Gazning komponent tarkibi.
Avtomobillarda barcha mavsum-
larda ishlatilishga mo‘ljallangan siqilgan gaz tarkibida kamida
90% metan, ko‘pi bilan 4% etan, oz miqdorda yonuvchi boshqa
uglevodorod gazlari: uglerod oksidi 1% gacha, kislorod 1% gacha,
azot ko‘pi bilan 5% bo‘lishi kerak.
Gaz tarkibidagi zararli aralashmalarning miqdori, siqilgan
havo tarkibida cheklangan miqdorda bo‘ladi: vodorod sulfidi
2 g/100m
3
dan, mexanik aralashmalar 0,1 g/100 m
3
dan ortiq
112
bo‘lmasligi kerak, juda oz miqdorda nam bo‘lishi mumkin.
Qazilma boyliklardagi tabiiy gazlar tarkibida 82–98 % metan,
6 % gacha etan, 1,5 % gacha propan va 1 % gacha butan bo‘ladi.
Neft konlaridagi gazlarda esa 40–82 % metan hamda 4–20 % etan
va propan bo‘ladi.
Siqilgan gazlardan foydalanishda ballon apparaturasining
og‘irligi asosiy kamchiligi hisoblanadi. Legirlangan po‘latdan
tayyorlangan 50 l hajmli gaz ballonning 20 MPa bosimli gaz bilan
og‘irligi 62,5 kg, uglerodli po‘latdan tayyorlanganda esa 93 kg
og‘irlikka ega bo‘ladi. Sakkizta to‘la to‘lg‘izilgan ballon og‘irligi
avtomobil yuk ko‘tarish qobiliyatining 14 %ini tashkil etadi va u
200–280 km yo‘l yurishga yetadi. Benzin yonilg‘isidan siqilgan
tabiiy gazga o‘tilganda dvigatelning quvvati 18–20 %ga, yurish
tezligi esa 5–6 % ga kamayadi. Tezlanish shig‘ov vaqti (время
разгона) 24–30 %ga ortadi.
Siqilgan tabiiy gazdan foydalanish samaradorligini oshirish
uchun siqish darajasini 10 gacha oshirish, silindrni to‘lg‘izish
koeffisientini oshirishda gaz isishiga yo‘l qo‘ymaslik, gaz
taqsimlash fazasini o‘zgartirish talab qilinadi. Bular hammasi
dvigatel konstruksiyasini o‘zgartirishni talab qiladi. Neftga
nisbatan tabiiy gaz zaxirasi ko‘pligi sababli undan foydalanish
istiqbolli hisoblanadi. Gazni (-160°C) sovuq haroratda suyultirilsa
va u izotermik ballonlarda saqlansa, gaz ballon massasini
kamaytirish mumkin bo‘ladi. Bunday gaz energiyasi hajmi
bo‘yicha suyultirilgan neft gaziga tenglashishi mumkin.
Ishonchli (mustahkam) va arzon yonilg‘i baklari yaratilsa, gaz
quyish shahobchalari qurilsa, u holda siqilgan tabiiy gazda
ishlaydigan avtomobillar soni ham yanada ko‘payishi mumkin
bo‘ladi. Tabiiy gazlar asosan metandan CH
4
, (82–98 %), qisman
etan C
2
H
6
, (6 %gacha), propan C
4
H
8
, (1,5%gacha) va butan C
6
H
10
,
(1%gacha) aralashmasidan iborat bo‘ladi. Avtomobillar uchun
yonilg‘i sifatida foydalaniladigan siqilgan tabiiy gaz uchun
maxsus texnik shart TU 51166-83 «Yonuvchi siqilgan tabiiy gaz.
113
Gaz ballonli avtomobillar uchun yonilg‘i» ishlab chiqilgan bo‘lib,
bunga binoan avtomobillarga gaz to‘lg‘izish kompressor
stansiyalarida (AGTKS) siqilgan tabiiy gazning
A
va
B
markalari
mavjuddir. Ular bir-biridan faqat zichligi va issiqlik berishi
bilangina farqlanadi. (bu farq turli hajmdagi metan va azotning
tarkibi bilan izohlanadi.)
Energetik parametrlari bo‘yicha 1 m
3
tabiiy gaz (metan) 1L
benzinga ekvivalent hisoblanadi. Siqilgan tabiiy gazning
ekspluatatsion xarakteristikalarini oshirish uchun antidetonatorli
qo‘shilmalarni qo‘llash talab qilinmaydi, chunki unda metan
borligi sababli oktan raqami yetarli darajada yuqori hisoblanadi.
Metan oddiy uglevodorodlar turkumiga kiradi, molekulasida
bir atom uglerodga maksimum vodorod to‘g‘ri keladi. Shuning
uchun u yuqori yonish haroratiga ega bo‘lib, keng diapazonda
yona oladi va zaharlilik chiqindilari juda kam miqdorda bo‘ladi.
Siqilgan tabiiy gazda vodorodning ko‘pligi dvigatel silindrlarida
yonilg‘ining to‘la yonishini ta’minlaydi (benzin va suyultirilgan
gazga nisbatan.) Boshqa uglevodorodli gazlarga nisbatan metan
havodan ancha yengil. Metan yuqori detonatsion turg‘unlikka ega
bo‘lganligi uchun dvigatelning siqish darajasini oshirish imkonini
ham beradi (9,5–10,5).
Avtotransportda siqilgan tabiiy gazdan samarali foydalanish-
ning eng asosiy muammolaridan biri AGTKS da gazni yaxshilab
yuritish, namlikni yo‘qotish muammosidir. Gazdagi namlik
9 mg/m
3
dan oshmasligi kerak. Shabnamlanish nuqtasi 20 MPa
bosimda 30°C ga teng. Agar bu shart qanoatlantirmasa, gaz reduk-
torlarida muz tiqini hosil bo‘lishiga olib keladi. STGda oltingugurt
vodorodi miqdori massasi 0,1 foizdan oshmasligi kerak. STG ning
o‘t olish harorati benzinnikiga qaraganda uch marta yuqori bo‘lib,
608°C–625°C ga teng. Bunday yuqori yonish harorati, ayniqsa,
atrof-muhit sovuq bo‘lganda dvigatelni yurgizib olishni qiyin-
lashtiradi. Siqilgan tabiiy gazda har bir metan massasiga to‘g‘ri
keladigan issiqlik ajralishi benzinga nisbatan 12 % ga ko‘p, ammo
yonuvchi aralashma yongandagi issiqlik miqdori benzinga
114
nisbatan oz. Benzinli yonuvchi aralashmada eng kam solishtirma
issiqlik miqdori 3553,0 kJ/kg bo‘lsa, metanda bu qiymat 3218,6
kJ/kg yoki 9,5 % ga kam.
Gaz ballonli avtomobillarda foydalanilganda siqilgan tabiiy
gaz sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- bir xil yonuvchi aralashma hosil bo‘lishi uchun gaz havo
bilan yaxshi aralashishi va yonuvchi aralashma yuqori kalloriyali
bo‘lishi kerak;
- dvigatel silindrida yonganida detonatsiya bermasligi va
dvigatelda va uning ta’minot tizimida qurum hosil bo‘lmasligi
kerak;
- dvigatel karteridagi moyning suyulmasligi va oksidlan-
masligi, detallar yuzasida korroziya hosil bo‘lmasligi uchun turli
aralashmalar miqdorining kam bo‘lishi, shuningdek, chiqindi
gazlarda zaharli va kansterogen elementlarning minimal hosil
bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |