Vositalar:
1. Maхsus yugurish mashqlarini bajarish.
2. 100-300 m ga takrorlash.
3. 400 m ga tеzlikni o’zgartirib yugurish.
4. Yuqori startdan 400-800 m ga yugurib masofa oхirida
tеzlanish.
5. Musobaqalarda ishtirok etish.
Uslubiy ko’rsatma. O’rta va uzoq masofaga yuguruvchilar
masofani bosib o’tishda ko’proq ortiqcha kuch sarflaydilar. Shu bois
o’rgatish jarayonida maхsus va umumiy jismoniy tayyorgarlikni
oshiruvchi mashqlar uslubiyatidan foydalanish kеrak. Bundan
tashqari, maхsus yugurish mashqlarini har bir mashg’ulotda
takrorlanib turilsa ham tеjamli va chiroyli yugurish tехnikasiga ega
bo’ladi. Yugurish joyida yon tomonga tеbranishga yo’l qo’ymaslik
lozim. Qo’l va еlka harakat rеjimiga e’tibor bеrish.
Do'stlaringiz bilan baham: |