Motor moylari qovushqoqligining haroratga bog‘liqligi:
1–qovushqoqlik indeksi-90; 2–qovushqoqlik indeksi-140.
5.4-rasmda ko‘rsatilganidek, harorat pasayishi natijasida
qovushqoqlik ortib, moy quyuqlashib boradi va uning harakat-
lanuvchanligi kamayadi.
Motor moylari uchun 100°C dagi qovushqoqligi yettita
kinematik qovushqoqlik sinfiga ega bo‘lishi mumkin: 4, 6, 8,
10,12 , 14 va 16 mm
2
s.
124
5.1-jadval
Motor moylarining (ГОСТ 17479.1-85)bo‘yicha qovushqoqlik sinfi
Kinematik qovushqoqligi, mm
2
/s
Qovushqoqlik sinfi
100°C da
-18°C, da
4
Z
l4,1
2600
6
Z
l5,6
10400
6
5,6 dan 7,0 gacha
8
7,0 dan 9,3 gacha
-
10
9,3 dan 11,5 gacha
-
12
11,5 dan 12,5 gacha
-
14
12,5 dan 14,5 gacha
-
16
14,5 dan 16,3 gacha
-
3
Z
/8
7,0 dan 9,3 gacha
1250
4
Z
/6
5,6 dan 7,0 gacha
2600
4
Z
/8
7,0 dan 9,3 gacha
2600
4
Z
/10
9,3 dan 11,5 gacha
2600
5
Z
/10
9,3 dan 11,5 gacha
6000
5
Z
/12
11,5 dan 12,5 gacha
6000
5
Z
/14
12,5 dan 14,5 gacha
6000
6
Z
/10
9,3 dan 11,5 gacha
10400
6
Z
/14
12,5 dan 14,5 gacha
10400
6
Z
/16
14,5 dan 16,3 gacha
10400
Qovushqoqligi past bo‘lgan motor moylari 4, 6, 8-qish i
moylar hisoblanadi va bu moylar ob-havo sovuq vaqtida ishla-
tiladi; qovushqoqligi yuqori bo‘lgan motor moylari 10,12,14 va
16 -yozgi moylar hisoblanadi.
Moylarning harorat ta’siriga chidamlilik xossalari.
Zararli omillarning moyga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab 2 xil
rejim farq qiladi:
- yuqori haroratli (130°C–150°C)
- past haroratli (30°C–40°C).
k
125
Moy baland haroratli ish rejimida ishlatilganda silindrlar
guruhiga mansub qismlarni qurum bosadi, koks (moydagi qattiq
zarralar) va lok pardasi qoplaydi, lok pardasi yupqa va juda pishiq
bo‘lib, porshen halqalari zonasi va porshenning yo‘naltiruvchi
yuzasini qoplab, porshen halqalarining kuyib qorayishiga sabab
bo‘ladi.
Normal sharoitlarida mineral moylar uzoq muddat oksid-
lanmaydi. Lekin 50–60°C haroratdan boshlab oksidlanish jarayoni
keskin kechadi. Dvigatelning yuqori haroratli zonalarida
oksidlanishi va termik parchalanishi natijasida moylar tarkibida
avval uchramagan kislotalar, smolalar, asfalt moddalari hosil
bo‘ladi. Moylar tarkibidagi parafin uglevodorodlar oson oksidla-
nish xossasiga aromatik uglevodorodlar esa qiyin oksidlanish
xossasiga ega.
Bunda moyning tashqi ko‘rinishi xiralashibgina qolmasdan,
uning fizik-kimyoviy xossalari ham o‘zgaradi, natijada porshen va
halqalarida lok-qurum hosil bo‘lishiga olib keladi.
Oksidlanish jarayoni boshlanishida moyda erigan holatdagi
birikmalar (smolalar, kislotalar) hosil bo‘ladi. Keyinchalik ular
erimaydigan moddalarga aylanadi. Moyning oksidlanish max-
sullari va iflosliklarini erimagan holatda tutib, dvigatel detalla-
rining kerakli tozaligini ta’minlash qobiliyati uning yuvish
xossalari deb ataladi.
Moy ko‘p fraksiyali suyuqlik bo‘lganligi sababli muayyan
haroratda suv kabi muzlamaydi, balki sekin-asta quyuqlashadi.
Moyning harakatlanish qobiliyati yoqolishiga olib keladigan
harorat qotish harorati deyiladi. Qotish harorati moyning sifatini
bildiruvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanib, dvigatelni yurgizib
yuborish xossalarini baholaydi.
Bu ko‘rsatkich ma’lum darajada moyning haydaluvchanligini
va dvigatelni ishga tushirish xossalarini, uning ta’sirini
xarakterlaydi. Yozgi moylarda qotish harorati minus 15°C dan
minus 20°C gacha, qishki moylarniki minus 25 dan minus 30°C
126
gacha, barcha mavsumda foydalaniladigan moylarning qotish
harorati minus 45°C gacha yetadi.
Moy past haroratli rejimda ham yomon ishlaydi, chunki sovuq
dvigatelda yonilg‘ining yonish jarayoni yomonlashadi, chala
yonish mahsullari (yonilg‘ining og‘ir fraksiyalari) miqdori
ko‘payadi. Suvning kristalli birikmalari paydo bo‘lib, natijada
moyning ifloslanishi tezlashadi. Moyga aralashgan suv moydagi
iflosliklarni yuvib, quyqa holida cho‘kishiga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |