3.5. Dizel yonilg‘isining setan soni
va uni aniqlash
Dizel yonilg‘isining setan sonini aniqlash uchun namunaviy
(etalon) yonilg‘i tayyorlanadi. Namunaviy yonilg‘i sifatida ikkita
uglevodorod aralashmasi olinadi.
99
1) Setan - C
16
H
34
normal parafin tuzilishga ega bo‘lgan parafin
qatordagi uglevodorod bo‘lib, setan soni100 deb qabul qilingan,
uning struktura formulasi: СН
3
─ СН
2
─ СН
2
─... СН
2
─ СН
3
Yonilg‘i tarkibidagi normal parafin uglevodorodlar harorat va
siqilgan havo bosimi ta’sirida eng avval parchalanadi va tez
oksidlanadi. Setan etalon aralashmaning tashkil etuvchilaridan biri
sifatida qabul qilingan, uning o‘z-o‘zidan alangalanishiga
moyilligi 100 birlik bilan baholanadi.
2) - metilnaftalin C
10
H
7
CH
3
aromatik uglevodorod bo‘lib,
etalon aralashmaning ikkinchi tashkil etuvchisi sifatida qabul
qilingan. Aromatik uglevodorodlar qiyin oksidlanadi va qiyin
alangalanadi (o‘z-o‘zidan alangalanish harorati juda yuqori).
Uning o‘z-o‘zidan alangalanishga moyilligi «0» birlik bilan
baholanadi.
Uning struktura formulasi:
Dizel yonilg‘isining setan soni deb, setan va -metilnaf-
talindan tashkil topgan, yonish (o‘z-o‘zidan alangalanish) tasnifi
sinalayotgan yonilg‘inikiga teng (o‘xshash) bo‘lgan sun’iy tayyor-
langan aralashmadagi foizda hisoblangan oktan miqdoriga (hajmi
bo‘yicha) aytiladi.
Setan soni bir silindrli IТ9-3 ustanovkasida (3.8-rasm) aniq-
lanadi.
Bu ustanovka o‘zgaruvchan siqish darajasida (7 dan
–
23
gacha) ishlash imkonini beradi. Aniqlash, sinaladigan dizel
yonilg‘isini va etalon yonilg‘ini qiyosiy yondirish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
100
3.8-rasm. Dizel yonilg‘isining setan sonini aniqlash asbobi.
Avval qat’iy belgilangan sharoitda dizel yonilg‘isi sinaladi,
keyin alangalanuvchanligi xuddi shunday bo‘lgan etalon aralash-
ma tanlanadi. Kritik siqish darajasi bo‘yicha tekshirilayotgan
yonilg‘inikiga mos kelgan etalon yonilg‘ining setan soni qabul
qilinadi. Setan soni yonilg‘ining yonish jarayonidagina emas,
balki uning yurgizib yuborish sifatlariga ham katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Yozda setan soni 45 birlikka, qishda esa 50 birlikka teng
bo‘lgan yonilg‘i ishlatilganda dvigatelni normal yurgizib yuborish
va bosimni asta-sekin oshirish (dvigatel yumshoq ishlashi)
mumkin.
Setan soni 40 dan kichik bo‘lsa, dvigatel qattiq ishlaydi, 50
dan katta bo‘lsa, alanga yonish kamerasidan bir xil tarqalmaydi
va forsunka oldida yonadi. Setan sonini oshirish uchun 1% gacha
maxsus qo‘shilmaizopronil nitrat qo‘shish mumkin. U setan sonini
10
–
12 birlikka oshiradi
.
(3.9-rasm)
101
3.9-rasm. Setan sonining o‘zgarishini dizel dvigatelining
Do'stlaringiz bilan baham: |