«MIFTOH UL-ADL»DAN HIKOYAT
Kunlardin bir kun bir podshoh bor erdi. Bisyor odil erdi. Bir kun bir vazirina aydi: haj tavof qilmoqg'a borurman, san borurmusan? Vazir aydi: ey podshohim, taxtni bo'sh qo'yub Ka'bag'a borsangiz el-xaloyiq boshtoq bo'lmasmu, tedi. Podshohaydi: boshtoq bo'lmas, yo'q ersa, manga haj qilg'on hojining savobin sotg'un olib bering, qiyomatda hojilar birla turgayman. Vazir «Podshoh uchun haj sotg'un olmoq kerak» deb istab yurur erdi, bir kimarsag'a yo'luqti. (Ul kishi) aydi: falon yerda bir zohid borturur. Yigirma qatla Ka'bag'a yoyog' boribturur va taqi haj qilibturur va hech kishining oshin yemas, anga boring. Ul bir haj sotsa, podshoh uchun oling.
Borib ul zohidni podshohga olib keldilar. Podshoh aydi: ey zohid, bir yo'li qilg'on hajingning savobin bizga soturmisan? Zohid aydi: nega olursiz? Sulton aydi: ming qizil tanga berayin. Zohid aydi: ming qizil tanga oz turur. Sulton aydi: ey zohid, oz bo'lsa, o'n ming qizil tanga berayin. Zohid aydi: oz turur. Sulton aydi: o'zing na tilasang tilagil.
Zohid aydi: ey podshohim, bir haj na bo'lg'ay, yigirma hajimning savobini sanga berayin, san bir soat adl qilg'oningning savobini manga bersang. Sulton aydi: ey zohid, bir soat adl qilg'onning savobi na bo'lur? Zohid aydi: bir soat adl qilg'onning savobi odamlarning va parishtalarning va hurlarning ibodatidin ortuqturur.
HIKOYAT
Kunlardin bir kun Sulton Mahmud G'aznaviy tush vaqtida o'lturub erdilar. Bir tolibul ilm yigit kelib salom qildi, taqi aydi: ey Sultonim, qozi elidin dod. (Sulton) aydi: ne qildi? Ul tolibul ilm aydi: otam bir qari kishi erdi, o ersa moli ko'b qoldi. Man tahsili ilm qilmoq uchun Turkiston viloyatig'a bormoqchi bo'lub, ming qizil tilloni bir kissaiki ipakdan to'qulg'on erdi, ong'a solib qoziga olib borib amonat qo'ydum, taqi ul kissaning og'zig'a muhr ham qilib erdim. Bir necha vaqtdin so'ng tahsili ilm qilib keldim, ersa qozi oldig'a bordim, o'shul amonat qo'yg'on nimarsani bering deb. Ul, kissani muhri birlan chiqarib berdi. Uyga borib o'shul kissani ochub ko'rsam, mis tanga bo'lubdur. Ondin so'ng qozidin borib so'rdum, ersa ul qozi aydi: man bilmon, mang'a bir muhrlik kissa berdung, oltinmu va yo boqirmu, bilmoyman, muhrin sang'a buzmay berdim. Tilasang, muhr buzub olmog'onimga ont icharman, tedi. Emdi sizg'a keldim, siz bilursiz. Sulton aydi: ont berg'il. Ul tolibul ilm aydi: ey Sultonim, bu qozining hikoyati laklak qushning hikoyatiga o'xshar, ong'a nechuk ont berayin, tedi. Sulton aydi: laklak qushning hikoyati nechukturur? Ul tolibul ilm aydi: laklak doim yilon yer ermish. Bir kun yilonlar jam bo'lib aydilar: bizlar laklak birlan murosa qilib qismat qiloli: har kunda bir yilon oning xo'rokiga berali, o'zgamizg'a zahmat bermasun. Borchalari aydilar: andoq bo'lsun. Bir yilonni elchi qilib laklakning yoniga yibordilar. Laklak ham bu so'zni qabul qildi, ont ichtikim, kunda bir yilondin ziyoda yemasman, deb. Bir necha kun kechkandin so'ng laklak bolaladi, bolasi och bo'ldi, bir yilonga qorni to'ymos bo'ldi. Bir kun yilonlar inidin chiqib, hama jam bo'lub o'lturur erdilar. Laklak uchub borar erdi. Bularni ko'rub, yonlarig'a keldi taqi salom qildi, fikr birlan turib erdi, yilonlar kelib borchalari ziyorat qildilar. Bir soat kechti ersa yilonlar g'ofil bo'lub turub erdilar, burnin uzotub besh-olti yilonni tutti, ikki tirnog'i birlan ikki yilonni tutub uchub, bolalarning yonig'a keldi. Ondin so'ng yilonlar faryod qilib, laklakni keynidin bordilar taqi aydilar: ey laklak, san ont ichib erding, kunda bir yilondin boshqa yilong'a tegmas bo'lub erding. Nechuk ontni buzdung? Ul aydi: sizlar bilur- musizlar, man kim tururman? Doim man minora ustida o'ltururman taqi minoradin turub masjidga song'urman, gunohdin qo'rqmasman. Minora boshidin masjidga song'urg'on (ning) onti bo'lurmu, tedi. Emdi ey Sultonim, birovkim qozi bo'lub xoin bo'lsa, erta-yu kech rishva olib o'lturg'on bo'lsa, oningdek kishi nechuk ont ichmas, tedi. Bu so'z Sultong'a bisyor xush keldi. Sulton aydi: ul kissani maning yonimda qo'yub borg'il, man bir fikrin qiloyin, deb ul kissani olib qoldi, aydi: holo saning so'zing birlan bul qozini o'ltursam, xaloyiq ayturlar: qozining puli uchun o'ldurdi deb malomat qilurlar, odim yamon bo'lur. Tolibul ilm ketti. Sulton bu kissani qo'lg'a olib boqti, hech bir yerinda teshukning gumoni yo'q erdi. Sulton fikr qildikim, ajab ermas, bu kissani teshub dog'i tukutg'on bo'lsa, deb gumon qildi. Bu kecha yotib, erta turg'onda to'shakning bir yeridin pichoq birlan yordi. Ondin so'ng o'zi ovg'a chiqib ketti. Ondin so'ng farroshi kelib, tushakni yig'or bo'ldi. Ko'rsakim, pichoq birlan kesilg'on- turur. Aydi: agar muni Sulton ko'rsa, ne qilg'oyman, deb qo'rqunchdin. Ondin yaxshiroq yo'qtururkim, muni eltib to'- qutg'oymen, tedi. Bir ustod to'qug'uvchi bor erdi. Ang'a aydi: ey ustod, muni andog' to'qig'ilkim, hech kishi bilmosun, tedi. Ul aydi: andog' qiloyin, tedi. Besh oltun berdi. Ul ustod qabul qildi, bir kun ichida to'qudi, farroshning qo'liga berdi. Farrosh kelturub to'shakni to'shakxonag'a qo'ydi. Sulton ovdan keldi, ko'rdikim to'shak butun bo'lubdur. Farroshdin so'rdi: bu to'shakni man kesib erdim, muni kim tuzatti? Farrosh aydi: siz ketkandin so'ng to'shak yig'arda ko'rdumkim, to'shak kesilmish. Ondin so'ng qo'rqqonimdin, bir kishi bor erkan, olib borib tuzatturdum. Sulton aydi: ul ustoni ertong birla olib kelg'asan. Ajab bo'lur, deb yer o'pti, taqi tong birla borib ul ustoni olib keldi, ersa Sulton aydi: ey ustod, bu to'shakni sanmu to'quding? Ul aydi: ore, man to'qudim. Sulton so'rdi: bu shaharda sandin boshqa hech usto bormu? Ul aydi: yo'qtur. Sulton aydi: o'z boshing uchun ayg'il: qozi sang'a hech kissa to'qutturdimu? Ul aydi: ore. Sulton aydi: ko'rsang tonurmusan? Ul aydi: tonurman. Sulton ul kissani chiqorib, ustodning oldig'a tashladi. Ustod olib ko'rdikim, ul kissaturur dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |