5.1.3. Motor moylarining ekspluatatsion sifatini bildiruvchi
fizik - kimyoviy xossalari
Motor moylari, dvigatellarning belgilangan quvvat va
tejamkorligini, sifat ko‘rsatkichlarini yo‘qotmasdan, ishonchli va
122
uzoq vaqt ishlashini ta’minlashi uchun, ular standartlar va texnik
shartlarda belgilangan talablarga javob berishi lozim.
Motor moyining suyuq ishqalanishini ishonchli ta’minlay
olish xususiyatini xarakterlovchi muhim xossalaridan biri
kinematik qovushqoqlikdir.
Ishqalanuvchi sirtlardagi moy pardasi qancha mustahkam
bo‘lsa, silindrlardagi porshen halqalarining zichligi shuncha
yaxshi va moy ham shuncha kam kuyadi. Moyning qovushqoqligi
harorat pasayishi bilan keskin ortadi, shuning uchun uning qiymati
qizigan dvigatel uzoq muddat ishlaganda ham past haroratlarda
sovuq holatdagi dvigatelni ishga tushirganda ham suyuq
ishqalanishi ta’minlaydigan darajada optimal bo‘lishi kerak.
Тurli uzellarda suyuqlikli ishqalanishni hosil qilish, ularni
sovitish, zichlikni ta’minlash, osongina yurgizib yuborish
qovushqoqlikka bog‘liq bo‘ladi. Moy qatlamining mustahkamligi
ishqalanuvchi juftlarning ish sharoitiga (harorat, bosim, sirtlarning
o‘zaro harakatlanish tezligiga) qarab tanlanadigan moyning
qovushqoqligi bilan belgalanadi.
Qovushqoqligi qancha yuqori bo‘lsa, moy pardasining
ishonchliligi shuncha yuqori bo‘ladi. Lekin qovushqoqlik ortishi
bilan moy qatlamlarini harakatga keltirish uchun kuch ko‘proq
sarflanadi, ichki ishqalanish koeffitsiyenti ortadi, quvvat esa
kamayadi. Shuning uchun moylar yuqori haroratda dvigatelni
oson yurgizib yuborishni ta’minlaydigan qovushqoqlikka ega
bo‘lishi kerak. Moylar tarkibidagi parafin uglevodorodlar kam
qovushqoqlik xossasiga aromatik uglevodorodlar esa yuqori
qovushqoqlik xossasiga ega.
Motor moylari uchun faqat 100°C dagi qovushqoqlik qiymati
berilmasdan 0°C dagi qovushqoqlik qiymati va qovushqoqlik
indeksi ham keltiriladi. Qovushqoqlik indeksi o‘lchovsiz kattalik
bo‘lib, etalon moyga nisbatan tekshirilayotgan moyning qovush-
qoqligini haroratga bog‘liq holda o‘zgarish darajasini ko‘rsatadi.
Qovushqoqlik indeksini aniqlashda maxsus jadvallar va
123
nomogrammalardan foydalanib, quyidagi formula orqali aniqlash
mumkin:
Q.I =
50
/
100
bunda
50
– moyning 50°C haroratdagi qovushqoqligi;
100
–
moyning 100°C haroratdagi qovushqoqligi.
Harorat o‘zgarishi bilan moyning qovushqoqligi qancha
o‘zgarsa, moyning qovushqoqlik xossasi shuncha yomon va
qovushqoqlik indeksi past bo‘ladi. Qovushqoqlik indeksi yuqori
bo‘lgan moylar yuqori haroratda ishlayotgan detallarni ishonchli
moylaydi, past haroratda esa dvigatelni yurgizib yuborishini
osonlashtiradi.
5.4-rasm. Motor moylari qovushqoqligining haroratga bog‘liqligi:
1–qovushqoqlik indeksi-90; 2–qovushqoqlik indeksi-140.
5.4-rasmda ko‘rsatilganidek, harorat pasayishi natijasida
qovushqoqlik ortib, moy quyuqlashib boradi va uning harakat-
lanuvchanligi kamayadi.
Motor moylari uchun 100°C dagi qovushqoqligi yettita
kinematik qovushqoqlik sinfiga ega bo‘lishi mumkin: 4, 6, 8,
10,12 , 14 va 16 mm
2
s.
124
5.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |