Oddiy usulda bo‘yash: Fiksatsiya qilingan surtma ustiga pipetka yoidamida bo'yoq eritmasi tomiziladi, vaqt o'tgach bo'yoq to'kiladi, suv bilan yuviladi va filtr qog'ozda quritiladi. Oddiy usulda bo'yalganda, faqat bitta bo'yoqdan foydalaniladi. Metilen ko'ki va ishqoriy Lyofflar ko'k bo'yog'ida 3—5 daqiqa, fuksin Pfeyffer bo'yog'ida 1—2 daqiqa bo'yaladi. Bo'yalgan va quritilgan preparat ustiga immersion yog' tomiziladi va immersion sistemada tekshiriladi.
Murakkab usulda bo‘yash: preparatni Gram usulida bo`yash.
Nazorat savollar:
Bo`yoqlarning qanday turlari mavjud?
Preperatlar qanday bo`yaladi?
Bo`yashning qanday turlari mavjud?
4-Laboratoriya ishi. Har xil mikroorganizmlarni Gramm usulida bo’yash orqali differensatsiya qilish.
Mikroorganizmlarning turini aniqlashda ularning gramm uslida bo’yalish yoki bo’yalmasligini bilish talab etiladi. Bu xususiyati ularni ikki guruhga bo’linishiga sabab bo’lgan. 1884 yilda daniyalik shifokor olim G. K. Gram bir guruh bakteriyalar anilinli bo’yoqlar bilan bo’yalib, gentsian bilan, ikkinchi gurux bakteriyalar metilenli va boshqa bo’yoqlar bilan bo’yalib, keyin yod eritmasi bilan fiksatsiyalanishini aniqladi. Preparatni spirt bilan yuvilganda yaxshi bo’yalgan bakteriyalarni grammusbat Gram (+), yaxshi bo’yalmaganlarini grammanfiy (Gram (−) deb ataldi. Bakteriyalarning bu xususiyatidan ularni sistematikasida ham foydalaniladi, shuningdek, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlarini ham belgilab beradi. Bu holat hujayra qobiqlari orasidagi murein moddasining miqdoriga bog’liq bo’ladi. Buni sxematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:
1-rasm. grammusbat(A) va grammanfiy (B) bakteriyalar:
1-tsitoplazmatik membrana,2-peptidoglikan (murein),3 – periplazmatik bo’shliq, 4- tashqi membrana,5- nukleoid (M.I.Gusev, L.A.Mineeva, 1985.)
Gram usulida bo’yashda ko’pincha trifenilmetanli anilinli bo’yoqlar: gentsian, siyoh rang metilen yoki kristallviolet ishlatiladi. Gram (+) mikrorganizmlar bu bo’yoqlar bilan va yod ishtirokida mustahkam bog’ xosil qiladi va spirt bilan yuvilganda rang o’chib ketmaydi va fuksin bilan qo’shimcha bo’yalganda Gram (+) mikroorganizmlar o’zining dastlab siyohranggini yo’qotmaydi.
Mikrobiologiya amaliyotida bakteriya hujayralarini Gram bo’yicha differentsial bo’yash usuli keng tarqalgandir. Bu usulda bo’yash 1884 yili daniyalik olim X. Gram tomonidan kiritilgan va o’sha davrdan boshlab diagnostika belgisi sifatida ishlatiladi. Bakteriyalar grammusbat (Gram+) va grammanfiy (Gram-) deb farqlanadi. Grammusbat bakteriyalarni gentsianviolet bo’yog’i bilan bo’yab, ba’zi moddalar bilan ishlov berib (protravlivanie), so’ngra 96 %li etanol bilan ishlov berilsa binafsha rang saqlanib qoladi. Grammanfiy bakteriyalarda esa, gentsianviolet bilan bo’yalsa ham, etanol ta’sir etganda rangsizlanib qoladi. Ularni qo’shimcha birorta bo’yoq masalan, fuksin bilan bo’yash mumkin. Shunday qilib, Gram usulida bo’yashning bosqichlarini amalga oshirgandan so’ng, grammusbat bakteriyalar binafsha rangga, grammanfiylari esa - qizil rangga bo’yaladi.
Ishning borishi: 1. Materialni bo’yashga tayyorlash.Toza yog’sizlantirilgan buyum oynasiga material (mazok)ni juda yupqa qilib suriladi. Mazokni havoda quritiladi va fiksatsiyalanadi.
Fiksatsiyalash. Yuqori harorat tasirida (2 sek davomida buyum oynasi yonib turgan spirtovka alangasiga tutib olinadi) yoki kimyoviy modda tasirida mazok tarkibidagi bakteriyalarni buyum oynasiga yopishtiriladi. Natijada u bo’yoqni yuvilganda oyna yuzasidan tushib ketmaydi. Bundan tashqari fiksatsiyalash tufayli nobud bo’lgan bakteriyalar tiriklariga nisbatan yaxshi bo’yaladi. Fiksatsiyalash natijasida bakteriya sitoplazmasidagi oqsillar koagulyatsiyuga uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |