi.
5. Allergik usul — organizmning allergenga nisbatan yuqori sezuvchanligi aniqlanadi — tuleremiya, sil, brutselloz va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |