Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
175
talab etiladi.
Usul ul-fiqh
bilan boshqa bir ixtisoslashgan fan o‘rtasida uzoq muddatli 
o‘qib-izlanishni talab etadigan keskin tafovutning o‘zi yo‘q, degan asosiy tushuncha 
hurmat qilinishi lozim. 
Aksilmazhab
tamoyiliga ortodoksal javob tayyorlagan Shayx 
Said Ramazon al-Butiy o‘zining 
"Aksilmazhabchilik: islomiy shariatga xavf 
solayotgan ulkan bid'at"
kitobida hukm chiqarish ilmini tibbiyot ilmiga taqqoslaydi. 
Mabodo birovning farzandi og‘ir kasalga chalinib qolsa, u tegishli tashxis qo‘yish va 
farzandini davolash uchun tibbiyotga oid kitoblarni titadimi yoki malakali shifokorning 
oldiga boradimi? To‘g‘risini aytganda, uning esi joyida bo‘lsa, keyingi yo‘lni tanlaydi. 
Dinda ham xuddi shunday. Aslida bu tibbiyotdan ham muhimroq va potentsial nuqtai 
nazardan xavfliroqdir: manbalarni axtarishga harakat qilishimiz uchun ahmoq, 
mas'uliyatsiz, o‘zimizcha muftiy bo‘lishimiz lozim. Buning o‘rniga butun umrini sunnatni 
o‘rganishga bag‘ishlagan ulamolarni, bizning kamroq xato qilishimizga imkon beridigan 
qonun printsiplarini tan olishimiz darkor.
Ayni paytda astronomiyadan olingan yana bir tashbehni keltirish maqsadga muvofiq 
bo‘lur edi. Biz Qur'on suralari va hadislarni yulduzga mengzashimiz mumkin. Oddiy ko‘z 
bilan, teleskop yordamisiz ularning aksariyatini yaxshiroq ko‘rib bo‘lmaydi. Basharti, biz 
ahmoq yoki manman bo‘lsak, uni yasashga urinib ko‘rishimiz mumkin. Mabodo, ancha-
muncha narsaga aqlimiz yetadigan va kamtar bo‘lsak, Imom Molik yoki Ibn Hanbal 
yasab ketgan hamda keyingi avlodlarga mansub buyuk munajjimlar tozalagan, 
yarqiratgan va takomillashtirgan teleskopdan foydalanishdan xursand bo‘lamiz. 
Qolaversa, m
azhab
bizga islomni maksimal darajada tiniq ko‘rish imkonini beradigan 
aniqlik asbobidan boshqa narsa emas. Agar o‘z asbobimizni ishlatadigan bo‘lsak, bizning 
havaskorona sa'y-harakatlarimiz ko‘rishimizni buzishi shubhasiz.
Shu o‘rinda uchinchi bir misolni keltirish ham joiz. Ko‘hna bino, masalan, Saraevodagi 
Begova masjidi unda namoz o‘qiydigan ba'zi bir kishilarga mukammal bo‘lib tuyulmasligi 
mumkin. Yosh tashabbuskorlar ushbu binoni yanada ko‘rkam va mukammal qilish 
istagida yonib (va shubhasiz, o‘zlarining vaqt bilan bog‘liq tarjeh (yaxshi ko‘rgan 
narsa)laridan kelib chiqqan holda) uning ostidagi poydevor va dahmalarni ochib ko‘rishi 
hamda me'morchilik printsiplarini o‘zlaricha tushunish asosida tepalaridagi ulkan binoni 
tutib turgan asos va ustunlarni zamonga moslashtirmoqchi bo‘lishi mumkin. Ular, 
albatta, o‘zlarining ishini og‘izda ma'qullaydigan bir-ikkita kishidan boshqa birorta 
professional me'morni masalahat uchun bezovta qilmaydi, shuningdek, binoning 
strukturasini asrlar sinoviga bardosh beradigan darajada mustahkam qilib yaratgan 
kishilarning kitoblari yoki xotiralarini o‘qib ham o‘tirmaydi. Ularning g‘ayrati va g‘ururi 
bunga vaqt ham qoldirmaydi. Guruh-guruh bo‘lib, poydevorlar orasidan cho‘kich va 
parmalarini olib chiqib, ko‘r-ko‘rona g‘ayrat bilan ishga kirishadi.
Sunniy islomga nisbatan ham xuddi shunday munosabatda bo‘linayotgani o‘ta xavflidir. 
Bino ko‘p asrlar davomida o‘z dushmanlarining qaqshatqich zarbalariga bardosh berib 
keldi. U faqat o‘z ichidan zaiflashishi mumkin. Islomning ziyoli raqiblari bundan xabardor 
ekani shubhasiz. Yuksak taqvodorligi, buyuk sunniy imomlarning to‘rtta maktabda 
shariatni mukammal qonun holiga keltirganidan so‘nggi qat'iyligi va qobilligiga 
qaramasdan, ilk musulmonlarni, parchalab tashlagan tarqoqlik va 
fitna
lar tomoshasi 
ko‘pgina kishilar miyasiga adovatni joylagan ko‘rinadi. Men ulkan mazhablarga hujum 
qilayotgan kishilar islom dushmanlari qo‘lidagi ongli qurol, demoqchi emasman. Biroq bu 
hol ortodoksal muqobil islom mablag‘ topolmay, och-nahor turgan bir paytda ular nima 
uchun mashhur bo‘lish va yaxshi pul topishga intilishni davom ettirajagini tushuntirishga 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish