beixtiyor ravishda kirib qoladi deb faraz qilingan ya'ni beixtiyor adgeziya deyilgan.
va asrimizning yigirmanchi yillarida adgezivni substrat bilan, o'ziga xos o'zaro
5
Bunda beixtiyor ravishda kirib qolish, adgeziv va substrat o'rtasidagi aloqani
mustahkamligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillardan biri ekanligi ko'rsatildi.
Hozirgi vaqtda adgeziyani, adgeziv va substrat o'rtasidagi o'ziga xos o'zaro
harakati deb tushintiradigan qator, alohida adgeziya nazariyasi va faraz qiladigan
gipotez nazariyasi mavjud.
Ulardan ayrimlarini qisqa ravishda ko'rib chiqamiz.
Asrimizning o'ttizinchi yillari oxirida, qirqmchi yillarning boshlarida Mak-
Laren va Debraunlar tarafidan adgeziyani, adgeziv molekulalarini substrat
sahnidagi surilishi natijasi deb tushuntiruvchi, adgeziyani so'rilish nazariyasi
yaratilgan edi.
Ma'lumki, adsorbsiya faqatgina molekulalar uchrashishi (kontakti)
bo'lganidagina vujudga keladi, ya'ni adgeziv molekulalari molekulalar aro kuchlar
harakati 0,4-0,5 Nk oralig'ida, substrat sahniga yaqinlashganida vujudga keladi
yoki sahni geometrik o'lchash mumkin bo'lgan qismida faqat substratni adgeziv
bilan ivitilganda vujudga keladi.
Shunday qilib, adsorbsiya ivitish nazariyasi majburiy shart bo'lib, adsorbsiya
adgeziyaga sababchi hisoblanadi.
Qirqinchi yillarning oxiriga kelib, B. V. Deryagin va N. A. Krotovlar
adgeziyani elektrik nazariyasini taklif etdilar.
Har xil ikki qism uchrashganida, jumladan adgeziv va suvstrat, bir fazadan
ikkinchisiga elektronlarni o'tib ketishi vujudga keladi.
Elektronni bergan faza – donor va uni qabul qilgani bo'lsa akseptor
hisoblanadi.
Shunday donor - akseptor o'zaro harakati natijasida ikilamchi elektr qatlami
vujudga keladi.
O'z holida molekulalararo kondensator modeli paydo bo'ladi.
Fazalarni bo'lish chegarasida ustki sahnlarni ajratilganda elektrostatik o'zaro
harakat kuchi yengib o'tadi va elektronlarni emissiyasi (chiqishi) vujudga keladi.
Demak, elektr nazariyasi, adgeziyani, molekulalararo o'ziga xos
birgalikdagi harakati deb qaraydi.
Ammo elektr nazariyasi, fazalarni ajratilganda elektronlar emissiyasi
kuzatilmagan taqdirdagi adgeziya hodisasini hamda o'z galida juda mustahkam
adgezion birikishni ta'minlovchi tok o'tkazuvchi materiallar, adgeziv bo'lishini
tushuntirib berolmaydi.
Keyinchalik adgeziyaning elektr nazariyasi quyidagi turli yo'nalishlarda
rivojiandi:
- elektronlarni uzatish mexanizmini o'rganish va to’laroq tushuntirish
(adgeziyaning elektron nazariyasi V. P. Smilg va B. V. Deryagin)
- donor-akseptor o'zaro harakatini o'rganish va qator funktsional (vazifali)
guruhlarda bo'lgan o'zaro harakat aktivligini aniqlash, (L. P. Morozova va N. A.
Krotova ishlari).
- adgeziyali bog'lanish buzilganda yelimlash tuzimining o'zgaruvchanlik va
bo'shashuvchanlik qobiliyatini, uning mustahkamligiga bo'lgan ta'sirini o'zgarishi
(yelimlashning elektr relaksatsiya (bo'shashish) nazariyasi N. I. Moskvitin).
Do'stlaringiz bilan baham: