Microsoft Word Ўзбекистонда дамли ва зарбли чолғулар ижрочилиги тарихи doc



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana20.12.2022
Hajmi1,28 Mb.
#891922
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Cholg\'u tarixi

 
 
Paradga borgan qatnashchilar: yuqoridan birinchi qatorda o

ngdan 
chapga: Shokirov Javdat (valtorna), Argenov Anatoliy (truba), Butusov Vasiliy 
(klarnet), Ibragimov Rixsiboy (valtorna), ikkinchi qatorda: Ortiqov O

rinboy 
(valtorna), Aliev Lutfulla (zarbli cholg

ular), Habiba (fleyta), Mirsagatova 
Manzura (fortepiano), Bosit (valtorna), Mirzaaxmedov Karim (trombon), 
Uchinchi qator: Ergashev Sodiq (kontrabas), tarbiyachilar G

ani aka va Islom 
aka, Karmanov U (skripka).
1
 
1
Rasm R.Ibragimovning shaxsiy arxividan olindi va undagi kishilarning ism va familiyalari ustozning 
xotirasi orqali tiklandi. 


36 
O‘zbekistonda damli cholg‘ular ijrochiligi maktabining yo‘lga qo‘yilishi 
ko‘pgina talantli sozandalar nomi bilan chambarchas bog‘liq. Bular: 
V.I.Pavelskiy, N.N.Nikolaev, V.M.Kozalupov, A.D.Nikitin, M.N.Nikolaenko, 
Ye.A.Morozov, M.D.Yakovetslardir. Ular ichida eng yoshi ulug‘i Vladislav 
Iosifovich Pavelskiy (1881-1951) bo‘lib, u yetuk pedagog bo‘lishish bilan birga 
yirik fleytachi, konsert ijrochisi, Respublikada urushdan keyingi musiqa 
madaniyatini shakllantirishda faol musiqa jamoat arbobi sanaladi. 
Uning bolalik va o‘smirlik yillari Polshaning Plotske shahrida o‘tadi. 
1897-1899 yillari Varshavaning musiqa institutida (konservatoriya) o‘qiydi. 
1906 yilda Moskvaga keladi va turli orkestrlarda sozanda sifatida ishlaydi. 1914 
yildan to 1917 yilgacha armiya safida musiqa komandasida xizmat qiladi. 1917 
yili armiya xizmatidan bo‘shagandan keyin Moskvaga keladi. U yerda 
«Xudojestvenniy» kinoteatri orkestrida va keyinchalik Kreml kursantlari 
orkestrida ishlaydi. 1920 yili Turkiston fronti shtabi orkestri tarkibida 
Toshkentga keladi. 1922 yildan 1946 yilgacha opera balet teatri orkestrida 
yakkaxon fleytachi sifatida ishlaydi. 
V.I.Pavelskiy ijrochilik va pedagogik faoliyatni birga qo‘shib olib borgan 
holda 1929-1935 yilgacha musiqa texnikumida va 1935 yildan Toshkent davlat 
konservatoriyasida fleyta sinfini boshqaradi. Uning ijrosi o‘zining ta’sirchanligi, 
chalayotgan asari xarakterini chuqur ifodalab berishi bilan ajralib turadi. U har 
doim shtrixlardan, tovush tuslaridan, kuy jumlasi va artikulyatsiyalardan 
yangilik izlar edi. 
Pavelskiyning ko‘p yillik o‘qituvchilik faoliyatida talaba sozandani, 
ijroning badiiy tomonlariga talabchanlikni, chalinayotgan asar g‘oyasini anglab 
yetish kabi sifatlarni tarbiyalash tamoyillari shakllandi. U fleytada tovush hosil 
qilish va intonatsiyaga katta e’tibor qaratadi. Shogirdlarining shaxsiy 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda badiiy-o‘quv repertuarini tanlar va ularning 
rivojlanishlarini doimo qayg‘urar edi. U o‘quvchilarning mustaqil dars qilishlari 
bo‘yicha qimmatli maslahatlarini berar, yosh sozandalarga g‘amxo‘rlik va 
mehribonlik ko‘rsatar, o‘z kasbini sevish va ardoqlash hamda ijodiy kamolotga 
erishishlari uchun tinmay mehnat qilar edi. V.I.Pavelskiy ijrochi-sozandaning 
har tomonlama rivojlanishi uchun garmoniya, solfedjio va boshqa nazariy 
bilimlarni mukammal egallashni talab qilar edi. U o‘sha davrdagi fleytaning 
deyarli cheklangan repertuarini boyitish uchun ko‘p ishlarni qildi. S.Vasilenko 
va M.Ashrafiyning «Bo‘ron» operasidan, R.Glier va T.Sodiqovlarning 
«Gulsara», «Layli va Majnun» operalaridan ba’zi ariyalarni va boshqa ko‘pgina 
asarlarni fleyta uchun moslashtirgan. Shuningdek, O‘zbek kompozitorlari 
asarlaridan fleyta uchun to‘plam tuzdi. Konservatoriyada V.I.Pavelskiy sinfida 
R.Yusupov, G.Bogdanovich va A.V.Malkeevlar tarbiyalanib yetishdilar. 
Yuqoridagi tamoyillar asosida Toshkent konservatoriyasida ishlagan 
o‘qituvchilardan yana biri Moskva konservatoriyasini goboy ixtisosligi bo‘yicha 
tugatgan Nikolay Nikolaevich Nikolaevdir. Nikolaev o‘sha davrda damli 
cholg‘ular mutaxassislari ichida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan yagonasi edi.


37 
U konservatoriyada, musiqa bilim yurtida va pionerlar saroyi qoshidagi musiqa 
maktabida ishlab bolalar pedagogikasi sohasida o‘z bilimini yorqin namayon 
qildi. 
V.I.Pavelskiy va N.N.Nikolaevlarning ajoyib hamkasblaridan biri Vasiliy 
Matveevich Kozolupov edi. U taniqli Kozolupovlar avlodining vakili bo‘lib, o‘z 
pedagogik faoliyatini opera balet teatri orkestrida yakkaxon klarnetchilik 
xizmati bilan muvofqlashtirgan edi. Unda ko‘pgina klarnetchilar tahsil ko‘rgan 
bo‘lib, shular ichida Usmon Rizaqulov eng ko‘zga ko‘ringanlaridandir. 
Konservatoriyada 1937 yildan fagot va kamer ansambl sinflarini Andrey 
Danilovich Nikitin olib borar edi. U opera va balet teatri orkestrida katta tajriba 
to‘plagan, keyinchalik radio va filarmoniya orkestrlarida ham faoliyat 
ko‘rsatgan edi. U o‘z shogirdlaridan ijroni eng nozik qirralariga e’tibor 
berishlarini talab qilar edi. 
Konservatoriya damli cholg‘ular kafedrasi o‘qituvchilaridan yana biri 
Mixail Nikolaevich Nikolaenko bo‘lib, u uch yil davomida Moskva 
konservatoriyasi professori F.F.Ekkert sinfida darslar olgan. U pedagogik 
faoliyatini radio ko‘mita orkestrida yakkaxon valtornachi xizmati (1936-1949) 
bilan va keyinchalik opera va balet teatri orkestri sozandasi (1942-1949) sifatida 
davom ettirgan. Uning ijrosi o‘zining go‘zalligi, valtorna tovushining o‘ziga xos 
tafti va tarovati, cholg‘u asbobi registridan ustalik bilan foydalana olishidek 
taraflari bilan ajralib turar edi. Uning metodikasi ijro uslublari borasida tinmay 
izlanishga 
qaratilgan 
edi. 
M.N.Nikolaenkoda 
iste’dodli 
valtornachi 
V.A.Emelyanov yetishib chiqdi. 
O‘zbekistonda trombon va tuba ijrochilik maktabining asoschisi 
Aleksandr Yefimovich Morozovdir (1989-1971). U Toshkentga 1920 yili 
Turkfrontning orkestrida starshina sifatida kelgan edi. U opera balet teatri, Radio 
ko‘mita va filarmoniya orkestrlarida ishlaydi. O‘qituvchilik faoliyatini esa 1929 
yildan musiqa texnikumidan boshlaydi. Bu yerda u trombon va tuba 
cholg‘ularida dars beradi va bu faoliyatni keyinchalik konservatoriyada davom 
qildiradi. 1969 yili Ye.A. Morozov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat 
xodimi faxriy unvoniga sazovor bo‘ladi. Bu sozanda o‘z cholg‘usida erkin 
chalar, intonatsiyasi toza, cholg‘uning barcha registrlarida ravon tovush bilan 
ijro qilar edi. U yoshi keksayganida ham kasbdoshlarini hayron qoldirgan holda 
o‘z cholg‘usini professional darajada chalar edi. A.E.Morozov umrining 
oxirigacha orkestrdagi trombonlar guruhida yetakchilik qilar, doimo birinchi va 
bas trombon partiyasini chalar va bu bilan yosh sozandalarga ustoz sifatida 
o‘rnak ko‘rsatar edi. Talantli trombonchini ijrochilik sifatlarini yuqori baholab 
taniqli dirijer va kompozitor, O‘zbekiston xalq artisti A.F.Kozlovskiy shunday 
degan edi: «Mening nazarimda A.E.Morozovning ijrochilik mahorati va 
sifatlarini hisobga olib uni ittifoqning yuqori malakali trombonchilari qatoriga 
qo‘shish mumkin. Chunki buni pult orqasida turgan va uning musiqani chuqur 
juda nozik his qilishi hamda boshqa qirralarini sezish baxtiga muyassar bo‘lgan 
dirijerlargina yaxshi bilishadi». 


38 
A.E.Morozov shogirdi Azizov Abror bilan dars paytida. 
A.E.Morozovning pedagogik metodi talabalar tomonidan chalinayotgan 
kuyni chuqur anglash, o‘quvchi fikrini rivojlantirish, har bir texnik mahoratni 
badiiy tafakkurga yo‘naltirishdan iborat edi. Ayniqsa gamma va etyudlarni 
o‘rganishga katta ahamiyat berar, etyudlarni yuksak badiiy did hamda saviya 
bilan ijro qilishni talab qilar edi. Aleksandr Yefimovich talabalarni orkestr 
repertuarini o‘rganishga, ayniqsa simfoniya, opera va balet orkestr partiyalarini 
qunt bilan o‘rganishga jalb qilar edi.
Ansambl sinfi ham jonli va qiziqarli bo‘lar, chunki uning repertuarini 
A.E.Morozov doimo turli tarkibdagi boshqa ansambllar va o‘zbek 
kompozitorlari asarlarini ham moslashtirish orqali va o‘z ansambli repertuarini 
boyitib borar edi. 
A.E.Morozov trombon ijrochiligi metodikasiga ham katta e’tibor berar, 
uning metodik asarlari ichida «Talabaning o‘z ustida mustaqil ishlashi» nomli 
ishi ancha qiziqarli chiqqan. 
A.E.Morozov o‘z pedagogik faoliyati davomida qator trombonchi va tuba 
ijrochilarini tarbiyalab yetishtirdi. Shulardan G.K.Vergilesov va T.Yu.Fozilovlar 
Toshkent konservatoriyasida ancha yillar davomida faoliyat ko‘rsatdilar. 
Matvey Danilovich Yakovets zarbli cholg‘ular sinfi o‘qituvchisi bo‘lib, 
uning litavrada mohirona ijrosini ko‘pchilik dirijerlar e’tirof etgan. U 
Toshkentga 1931 yili kelgan bo‘lib, Krasnodar, Kislovodsk va Boku shaharlari 
simfonik va opera teatrlari orkestrlarida ishlab katta tajriba orttirgan edi. Musiqa 
san’atini rivojlantirishda qilgan xizmatlari uchun 1936 yili «Mehnatda o‘rnak 
ko‘rsatganligi uchun» medali bilan taqdirlangan. 1945 yilda O‘zbekiston Oliy 


39 
sovetining faxriy yorlig‘iga sazovor bo‘lgan. Bu sozanda litavrada turli 
dinamikadagi go‘zal ohanglar chiqarar, zo‘rg‘a quloq ilg‘aydigan shitirlashdan 
tortib momaqaldiroq gumburlashiga o‘xshash sadolarni chiqarishga erisha olar 
edi. U opera-balet teatri orkestri ishini o‘qituvchilik faoliyati bilan qo‘shib olib 
borar, ijrochilik tajribasi va orkestr amaliyotini talabalar bilan o‘rtoqlashar edi. 
Damli va zarbli cholg‘ular kafedrasi keksa avlod vakillarining eng yaqin 
yordamchilari bo‘lgan o‘sha yillari ishlagan jo‘rnavozlardan L.A.Malmberg, 
O.K.Soyfer, I.A.Yusman va boshqalar yoshlarni tarbiyalashda katta xizmat 
qildilar. 
Keksa avlod vakillari pedagogik faoliyatini tahlil qila turib, ular ijrochilik 
amaliyotini pedagogik faoliyat bilan birga qo‘shib olib borganliklarini guvohi 
bo‘lamiz. Bu avlod vakillari konservatoriya va boshqa musiqiy o‘quv yurtlarda 
ishlab, o‘zlarining ijrochilik amaliyotidagi tajribani mashg‘ulot paytida 
qo‘llagan holda o‘qitish metodikasi borasida doimiy izlanishda bo‘lganlar. 
Shunday bo‘lsada, birinchi o‘n yilliklarda ijrochilar tayyorlashda ko‘zga 
ko‘rinarli natijalarga erishib bo‘lmadi. Buning asosiy sabablaridan biri 
o‘quvchilar soni – kontengenti va jamlanishida bo‘lib, o‘sha paytda birgina o‘rta 
maxsus o‘quv yurti, ya’ni H.H.Niyoziy nomidagi musiqa bilim yurti 
konservatoriya uchun mutaxassislar yetkazib berar edi. Buning natijasida 
konservatoriya damli cholg‘ular sinfida talabalar ozchilikni tashkil qilar va 
barcha cholg‘ular bo‘yicha mujassam bo‘lmagan edi. Bunday holat 1960 
yillargacha saqlanib qolgan. Ko‘pchilik talabalarning tayyorgarligi bo‘sh bo‘lib, 
ularning o‘qishni bitkazish davomiyligi besh yildan oshib ketar edi. Shuningdek, 
cholg‘u asboblari, instruktiv va badiiy nota adabiyotlari yetishmas, bularning 
bosh sabablardan biri damli cholg‘ular ijrochiligining ilmiy-metodik 
qo‘llanmalari deyarli yo‘q darajada edi. Bu yillari Moskva va Leningrad 
konservatoriyalari professorlari ana shunday qo‘llanmalarni yozishni endi 
boshlagan edilar. 
Keksa avlod vakillarining asosiy xizmatlaridan biri ular damli cholg‘ular 
sinflarini tashkilotchilari hisoblanadi. Ularning ijrochilik va pedagogik faoliyati 
O‘zbekistonda damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligiga asos bo‘lib xizmat qildi. 
O‘zbekistonda orkestr ijrochiligi rivojiga 1936 yilda tashkil qilingan va 
o‘z ichida Respublika ijodiy ijrochi kuchlarini birlashtirgan O‘zbekiston davlat 
filarmoniyasi katta ta’sir ko‘rsatdi. 1937 yili N.N.Mironov 24 sozandadan iborat 
«Notali orkestr» deb nomlangan o‘rtacha jamoa tuzadi. Orkestr tarkibiga 
rekonstruksiya qilinmagan o‘zbek milliy sozlari kiritilgan bo‘lib, ular qatoriga 
fortepiano, truba, trombon kabi cholg‘ular jamlangan edi. «Notali orkestr» ko‘p 
ovozli musiqani targ‘ibot qilish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Ushbu orkestr Rus, 
G‘arbiy Yevropa, O‘zbek kompozitorlari asarlari va garmoniyalab ko‘p ovozli 
qilingan kuylarni ijro qilar edi. 
1936 yili O‘zbekiston radio ko‘mitasida ham simfonik orkestr tashkil 
qilindi. Uning rahbari talantli musiqachi va tashkilotchi S.P.Sveyfel 
(Gorchakov) bo‘lgan. Ushbu orkestr O‘zbekiston kompozitorlari asarlarini 


40 
targ‘ibot qilish bilan shug‘ullangan. Orkestrning dastlabki asarlari qatoridan 
A.Kozlovskiyning «Farg‘ona» syuitasi, G.Mushelning birinchi simfoniyasi, 
F.Talning «Turkmancha syuita»si va boshqalar o‘rin olgan edi. 1938 yili 
O‘zbekiston kompozitorlar uyushmasi tashkil qilinadi. Bu uyushma 
Respublikada konsert-ijrochilik faoliyatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. 
1938 yili radio ko‘mita simfonik orkestri filarmoniya tasarrufiga beriladi. 
1939 yili Respublikada sovet musiqasi dekadasi o‘tkaziladi va uning doirasida 
Toshkentda 
birinchi 
marta 
D.Shostakovichning 
I-V 
simfoniyalari, 
S.Prokofevning «Romeo va Juletta» baletidan birinchi syuita va boshqa asarlar 
ijro etiladi. 
Bunday simfonik konsertlar rus opera teatri orkestri kuchi bilan o‘tkazilar, 
uning repertuaridan klassik asarlar, (opera uvertyuralari, operalardan raqslar va 
alohida orkestr asarlari) o‘rin olgan edi. Konsert jamoalarining ijrochilik 
faoliyatini faollashuvi Respublikadagi maxsus musiqa o‘quv yurtlari oldida 
professional sozanda kadrlarni tayyorlashni vazifa qilib qo‘ydi. Natijada 30-40-
yillarga kelib Buxoro, Namangan va Samarqanddagi xalq konservatoriyalari 
negizida musiqa bilim yurtlari tashkil qilina boshlandi. 
Buxoro musiqa bilim yurti (oldiniga texnikum) 1932 yilda ochiladi va 
uning tashkil qilinishida Toshkent musiqa texnikumi bitiruvchisi, trombonchi 
Ahmadjon Ixtiyorovning xizmatlari katta bo‘ldi. U qator yillar davomida 
Buxoro musiqa bilim yurti direktori lavozimida ishlab kadrlar tayyorlash ishida 
jonbozlik ko‘rsatdi.
Bilim yurti damli cholg‘ular bo‘limida o‘qituvchilardan klarnetchi Vasiliy 
Semenovich Vlasenko (1894-1980) bor edi. U harbiy kapelmeyster bo‘lib, 
Turkistonga 1918 yili kelgan va o‘zining 40 yillik o‘qituvchilik faoliyati 
davomida (1940-1980) barcha damli cholg‘ularda ijrochilarni tayyorladi. Bu 
yerda yetishib chiqqan sozandalar keyinchalik Respublikaning barcha o‘quv 
yurtlarida ustozlik qila boshladilar. Shulardan biri G.S.Xusainov 1933-1937 
yillari bilim yurtida ta’lim olgan va 1949 yili Toshkent konservatoriyasini 
tugatib Namangan musiqa bilim yurtida keng ko‘lamdagi tashkilotchilik va 
pedagogik faoliyatini olib borgan. 
Namangan musiqa bilim yurti 1935 yilda tashkil qilingan. Ochilgan 
dastlabki kunlaridanoq, Bilim yurtining bosh vazifasi nafaqat malakali 
mutaxassislarni tayyorlab yetkazish balki, unga madaniyat va ma’rifat o‘chog‘i 
bo‘lishdek sharafli burch yuklangan. Bilim yurtining damli cholg‘ular 
bo‘limining dastlabki o‘qituvchilari Ya.Shapiro (trombon, truba, valtorna va 
tuba sinflari), M.V.Poznyakovskiy (truba va klarnet sinflari), E.S.Berey 
(trombon va klarnet sinflari) va P.G.Svechev (Namangan bilim yurtini 1941 yili 
valtorna bo‘yicha Ya.P.Shapiro sinfida tugatgan) kabi ustozlar yoshlarga musiqa 
sirlarini o‘rgatdilar. 1939 yili bilim yurtini dastlabki bitiruvchilari hayotga 
yo‘llanma oldilar. Ular ichida tubachi Yu.Abdullaev, trubachi A.Zaxarov, 
trombonchi A.Petrov (ularning barchasi Ya.Shapironing o‘quvchilari) va 
boshqalar bor edi. 


41 
Vasiliy Semenovich Vlasenko (1894-1980). 
Samarqand musiqa bilim yurti 1945 yili ochildi. U oldingi musiqa 
maktabi negizida tashkil qilindi. Lekin uning qoshida maktab ham saqlanib 
qolindi va bu ikkala o‘quv muassasalariga ham G.V.Poppel-Bauer rahbarlik 
qildi. Damli cholg‘ular bo‘limi o‘qituvchilari kam sonli bo‘lib, bunda asosan 
amaliyotchi sozandalar faoliyat yurgizganlar. Bundaylardan V.A.Volodievskiy 
(klarnet sinfi), M.F.Gerasimenko (truba sinfi), Ya.F.Umarov (tuba sinfi), 
skripkachi N.P.Zinin (trombon sinfi) va boshqalar bor edi. 
XX asrning 30-40-yillarida respublikadagi musiqa bilim yurtlari damli 
cholg‘ular sinflarida asosan amaliyotchi ijrochilar, harbiy damli cholg‘ular 
orkestrlari sozandalari o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanganlar. Ular 
pedagogik tajribaga ega bo‘lmagan bo‘lsalar ham o‘z cholg‘ularida ijrochilik 
mahoratini yuksak darajada egallagan sozandalar edilar. Yuqoridagi omillarning 
barchasidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, O‘zbekistonda damli cholg‘ularda ta’lim 
berish ancha murakkabligidan darak beradi. Ya’ni qanday o‘qitish kerak degan 
savolga orkestr sozandaligi va yakka cholg‘uchilik tajribasidan kelib chiqqan 
holda deb javob berilar edi. 
O‘sha davrdagi muammolardan biri o‘quvchilar kontingentining 
turlichaligi va turg‘un holatdaligi edi. Chunki urushdan keyingi vayronalik, 
ochlik va mehnatkashlar ahvolining qiyinligi bunga katta ta’sir qilgan. Damli 


42 
cholg‘ular bo‘limi o‘quvchilarining ko‘pchiligi boshlang‘ich musiqiy savodi 
bo‘lmagan bolalar uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lib, ularga musiqa cholg‘u 
asboblari va nota adabiyotlari yetishmas, bu esa mutaxassislar tayyorlash 
sifatiga salbiy ta’sir qilar edi. Pedagogik repertuar masalasi ham o‘z yechimini 
topmagan bo‘lib, mavjud asarlar ham tor doirada va cheklangan holda edi. 
Shuning uchun ham milliy mahalliy kuylar asosida konsert pedagogik 
repertuarni yaratish dolzarb masalalardan biri bo‘lgan. 
1940 yili o‘z ichiga o‘zbek kompozitorlari asarlarini mujassam etgan 
skripka, klarnet va fortepiano uchun piesalar to‘plami (T., 1940) nashrdan 
chiqdi. 
Damli cholg‘ular ijrochilarini boshlang‘ich bosqichda tayyorlash ishlari 
muhim vazifalardan bo‘lib, musiqa bilim yurtlari o‘rta bo‘g‘in vazifasini 
bajaradi. Konservatoriya esa mustahkam boshlang‘ich professional bazaga 
muhtoj edi. Bunday ijrochilarni boshlang‘ich tayyorgarligini amalga oshirish 
uchun maxsus 10 yillik musiqa maktablari ochish zarur edi. Shu maqsadda 1936 
yili o‘quvchilar saroyida damli cholg‘ular sinflari bilan musiqa maktabi tashkil 
qilinadi. Bu maktabda goboy sinfini N.N.Nikolaev boshqargan edi. 
1939 yili O‘zbekiston hukumatining qarori bilan Toshkent davlat 
konservatoriyasi qoshida maxsus musiqa maktabi tashkil qilinadi. Uning orkestr 
sinfida 
damli 
cholg‘ular 
ham 
bo‘lgan. 
Maktabda 
yuqori 
malakali 
o‘qituvchilardan V.M.Kozalupov (klarnet), A.Ya.Kaplan (truba), A.E.Morozov 
(trombon-tuba) kabilar ishlagan. 
Bu 
maktabning 
dastlabki 
o‘quvchilari 
orasida 
V.L.Melkomini, 
K.A.Azimov, S.M.Usmanov, L.I.Ibragimov, V.I.Rudenko va boshqalar bor edi. 
1941 yilning mart oyida Moskvada damli cholg’ular bo‘yicha birinchi 
Butunittifoq tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu tanlov uch bosqichdan iborat bo‘lib, 
birinchi bosqich joylarda o‘tkazildi. Unda 100 dan ortiq ijrochilar qatnashib, 
ulardan 38 nafari tanlab olindi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlar esa Moskvada 
bo‘ldi. Tanlovga taniqli trubachi, pedagog, Moskva konservatoriyasining 
professori M.I.Tabakov raislik qildi. Avvalgi tanlovga qaraganda bu tanlovni 
dasturi ancha murakkab bo’lib, ijrochilar klassik va romantik kompozitorlar 
hamda zamonaviy kompozitorlarning asarlarini ijro etishlari kerak edi. Toshkent 
davlat konservatoriyasining talabalari klarnetchi U.Rizaqulov va goboychi 
B.Gusakovlar saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, Moskvada bo’lgan 
tanlovida ishtirok etishdi. Garchi ular tanlov g‘olibi bo‘lmagan bo‘lsalar ham u 
yerda ular o‘z talantlarini namoyish etdilar. Tanlovdan keyin ularga Moskvada 
o‘qishni taklif qilishdi. Ammo talabalar Toshkentda o‘qishlarini davom 
ettirishga 
qaror 
qildilar. 
Tanlovda 
ishtirok 
etish 
B.Gusakov 
va 
U.Rizaqulovlarning keyingi ijodiy o‘sishlari va rivojlanishlari uchun yaxshi 
sinov maktabi bo‘ldi. Shu yili konservatoriyani birinchi bitiruvchilari hayotga 
yo‘llanma oldilar. Bular ichida I.Akbarov, T.Vizgo, I.Karelova, B.Gienko, 
I.Xamzin, N.Islamova, O.Polikarpova, L.Malberg, I.Yusman va boshqalar bor 
edi. 


43 
1941 yili Fashistlar Germaniyasining sovet ittifoqiga vahshiyona bostirib 
kirishi kishilarning ijodiy mehnatiga putur yetkazdi. Respublikada musiqiy 
ta’limni rivojlanishiga katta to‘siq bo‘ldi. Ulug‘ Vatan urushi yillari o‘quv 
yurtlarining o‘qituvchi va o‘quvchilari harbiy xizmatga safarbar etildi. Bular 
ichida Hamza nomidagi musiqa bilim yurti o‘quvchilaridan R.Yusupov, 
G.Azimov, P.Belyakov, G.Selyutin va boshqalar bor edi. Konservatoriya 
talabalaridan B.Gusakov Stalingrad ostonalarida va Pragani ishg‘ol etishda 
qatnashgan bo‘lsa, trubachi N.Durnev Krim va Novorossiysk uchun olib 
borilgan janglarda ishtirok etdi. U.Rizaqulov va I.Loginovlar Toshkent 
umumqo‘shin komandirlari tayyorlovchi harbiy bilim yurtida xizmatlarini 
orkestrda o‘tadilar. 
Hukumat Ulug‘ Vatan urushi davridagi murakkab sharoitda urushdan 
oldingi musiqiy ta’lim darajasini saqlab qolishga katta kuch sarfladi. 
Mamlakatning turli burchaklaridan O‘zbekistonga ilmiy muassasalar, 
idoralar harbiy va grajdan tashkilotlari, o‘quv yurtlar va teatrlar evakuatsiya 
qilindi. O‘sha yillari oddiy o‘n yillik maktablar musiqa mashg‘ulotlariga 
chuqurlashtirilgan bo‘lib, Toshkentga evakuatsiya qilinganlarning bolalari 
maktablarga jalb qilindi. Bu o‘quv dargohlarining pedagogik tarkibi Moskva, 
Leningrad, Kiev va boshqa shaharlardan kelgan sozanda o‘qituvchilar hisobiga 
to‘ldi. 
O‘zbekistonda damli cholg‘ular musiqiy pedagogikasi va ijrochiligini 
rivojlantirish sohasida Leningrad konservatoriyasi harbiy dengiz floti orkestrlari 
dirijerligi fakultetining tajribali o‘qituvchilari katta ta’sir ko‘rsatdilar. Ulardan 
A.Berezin (klarnet), A.E.Reyxe (trombon) bitiruvchi talabalardan butunittfoq 
tanlovi laureati I.G.Roginskiy (klarnet), S.Ya.Levin (fagot), I.I.Yesin (klarnet) 
va boshqalar konservatoriya talabalari ijrochilik darajasini ko‘tarishda ancha 
xizmat qildilar. 
Ko‘pgina Leningradlik sozandalar Toshkentdagi ijodiy jamoalar (opera 
teatri, filarmoniya simfonik orkestri)ga qo‘shilib frontga ketgan kasbdoshlari 
o‘rnini to‘ldirdilar. Leningradlik sozandalar O‘zbekistonning qishloq va 
shaharlarida, harbiy xizmatchilar uchun gospitallarda, zavod va fabrikalarda 
ko‘plab konsertlar berdilar, ommani vatanparvarlik va g‘alabaga ishonch ruhida 
tarbiyalashga katta hissa qo‘shdilar. 
1943 yili O‘zbekistonda O‘rta Osiyo Respublikalari adabiyoti va san’ati 
dekadasining o‘tkazilishi Sharq xalqlarining shunday murakkab sharoitda ham 
birdamligini ko‘rsatdi. Dekada konsertlarida maxsus o‘n yillik musiqa maktabi 
o‘quvchilaridan 
goboychi 
N.Kenjibaev, 
klarnetchilar 
K.Azimov 
va 
F.Qo‘ldoshev, fleytachi I Sadullaev, trombonchi B.Amangeldiev va boshqalar 
faol qatnashdilar. 
1944 yili Toshkentda musiqaga ixtisoslashgan (keyinchalik general Petrov 
nomidagi) tarbiyalanuvchilar maktab-internati ochildi. Unda asosan ota-onasi 
frontda halok bo‘lgan yetim bolalar tarbiyalangan(1956 yildan xalq ta’limi 
vazirligiga qarashli maktab internat). Ushbu o‘quv yurti harbiy orkestrlar uchun 


44 
sozandalar tayyorlar edi. Bu maktabni tashkil qilinishida, pedagogik kadrlarni 
tanlashda, komandirlar va tarbiyachilarni jalb qilishda Turkiston harbiy okrugi 
harbiy orkestrlar inspektori M.S.Markosyan katta jonbozlik ko‘rsatgan. U bir 
vaqtning o‘zida filarmoniya simfonik orkestrining badiiy rahbari va dirijeri ham 
bo‘lgan. U okrug orkestrlari yuqori malakali sozandalarini o‘qituvchilik ishiga 
taklif qildi. Internatni tashkil qilishda uning birinchi boshlig‘i D.N.Persev juda 
katta kuch sarfladi. Bu maktabda Moskva va Leningrad konservatoriyalarining 
harbiy-dirijerlik fakultetini bitirgan yuqori malakali sozandalar dars berishgan 
bo‘lib, ulardan V.Ya.Markelov, U.Abdullaev, N.P.Sharipov, D.A.Moralev, 
N.P.Dolgovlar shular jumlasidandir. Maktabning tarbiyachi o‘qituvchilaridan 
o‘quv ishlari bo‘yicha direktorning dastlabki o‘rinbosari P.V.Shevnin, 
o‘qituvchi 
N.N.Boev, 
tarbiyachi 
V.Ya.Knyazev 
va 
boshqalar 
o‘z 
tarbiyalanuvchilarini alohida mehr va g‘amxo‘rlik bilan tarbiyalar edilar. 
Maktabda tartib-intizom eng yuqori o‘rinda turgan. 
Maktabni dastlabki o‘qituvchilaridan A.V.Malkeev (fleyta), M.Fedorov, 
A.Terentev, Z.Gitsel, M.Vaystux (goboy), I.Yesin, A.F.Orlov, U.R.Rizaqulov 
(klarnet), 
Ye.Gorshkov 
(fagot), 
B.Ya.Godes, 
M.N.Nikolaenko, 
N.M.Malishevskiy (valtorna), A.Kolpinskiy, A.Ya.Kaplan, A.Levin (trombon), 
Ye.Palilov (tuba), Parfeonov (zarbli cholg‘ular) va boshqalar shular 
jumlasidandir. 
Ushbu tashabbuskor o‘qituvchilar quyidagi tarkibda yog‘och damli 
cholg‘ular kvartetini tashkil qildilar: A.V.Malkeev (fleyta), E.M.Gitsel (goboy), 
U.Rizaqulov (klarnet), Ye.Gorshkov (fagot). Bu jamoa urushdan keyingi 
yillarda damli cholg‘ular ansambli ijrochiligiga asos solgan guruh bo‘lib, ular 
G‘arbiy Yevropa, Rus va O‘zbek kompozitorlari asarlarini targ‘ibot qilishda 
katta rol o‘ynadi. Bu kvartet filarmoniya konsertlarida, konservatoriyada va 
radioda ko‘plab chiqishlar qilishdi. Ularning har biri yakkaxon sifatida ham 
chiqar edilar. 
Viloyat musiqa bilim yurtlaridan farqli o‘laroq bu maktabda markazdan 
kelgan yuqori malakali va Toshkent konservatoriyasini tugatgan o‘qituvchilar 
ishlar edi. Shuning uchun ham bu maktab kadrlar tayyorlashda o‘z sifati bilan 
ajralib turardi. 
O‘zbekistonda musiqiy ta’limini yo‘lga qo‘yilishi va rivojlanish davriga 
xulosa qila turib, shuni aytish mumkinki, Respublikada qisqa davr ichida musiqa 
sohasining barcha jabhalarida katta ishlar qilindi. Ayniqsa boshlang‘ich, o‘rta va 
oliy ta’lim sohasi vujudga keldi. Mustahkam musiqiy ta’lim bazasi yaratildi. Bu 
negiz umumiy musiqa ijrochiligi, shu jumladan damli va zarbli cholg‘ular 
ijrochiligi rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. 


45 

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish