17
ishlash usuli (haydash usuli) fizikaviy usul bo‘lib, neft tarkibidagi
uglevodorodlar qaynash haroratiga qarab ajratiladi. Neftni
haydash deganda, uni qaynash darajasigacha qizdirib, tarkibida
bo‘lgan uglevodorodlar bug‘
holiga keltiriladi, so‘ngra ular
sovitilib, suyuqlikkka aylangach yig‘ib olish tushuniladi. Haydash
natijasida distillyat va qoldiq hosil bo‘ladi.
Neftni qayta ishlashning fizik (haydash) usulida murakkab
qurilmadan (1.2-rasm) foydalaniladi. Qurilma ikkita asosiy
apparatdan - neft qizdiriladigan naysimon pech va rektifika-
tsiyalash kolonnasidan iborat. Naysimon
pechning ichida ilon izi
shaklidagi uzun truboprovod joylashgan.
1.2 -rasm.
Neftni qayta ishlash qurilmasining sxemasi
:
1-trubali pech; 2-bug‘latish kolonnasi; 3-rektifikatsiya kolonnasi;
4-yordamchi kolonna; 5-nasos; 6-sovutgich; 7-suv va ifloslarni ushlab
qolgich; 8-nasos; 9-sovutgich.
18
Natijada uning tarkibidagi uglevodorodlar qaynash haroratiga
qarab fraksiyalarga ajratiladi. Fraksiya deb, neftni ma’lum harorat
oralig‘ida qaynaydigan bo‘lagiga aytiladi.
Pech mazut yoki gaz yordamida qizdiriladi. Тruboprovoddan
neft to‘xtovsiz o‘tib turadi va 320÷350
O
C gacha qizdirilib bug‘ va
suyuqlik aralashmasi holida rektifikatsiyalash kolonnasi (min-
ora)ga tushadi.
Neftni haydash yoki rektifikatsiya qilish maxsus rektifikatsiya
minoralarida olib boriladi. Bu minoralar balandligi 35-40m gacha
bo‘lib, uning ichida bir necha qator gorizontal joylashgan teshikli
to‘siqlar - tarelkalari bo‘ladi. Rektifikatsion kolonnalar neft yoki
neft mahsulotlari fraksiyalarining
qaynash haroratlariga qarab
ajratish uchun ishlatiladi.
Neftni haydash jarayonida eng yengil neft mahsulotlari
rektifikatsiya minorasining yuqori qismidan olinsa, pastga qarab
yaqinlashgan sari og‘irroq neft maqsulotlari ajratib olinadi.
Ajratib olish jarayoni «rektifikatsiya»
deb yuritiladi yoki
boshqacha qilib aytganda rektifikatsiya - suyuq moddalarning
aralashmalarini qaynash harorati bilan bir-biridan farq qiladigan
fraksiyalarga ajratishdir. Rektifikatsion kolonnaga (1.3-rasm)
xomashyo kerakli haroratgacha isitilib, bug‘
va suyuqlik
aralashmasi holida beriladi.
Neft bug‘lari kolonnaga tarelka teshiklaridan o‘tib yuqoriga
ko‘tariladi. Ular yuqoriga ko‘tarilgan sari asta-sekin sovib,
qaynash haroratiga qarab tarelkalarning birortasida suyuqlikka
aylanadi. Bug‘ yuqoriga ko‘tariladi,
suyuqlik esa pastga oqib
tushadi. Bug‘lanish va suyuqlanish jarayoni kolonnaning har bir
tarelkasida qaytariladi. Suyuqlik bug‘larning fraksion tarkibi
kolonnaning balandligi bo‘ylab tinmay o‘zgarib turadi: oqib
tushayotgan flegma og‘ir fraksiyalar bilan boyib boradi, bug‘ esa
yuqoriga ko‘tarilgan sari yengillashadi.
Neftni
qizdirish
davrida
uning
tarkibidagi
yengil
uglevodorodlar ma’lum bir haroratda ajralib chiqa boshlaydi.
Yengil uglevodorodlar ma’lum bir haroratda ajralib chiqqani bilan
19
baribir oz qismi neft tarkibida qolib ketishi mumkin.
Shuning
uchun uni yana qaytadan ajratib olishga to‘g‘ri keladi. Buning
natijasida bir jarayon bir necha marta qaytarilishi kerak bo‘ladi.
1.3 -rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: