Yelimlarni umumiy sxemasi va yopishtirish jarayoni.
Charm buyumlari uchun yelimlarning umumiy sxemasi yelimlar tasnifiga
binoan xillarga qarab tuzilgan (1-jadval) Sxemaga hozirgi vaqtda charm
buyumlarni tayyorlashdagi hamma yelimlar kirgazilgan.
Faqat, ayrim hollarda, umumiy sxemada ko'rsatilmagan qo'shimchalar juda
kam miqdorda qo'llanishi mumkin. Masalan bo'yoq va parda tuzilishini bir
xilligini ko'paytirish uchun peptizatorlar qo'llaniladi.
Yelimning ayrim tarkibiy qismlari ularni tayyorlashdagi miqdoriga qarab
anchagina vazifalami bajaradi. Masalan, tarkibiy qism kam miqdorda kirgazilsa,
tashkil etuvchi sifatida, ko'paytirilganda esa, to'ldiruvchi (napolnitel) sifatida
bo'ladi.
Endi yelimning har bir tarkibiy qism ahamiyatini alohida ko'ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |