Transtsendentlik
- immanentlikning teskarisi bo‘lib,
ma'lum bir sohaning, umuman olganda,
dunyoning chegarasiga nisbatan narigi tomonda bo‘lish. Bir qator falsafiy oqimlarning markaziy
tushunchalaridan bittasi. Har qanday voqelikdan ustun turuvchi absolyutning tavsifi (neoplatonizmda
birlik); ilohiyotshunoslik ta'limotlarida - xudoning yerdagi hayotdan tashqarida ekani. Kant falsafasida
amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tajriba («hodisalar dunyosi») chegaralaridan tashqariga chiquvchi,
nazariy bilish (masalan, xudo, ruh, mangu yashash g‘oyasi) imkoni bo‘lmagan narsa («Kirill va
Mefodiy»).
- Tarj.
[450]
(Ingliz diniy mutafakkiri) Jon Uikliffning Lamen Sanneh haqidagi qat'iy fikriga e'tibor bering:
"Muhammad's Significance for Christians: Some Personal Reflections", Studies in Interreligious
Dialogue 1/i (1991), 25-40, p.39: "Musulmonlar o‘sha joyning tilida yozilgan narsalarni boshqa din
bitiklari vositasi sifatida bekor qilishdi va shu tariqa mahalliy qonun-qoidalarning noyob va muhim
manbasini taqiqlab qo‘ydi", bu hol islomda Isoning erkak jinsiga mansubligi feministlarga mushkullik
tug‘dirganiday, muammo mavjud, degan fikrga sabab bo‘lishi mumkin. Buning amalda musulmon
madaniyatlarini kambag‘allashtirib qo‘ygani, musulmonlarning muqaddas adabiyotlari boyligini
bergani xususida bir narsa deyish qiyin; masalan, kimdir eronliklarning islomni qabul qilganidan
so‘nggi fors tilining favqulodda yashovchanligi yoki turk
mavlid
qiroatlari xususida o‘ylashi mumkin.
Mavlid qiroatlari chog‘ida turk tili zamonaviy Yevropa tillarida ibodat qiladigan kishilarga notanish
bo‘lgan darajada muqaddaslashtiriladi. Musulmonchilik nuqtai nazaridan muqaddas bitikni aniq
tarjima qilish (qarang: T.Winter, "Qur'an: Translations", in
Concise Encyclopedia of Language and
Religion
[London: Pergamon, 2001] chog‘ida uchta xatoga yo‘l qo‘yiladi. Birinchidan, u "tarjimaning
yutuq va kamchiliklari tufayli xristian cherkovi dastlabki bo‘linishga yuz tutdi"(A.C.Partridge, English
Biblical Ttranslation [London: André Deutsch, 1973], 3) qabilidagi munozaralarga yo‘l ochib beradi.
Ikkinchidan, u, xuddi Tavrotning tarjimonlar tomonidan qayta-qayta aksil-yahudiylashtirilgani singari,
teologik ma'no buzilishi va anaxronizmga olib borishi mumkin. Uchinchidan, ibodat qilish va aqida
sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan jiddiy tarjima ierarxiya vasiyligini talab qiluvchi aqidaning
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |