Microsoft Word yonilgi mahsulot zapasorg doc


Motor moylarining ekspluatatsion sifatini bildiruvchi



Download 4,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/172
Sana16.01.2022
Hajmi4,17 Mb.
#372843
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   172
Bog'liq
neft mahsulotlarining fizik va kimyoviy tahlili

 
5.1.3. Motor moylarining ekspluatatsion sifatini bildiruvchi  
fizik - kimyoviy xossalari 
 
Motor  moylari,  dvigatellarning  belgilangan  quvvat  va 
tejamkorligini,  sifat  ko‘rsatkichlarini  yo‘qotmasdan,  ishonchli  va 


 
122 
uzoq  vaqt  ishlashini  ta’minlashi  uchun,  ular  standartlar  va  texnik 
shartlarda belgilangan talablarga javob berishi lozim. 
Motor  moyining  suyuq  ishqalanishini  ishonchli  ta’minlay 
olish  xususiyatini  xarakterlovchi  muhim  xossalaridan  biri 
kinematik  qovushqoqlik
dir.  
Ishqalanuvchi  sirtlardagi  moy  pardasi  qancha  mustahkam 
bo‘lsa,  silindrlardagi  porshen  halqalarining  zichligi  shuncha 
yaxshi va moy ham shuncha kam kuyadi. Moyning qovushqoqligi 
harorat pasayishi bilan keskin ortadi, shuning uchun uning qiymati 
qizigan  dvigatel  uzoq  muddat  ishlaganda  ham  past  haroratlarda 
sovuq  holatdagi  dvigatelni  ishga  tushirganda  ham  suyuq 
ishqalanishi ta’minlaydigan darajada optimal bo‘lishi kerak.  
Тurli  uzellarda  suyuqlikli  ishqalanishni  hosil  qilish,  ularni 
sovitish,  zichlikni  ta’minlash,  osongina  yurgizib  yuborish 
qovushqoqlikka  bog‘liq  bo‘ladi.  Moy  qatlamining  mustahkamligi 
ishqalanuvchi juftlarning ish sharoitiga (harorat, bosim, sirtlarning 
o‘zaro  harakatlanish  tezligiga)  qarab  tanlanadigan  moyning 
qovushqoqligi bilan belgalanadi.  
Qovushqoqligi  qancha  yuqori  bo‘lsa,  moy  pardasining 
ishonchliligi  shuncha  yuqori  bo‘ladi.  Lekin  qovushqoqlik  ortishi 
bilan  moy  qatlamlarini  harakatga  keltirish  uchun  kuch  ko‘proq 
sarflanadi,  ichki  ishqalanish  koeffitsiyenti  ortadi,  quvvat  esa 
kamayadi.  Shuning  uchun  moylar  yuqori  haroratda  dvigatelni 
oson  yurgizib  yuborishni  ta’minlaydigan  qovushqoqlikka  ega 
bo‘lishi  kerak.  Moylar  tarkibidagi  parafin  uglevodorodlar  kam 
qovushqoqlik  xossasiga  aromatik  uglevodorodlar  esa  yuqori 
qovushqoqlik xossasiga ega. 
Motor moylari uchun faqat 100°C dagi qovushqoqlik qiymati 
berilmasdan  0°C  dagi  qovushqoqlik  qiymati  va  qovushqoqlik 
indeksi  ham  keltiriladi.  Qovushqoqlik  indeksi  o‘lchovsiz  kattalik 
bo‘lib,  etalon  moyga  nisbatan  tekshirilayotgan  moyning  qovush-
qoqligini  haroratga  bog‘liq  holda  o‘zgarish  darajasini  ko‘rsatadi. 
Qovushqoqlik  indeksini  aniqlashda  maxsus  jadvallar  va 


 
123 
nomogrammalardan  foydalanib,  quyidagi  formula  orqali  aniqlash 
mumkin:  
 
                                      Q.I = 

50
/

100 
 
 
bunda  

50
  – moyning 50°C haroratdagi qovushqoqligi; 
     

100 

 
moyning 100°C haroratdagi qovushqoqligi. 
 
Harorat  o‘zgarishi  bilan  moyning  qovushqoqligi  qancha 
o‘zgarsa,  moyning  qovushqoqlik  xossasi  shuncha  yomon  va 
qovushqoqlik  indeksi  past  bo‘ladi.  Qovushqoqlik  indeksi  yuqori 
bo‘lgan  moylar  yuqori  haroratda  ishlayotgan  detallarni  ishonchli 
moylaydi,  past  haroratda  esa  dvigatelni  yurgizib  yuborishini 
osonlashtiradi. 
 
 
 
5.4-rasm.
 

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish