Konsentratli antifrizni suv bilan
aralashtirish miqdori
Konsentratli antifrizni suv bilan
aralashtirish miqdori
konsentratli «ARKТON-
SUPER» antifriz
miqdori
Suvning
miqdori
Muzlash
harorati,
°
C,
Qaynash
harorati,
°
C,
35%
65%
- 22
+105
50 %
50 %
-38
+108
56 %
44 %
-43
+112
65 %
35 %
-65
+119
70%
30%
- 69
+120
100%
0%
- 20
+128
Suvning umumiy qattiqligi deganda undagi kalsiy va magniy
tuzlarining umumiy miqdori tushuniladi. Suv qaynaganda kalsiy
va magniy tuzlari cho‘kmasdan, eritmada qoladi. Agar suvdagi
tuzlar 3,0 mg/ekvivalentlardan oshmasa, bu suv yumshoq
hisoblanadi. Тarkibida 6,0 mg/ekvivalentdan ortiq tuzlar bo‘lgan
suv qattiq hisoblanadi.
Past haroratda muzlaydigan sovitish suyuqliklarga antifrizlar
kiradi. Bu suyuqlik etilenglikol va suvning aralashmasidan hosil
bo‘ladi. Etilenglikol - ikki atomli spirt CH
2
OH-CH
2
OH bo‘lib,
rangsiz tiniq suyuqlik. U suv, spirt va atsetonda yaxshi aralashadi
va neft mahsulotlarida erimaydi. Suv 0°C da, etilenglikol esa –
11,5°C da muzlaydi.
Antifrizning ikki xili: tarkibi 47% suv va 53% etilenglikol
bo‘lgan muzlash harorati – 40°C bo‘lgan antifrizlar, shuningdek
195
34 % suv va 66 % etilenglikoldan tashkil topgan muzlash haro-
rati - 65°C bo‘lgan antifrizlar ishlab chiqariladi.
A-40 («ARKТON-40»)och sariq rangda bo‘lib, tarkibi:
53–55% etilenglikol, qolgan suv –35°C gacha bo‘lgan haroratda
ishlatiladi, muzlash harorati – 40
°C.
A-65 («ARKТON-65»)- to‘q sariqrangda bo‘lib, tarkibi: 66%
etilenglikol, 33% suv. U sovuq shimoliy hududlarda ishlatiladi.
Sovituvchi suyuqlik sifatida antifrizdan foydalanilganda anti-
friz quyidagi afzalliklarga ega:
qotish harorati past, qaynash harorati yuqori, qovushqoqligi
yaxshi, yonmaydi, issiqlik sig‘imi va o‘tkazuvchanligi yuqori,
muzlaganda hajmi kattalashmaydi, shuning uchun sovitish
sistemasini ishdan chiqarmaydi.
Antifriz kamchiligi: zaharli, metallarni korroziyalovchi
xossaga ega, qalay va aluminiyga nisbatan korroziyaga
aktivdir. Antifriz tarkibidagi etilenglikolning suvdagi eritma-
lari metallarni korroziyalaydi. Buning oldini olish uchun
antifrizlarga 0,4% maxsus qo‘shilmalar qo‘shiladi. Shuning-
dek, hozirgi vaqtda ishlatiladigan antifrizlar, «ТOSOL»larga
korrozion ta’sirini kamaytirish maqsadida korroziyaga qarshi
dinatriy fosfat – 2,5–3,5 g/l va dekstrin (kraxmal) 1g/l
shuningdek, ko‘piklanishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shiladi.
Bunday antifrizlarning 40, 40M, 65, 65M markalari ishlab
chiqarilmoqda. M-molibdenli natriy qo‘shilmalari qo‘shilgan.
Dinatriyfosfat
–
cho‘yan
va
po‘latni,
ba’zida
misli
qoplamalarni korroziyadan saqlaydi. Dekstrin-aluminiy va
misli detallarni korroziyadan saqlaydi. Dekstrin antifriz
tarkibida to‘liq erimaydi, shuning uchun ba’zida antifrizlar
xira bo‘ladi.
196
Etilenglikolning miqdori
8.2-rasm. Etilenglikol va suvning muzlash, qaynash harorati.
197
8.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |