Тo‘yingan bug‘ bosimi.
Bu ko‘rsatkichlar yilning sovuq kun-
larida dvigatelning silindrlariga gazning ishonchli uzatilishiga
ta’sir qiladi. Minus 30
0
C haroratda bu bosim 0,07MPa dan past
bo‘lmasligi lozim. Bosim bundan pasayib ketsa, gazning
ballondan uzluksiz uzatilib turilishi buziladi. 45
0
C da bug‘ bosimi
1,6MPa dan oshib ham ketmasligi kerak, chunki avtomobillarda
ishlatiladigan gaz ballonlari ko‘pi bilan shunday bosimga mo‘ljal-
lanib hisoblanadi.
Gazda oltingugurt miqdori ortib ketsa, yonilg‘i apparatiga
o‘tirib, u naychalarning kesimini toraytiradi va rezinatexnika
detallarini yemiradi. Oltingugurt dvigatelning silindrlarida yonib,
ishlatilgan gazlarning zaharlilik darajasini oshiradi. Uning massasi
bo‘yicha miqdori 0,015% dan oshmasligi lozim. Ishqorlar va erkin
suv umuman bo‘lmasligi kerak.
110
Do'stlaringiz bilan baham: |