68
benzinga TEQni qo‘rg‘oshin tashuvchi modda bilan aralashtirilib
etilli suyuqlik tayyorlanadi. Tashuvchi modda sifatida etil bromid
(brometan) aralashmasidan foydalaniladi. Ular benzin bilan
yonganda uchuvchan moddalar hosil qilib, bu moddalar chiqindi
gazlar bilan dvigateldan chiqib ketadi. Etil suyuqligi qo‘shilgan
benzin etillangan deyiladi va bunday benzin ranglanadi: AI-80
sariq, AI-93 qizg‘ish, Ai-98 ko‘k.
Benzinga 0,1% qo‘shilgan etilli suyuqlik birikmasi oktan
sonini 10 birlikka oshiradi. Aviatsiya benziniga bu birikmadan
0,3% qo‘shiladi. Biroq, ular juda zaharli bo‘lganligi tufayli,
bunday antidetonatorli benzinning ishlatilishini cheklashni taqozo
etadi. 1kg benzinga TEQni 0,52 g dan oshirmaslik kerak.
Tetraetilqo‘rg‘oshinli antidetonatorlarining ish mexanizmi
quyidagicha yoziladi:
Рb(С
2
Н
5
)
4
Рb + 4С
2
Н
5
Рb+О
2
РbО
2
R-CH
2
-OOH+PbO
2
COОH +Pb + H
2
O +1/2 О
2
(yuqori haroratda boradi).
Etillangan benzin avtomobil dvigateliga va ekologiyaga katta
zarar yetkazadi. Qo‘rg‘oshin birikmalari inson organizmida
to‘qimalarni, nerv tizimini, oshqozon-ichak traktini ishdan
chiqishiga hamda modda almashinish jarayonining buzilishiga
olib keladi. Qo‘rg‘oshin birikmalari kanserogen moddalar kabi
organizmdan
chiqib ketmay, xavfli konsentratsiyaga aylanadi.
Tetraetilqo‘rg‘oshin odamni zaharlashi bilan birga, dvigatelga
ham zararli ta’sir ko‘rsatadi. Yonilg‘i yonganda tetraetil
qo‘rg‘oshin parchalanadi va oksidlanishi natijasida qo‘shimcha
mahsulotlar: (С
2
Н
5
)
2
Рb(OH)
2
; (С
2
Н
5
)
2
Рb(OR)
2
; (С
2
Н
5
)РbOROH;
РbО hosil bo‘ladi. Bu moddalar dvigatelda to‘planib borib, qurum
va lok moddalarining hosil bo‘lishiga olib keladi. Etillangan
benzin qurumining 60–70% ini qo‘rg‘oshin birikmalari tashkil
etadi va detallarni bunday qurumdan tozalash juda qiyin. Qurum
bosishi natijasida yonish kamerasining hajmi kichrayishi, termoi-
69
zolatsiya xossalari va yonish mahsullarining harorati ortishi talab
qilinadigan oktan sonining 5–8 birlikka ortishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Buning ustiga, qo‘rg‘oshin o‘t oldirish svechalari
elektrodlariga ham tarqalib, ularning o‘rtacha yo‘l bosish resursini
80 ming km dan 25–35 ming km ga kamaytiradi (shuning uchun
ham o‘t oldirish svechalarining o‘rtacha resursi 40 ming km ga
yaqin, ularni bundan kamroq yo‘l bosilgandan keyin almashtirish
tavsiya etiladi). Hozirgi kunda tetraetilqo‘rg‘oshin (ТEQ)ning
o‘rnini bosadigan suyuqlik topish ustida ilmiy ishlar olib boril-
moqda. Etillanmagan benzinga o‘tishni benzin ishlab chiqarish
texnologiyasini o‘zgartirish hamda zaharsiz antidetonatorli
qo‘shilmalar qo‘shish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
Marganes asosli birikmalar ancha samaradorlidir. Masalan,
siklopen tadieniltrikarbonil MnC
2
H
5
(qisqacha - SТM) yoki
trikarbonil (2,3,2-siklopentadienil) marganes Mn(CO)
3
(C
2
Н
5
),
dimer karbonil (2,3,2-siklopentadienil) nikel [Ni(CO) ( C
2
Н
5
)]
2
,
ferrotsen Fe(C
2
Н
5
)
2
ning istiqboli porloqdir. Bu moddalarning
zaharli ta’siri tetraetilqo‘rg‘oshinnikiga nisbatan 50 baravar
kamroq ekan. Garchi uning tannarxi yuqori bo‘lsada, SТMli
benzin etillangan benzindan arzonga tushadi. Lekin ular
dvigatelning ishlash muddatini pasaytiradi. Shunindek, yoqori
oktanli metil-tret butil efiri (MTBE) ham samaradorli hisoblanadi.
Uning fizik-kimyoviy xossasi benzin xossasiga yaqin bo‘lib, 10%
qo‘shilganda oknan sonini 5–6 birlikka oshiradi.
Shunday qilib, yuqori sifatli, etilsiz markali yonilg‘i olish
uchun uning tarkibiy qismlari qatoriga yangi va murakkab
texnologik jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan benzin kiritilishi va
yonilg‘iga alkilbenzin bilan izopentan qo‘shib tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: