Memorial - orderda yozilgan ma'lumotlar xar oyda « bosh kitob jurnaliga» tarqatiladi. o‘z navbatida «bosh kitob» jurnali asosida oborot va qoldiq summalar aniqlanadi, shundan so‘ng, schyotlardagi qoldiq summalari tegishli tartibda hisobot boshqa shakllarida yoziladi. « bosh kitob» dagi schyotlar debet oborotlari yig‘indisi, ular kredit oborotlari yig‘indisi bilan shuningdek , «order bo‘yicha summalar» qatori jami bilan teng bo‘lmogi zarur. - Memorial - orderda yozilgan ma'lumotlar xar oyda « bosh kitob jurnaliga» tarqatiladi. o‘z navbatida «bosh kitob» jurnali asosida oborot va qoldiq summalar aniqlanadi, shundan so‘ng, schyotlardagi qoldiq summalari tegishli tartibda hisobot boshqa shakllarida yoziladi. « bosh kitob» dagi schyotlar debet oborotlari yig‘indisi, ular kredit oborotlari yig‘indisi bilan shuningdek , «order bo‘yicha summalar» qatori jami bilan teng bo‘lmogi zarur.
- Memorial -order buxgalteriya hisob shaklini quyidagi afzalliklari mavjud:
- hisob jarayonlarini qat'iy ketma-ketligi
- Registrlar andozaviy shakllaridan foydalanishni imkoniyati mavjudligi.
- hisob texnikasini oddiyligi va tushunarligi
- 4. Buxgalteriya xodimlari malakasiga ko‘ra, hisob ishlarini taqsimlash imkoniyatini mavjudligi.
Memorial-order shakli yuqoridagi afzalliklarga ega bo‘lishi bilan birga, ba'zi bir kamchiliklarga egadir: - Memorial-order shakli yuqoridagi afzalliklarga ega bo‘lishi bilan birga, ba'zi bir kamchiliklarga egadir:
- 1. hisob ishlarini ko‘p mehnatliligi;
- 2. Analitik va sintetik hisobni alohida yuritilishi, ya'ni hisobni alohida yuritilishi natijasida sintetik hisobdan analitik hisobni orqada qolishi vujudga keladi;
- 3. Turli hisob registirlarda bitta xo‘jalik jarayonini qayta, qayta yozilishi.
Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini hajmidan, hisob xodimlarini malakasidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keldi va hozirgi davrda ham kichik firma va korxonalarda qo‘llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schyotlar ham qo‘llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir. Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo‘lmaganligi sababli, qo‘llaniladigan sintetik schyotlar miqdori ham kam bo‘ladi. - Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini hajmidan, hisob xodimlarini malakasidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keldi va hozirgi davrda ham kichik firma va korxonalarda qo‘llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schyotlar ham qo‘llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir. Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo‘lmaganligi sababli, qo‘llaniladigan sintetik schyotlar miqdori ham kam bo‘ladi.
- Kichik firmalar, ular mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o‘rtacha yillik ishchilar soni ishlab chiqarish tarmog‘ida 10 kishigacha savdo, xizmat va boshqa noishlab chiqarish sohalarida esa 5 kishigacha bo‘lgan korxonalar hisoblanadi.
- Kichik korxonalar esa mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o‘rtacha yillik xodimlar soni sanoat tarixida 40 kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 kishigacha, fan, ilmiy xizmat qilish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish sohalarida 10 kishigacha korxonalar hisoblanadi.
- Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, hamda xodimlar soni va faoliyatidan kelib chiqib, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shakllaridan birini tanlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |