Microsoft Word yonilgi mahsulot zapasorg doc



Download 4,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/153
Sana31.12.2021
Hajmi4,17 Mb.
#213437
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   153
Bog'liq
neft mahsulotlarining fizik va kimyoviy tahlili

 
8.3. Sovutish suyuqliklari 
 
Ma’lumki,  dvigatel  ishlayotganda,  ayniqsa,  ish  yo‘li  takti 
bajarilganda,  yuqori  haroratga  ega  bo‘lgan  gazlarning  ta’sirida 
silindrlar,  silindrlar  blokining  kallagi,  klapanlar,  porshenlar  qizib 
ketadi.  
Agarda  qizigan  detallar  sovutilmasa  ishqalanuvchi  yuzalar 
orasidagi  moy  kuyib,  ishqalanish  haddan  tashqari  oshib  ketadi. 
Qizishdan  detallar  kengayadi.  Ayniqsa,  aluminiyli  qotishmadan 
tayyorlangan  porshen  kengayib,  silindr  ichida  qadalib  qolishi 
mumkin.  
Shu sababli dvigatelning qizigan detallarini uzluksiz ravishda 
sovitib  turish  lozim.  Lekin,  dvigatelni  haddan  tashqari  sovitib 
yuborish  ham  zarar.  Chunki  soviq  dvigatelda  moy  quyuqlashib, 
uning  qarshiligini  yengishga  sarflanadigan  dvigatelning  quvvati 
ortadi. Undan tashqari,  yonuvchi aralashma  yaxshi bug‘lanmaydi, 
qisman bug‘langani esa sovuq detallarga urilib tomchiga aylanadi 
va  silindrlar  devoridagi  moyni  yuvib  tushiradi.  Natijada,  silindr-
porshen guruhiga kiruvchi detallarning  yeyilishi ortadi. Yonuvchi 
aralashmaning  yaxshi  bug‘lanmaganligidan  uning  yonish  tezligi 
sustlashadi va dvigatelning quvvati pasayadi. 
Sovitish  tizimi  dvigatelning  ishlashi  uchun  qulay  bo‘lgan 
issiqlik  rejimini  kerakli  holda  (85–90°C)  saqlab  turish  vazifasini 
bajaradi.  Ichki  yonuv  dvigatellari  havo  yoki  suyuqlik  bilan 
sovitiladi.  
Suyuqlik  bilan  sovitish  tizimi  havo  bilan  sovitishga  nisbatan 
afzal  hisoblanib  shovqinsiz  ishlaydi,  sovuq  kunlari  dvigatelni 
yurgizib yuborishni tez amalga oshiradi. Shu sababli dvigatellarda, 
asosan, suyuqlik bilan sovitish tizimlaridan foydalaniladi. 


 
192 
Dvigatel  ishlayotganda  sovituvchi  suyuqlik  harorati  85–90°C 
ga,  ba’zan  105–110°C  ga  yetadi.  Dvigatel  ortiqcha  qizib  ketishi 
natijasida  silindrlarga  yonuvchi  aralashma  yoki  havo  kam  kiradi 
va quvvat pasayadi,yonilg‘ining sarfi ortadi, moy suyulib, qovush-
qoqligi  kamayadi.  Aksincha,  dvigatel  ortiqcha  sovitilsa,  moyning 
qovushqoqligi  ortadi,  sifatli  yonuvchi  aralashma  hosil  bo‘lmay, 
aralashma to‘liq yonmaydi
.  
 
 
 
8.1-rasm. Suyuqlik bilan sovutish tizimining ishlash sxemasi: 
1–harorat datchigi; 2–suv taqsimlagich; 3–suyuqlik nasosi;  
4–o‘tkazuvchi kanal; 5–termostat; 6–yuqori patrubok; 7–venitlator;  
8–yuqori bachok; 9– radiator koptogi; 10–radiator; 11–jalyuzi;  
12–pastki bachok; 13–to‘kish jo‘mragi; 14–ventilator yuritmasining  
tasmasi; 15–pastki patrubok. 
 
Har  ikkala  holda  ham  dvigatel  detallarining  tez  yeyilishi 
kuzatiladi.  Dvigatel  uzoq  muddat  ishlashi  uchun  sovitish  tizimi-
dagi  suvning  harorati  80–90°C  oralig‘ida  ushlab  turilishi  lozim. 
Aks holda dvigatel detallarining tez yeyilishi kuzatiladi.  
 (8.1-rasm)


 
193 
Hozirgi zamon dvigatellarida suyuqlik sifatida suv  va antifriz 
ishlatiladi. 
Bu suyuqliklarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
-  qaynash  harorati  sovitish  tizimidagi  eng  yuqori  haroratdan 
15–20°C yuqori bo‘lishi kerak; 
-  qotish  harorati  havoning  haroratidan  5–10°C
 
  past  bo‘lishi 
kerak; 
- metall detallari korroziyalanmasligi kerak; 
-  suyuqliklar  arzon,  yetarli,  yong‘in  chiqish  jihatidan  xavfsiz 
bo‘lishi kerak. 
Sovitish tizimida suvdan va antifrizdan foydalaniladi. 
Suv issiqlikni o‘ziga tez oladi va o‘zidan tez tarqatadi, issiqlik 
sig‘imi  katta,  qovushqoqligi  past,  arzon  va  yetarli  miqdorda 
bo‘lib,  ishlatishga  qulay.  Lekin  sovitish  tizimida  qaynagan  suv-
ning  quyqasi  (nakip)cho‘kib,  suv  g‘ilofi  devorlarida  tuz  qatlami 
hosil  qiladi.  Buning  natijasida  silindrlar  blokining  issiqlik  o‘tka-
zish  qobiliyati  sustlashadi,  suv  g‘iloflarining  devorlari  zanglaydi. 
Qish faslida radiatordan to‘kilmagan suv muzlab, silindrlar blokini 
yorib yuborishi mumkin. 
Shuning  uchun  sovituvchi  suyuqlik  sifatida,  yuqorida  aytib 
o‘tilgan  kamchiliklardan  xoli  bo‘lish  uchun  antifriz  suyuqligidan 
foydalanilmoqda.  Тizimda  suyuqlik  sifatida  suv  ishlatilganda 
yumshoq  suvlardan  (yomg‘ir  va  qor  suvlari)  foydalanish  tavsiya 
etiladi.  Qattiq  suvni  yumshoq  suvdan  unda  sovun  ko‘pirtirib 
aniqlash  mumkin.Suvni  yumshatishning  eng  oddiy  usuli,  uni 
15–20 minut davomida qaynatishdir.1 litr suvning tarkibida 20,04 
mg kalsiy va 12,16 mg magniy tuzlari bo‘lsa, bu suvning qattiqligi 
1 mg/ ekvivalentga teng deyiladi. 
 
 
 


 
194 
8.2-jadval 
 

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish