Microsoft Word yonilgi mahsulot zapasorg doc


Gazning komponent tarkibi



Download 4,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/153
Sana31.12.2021
Hajmi4,17 Mb.
#213437
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   153
Bog'liq
neft mahsulotlarining fizik va kimyoviy tahlili

Gazning komponent tarkibi. Avtomobillarda barcha mavsum-
larda  ishlatilishga  mo‘ljallangan  siqilgan  gaz  tarkibida  kamida 
90%  metan,  ko‘pi  bilan  4%  etan,  oz  miqdorda  yonuvchi  boshqa 
uglevodorod gazlari: uglerod oksidi 1% gacha, kislorod 1% gacha, 
azot ko‘pi bilan 5% bo‘lishi kerak.  
Gaz  tarkibidagi  zararli  aralashmalarning  miqdori,  siqilgan 
havo  tarkibida  cheklangan  miqdorda  bo‘ladi:  vodorod  sulfidi  
2  g/100m
3
  dan,  mexanik  aralashmalar  0,1  g/100  m
3
  dan  ortiq 


 
112 
bo‘lmasligi  kerak,  juda  oz  miqdorda  nam  bo‘lishi  mumkin. 
Qazilma boyliklardagi tabiiy gazlar tarkibida  82–98 % metan, 
6 % gacha etan, 1,5 % gacha propan va 1 % gacha butan bo‘ladi. 
Neft konlaridagi gazlarda esa 40–82 % metan hamda 4–20 % etan 
va propan bo‘ladi.  
Siqilgan  gazlardan  foydalanishda  ballon  apparaturasining 
og‘irligi  asosiy  kamchiligi  hisoblanadi.  Legirlangan  po‘latdan 
tayyorlangan 50 l hajmli gaz ballonning 20 MPa bosimli gaz bilan 
og‘irligi  62,5  kg,  uglerodli  po‘latdan  tayyorlanganda  esa  93  kg 
og‘irlikka ega bo‘ladi. Sakkizta  to‘la  to‘lg‘izilgan ballon og‘irligi 
avtomobil  yuk  ko‘tarish  qobiliyatining  14  %ini  tashkil  etadi  va  u 
200–280  km  yo‘l  yurishga  yetadi.  Benzin  yonilg‘isidan  siqilgan 
tabiiy  gazga  o‘tilganda  dvigatelning  quvvati  18–20  %ga,  yurish 
tezligi  esa  5–6  %  ga  kamayadi.  Tezlanish  shig‘ov  vaqti  (время 
разгона) 24–30 %ga ortadi. 
Siqilgan  tabiiy  gazdan  foydalanish  samaradorligini  oshirish 
uchun  siqish  darajasini  10  gacha  oshirish,  silindrni  to‘lg‘izish 
koeffisientini  oshirishda  gaz  isishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,  gaz 
taqsimlash  fazasini  o‘zgartirish  talab  qilinadi.  Bular  hammasi 
dvigatel  konstruksiyasini  o‘zgartirishni  talab    qiladi.  Neftga 
nisbatan  tabiiy  gaz  zaxirasi  ko‘pligi  sababli  undan  foydalanish 
istiqbolli hisoblanadi. Gazni (-160°C) sovuq haroratda suyultirilsa 
va  u  izotermik  ballonlarda  saqlansa,  gaz  ballon  massasini 
kamaytirish  mumkin  bo‘ladi.  Bunday  gaz  energiyasi  hajmi 
bo‘yicha suyultirilgan neft gaziga tenglashishi mumkin.  
Ishonchli (mustahkam) va arzon yonilg‘i baklari yaratilsa, gaz 
quyish  shahobchalari  qurilsa,  u  holda  siqilgan  tabiiy  gazda 
ishlaydigan  avtomobillar  soni  ham  yanada  ko‘payishi  mumkin 
bo‘ladi.   Tabiiy gazlar  asosan metandan CH
4
, (82–98 %), qisman 
etan C
2
H
6
, (6 %gacha), propan C
4
H
8
, (1,5%gacha) va butan C
6
H
10
,
 
(1%gacha)  aralashmasidan  iborat  bo‘ladi.  Avtomobillar  uchun 
yonilg‘i  sifatida  foydalaniladigan  siqilgan  tabiiy  gaz  uchun 
maxsus  texnik shart  TU 51166-83  «Yonuvchi siqilgan tabiiy gaz. 


 
113 
Gaz ballonli avtomobillar uchun  yonilg‘i» ishlab chiqilgan bo‘lib, 
bunga  binoan  avtomobillarga  gaz  to‘lg‘izish  kompressor 
stansiyalarida (AGTKS) siqilgan  tabiiy gazning A va B markalari 
mavjuddir.  Ular  bir-biridan  faqat  zichligi  va  issiqlik  berishi 
bilangina  farqlanadi.  (bu  farq  turli  hajmdagi  metan  va  azotning 
tarkibi bilan izohlanadi.) 
Energetik  parametrlari  bo‘yicha  1  m
3
  tabiiy  gaz  (metan)  1L 
benzinga  ekvivalent  hisoblanadi.  Siqilgan  tabiiy  gazning 
ekspluatatsion  xarakteristikalarini  oshirish  uchun  antidetonatorli 
qo‘shilmalarni  qo‘llash  talab  qilinmaydi,  chunki  unda  metan 
borligi sababli oktan raqami yetarli darajada yuqori hisoblanadi.  
Metan  oddiy  uglevodorodlar  turkumiga  kiradi,  molekulasida 
bir  atom  uglerodga  maksimum  vodorod  to‘g‘ri  keladi.  Shuning 
uchun  u  yuqori  yonish  haroratiga  ega  bo‘lib,  keng  diapazonda 
yona  oladi  va  zaharlilik  chiqindilari  juda  kam  miqdorda  bo‘ladi. 
Siqilgan  tabiiy  gazda  vodorodning  ko‘pligi  dvigatel  silindrlarida 
yonilg‘ining  to‘la  yonishini  ta’minlaydi  (benzin  va  suyultirilgan 
gazga  nisbatan.)  Boshqa  uglevodorodli  gazlarga  nisbatan  metan 
havodan ancha  yengil. Metan  yuqori detonatsion turg‘unlikka ega 
bo‘lganligi uchun dvigatelning siqish darajasini oshirish imkonini 
ham beradi (9,5–10,5).  
Avtotransportda  siqilgan  tabiiy  gazdan  samarali  foydalanish-
ning  eng  asosiy  muammolaridan  biri  AGTKS  da  gazni  yaxshilab 
yuritish,  namlikni  yo‘qotish  muammosidir.    Gazdagi    namlik 
9  mg/m
3
  dan  oshmasligi  kerak.  Shabnamlanish  nuqtasi  20  MPa 
bosimda 30°C ga teng. Agar bu shart qanoatlantirmasa, gaz reduk-
torlarida muz tiqini hosil bo‘lishiga olib keladi. STGda oltingugurt 
vodorodi miqdori massasi 0,1 foizdan oshmasligi kerak. STG ning 
o‘t olish harorati benzinnikiga qaraganda uch marta yuqori bo‘lib, 
608°C–625°C  ga    teng.  Bunday  yuqori  yonish  harorati,    ayniqsa, 
atrof-muhit  sovuq  bo‘lganda  dvigatelni  yurgizib  olishni  qiyin-
lashtiradi.  Siqilgan  tabiiy  gazda  har  bir  metan  massasiga  to‘g‘ri 
keladigan issiqlik ajralishi benzinga nisbatan 12 % ga ko‘p, ammo 
yonuvchi  aralashma  yongandagi  issiqlik  miqdori  benzinga 


 
114 
nisbatan  oz.  Benzinli  yonuvchi  aralashmada  eng  kam  solishtirma 
issiqlik  miqdori  3553,0  kJ/kg  bo‘lsa,  metanda  bu  qiymat  3218,6 
kJ/kg yoki 9,5 % ga kam.  
Gaz  ballonli  avtomobillarda  foydalanilganda  siqilgan  tabiiy 
gaz sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
-  bir  xil  yonuvchi  aralashma  hosil  bo‘lishi  uchun  gaz  havo 
bilan  yaxshi  aralashishi  va  yonuvchi  aralashma  yuqori  kalloriyali 
bo‘lishi kerak; 
 -  dvigatel  silindrida  yonganida  detonatsiya  bermasligi  va 
dvigatelda  va  uning  ta’minot  tizimida  qurum  hosil  bo‘lmasligi 
kerak; 
-  dvigatel  karteridagi  moyning  suyulmasligi  va  oksidlan-
masligi,  detallar  yuzasida  korroziya  hosil  bo‘lmasligi  uchun  turli 
aralashmalar  miqdorining    kam  bo‘lishi,  shuningdek,  chiqindi  
gazlarda    zaharli  va  kansterogen  elementlarning  minimal  hosil 
bo‘lishi kerak. 

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish