www.ziyouz.com
kutubxonasi
166
berganiga shubha yo‘q. Sunniylik sof diniy maydonda musulmonlik tarixining 90 foiz
vaqti mobaynida 90 foiz ummatni birlashtira oldi.
Agar biz o‘zimizni uzoq o‘tmishda bo‘lib tashlagan kuchlarga yaqinroq nazar tashlasak,
bu hol hozirgi tobora kattalashib borayotgan parokanda vaziyatimizni tushunib olishga
yordam beradi. Bunday kuchlar nihoyatda ko‘p bo‘lgan, ulardan ba'zi birlari nihoyatda
tarqoq bo‘lganini ham ko‘ramiz; lekin ulardan ikkitasigina diniy mafkura yetovida
bo‘lgani uchun omma o‘rtasida mashhur bir shaklga kirganini va ko‘pchilik e'tiqod
qiladigan din va ulamolarga qarshi qo‘zg‘olon tusini olganini ko‘rish mumkin. Ular yetarli
asos bilan xorijiylik va shialik nomlarini oldi. Sunniy islomdan farqli o‘laroq, ular ikkalasi
ham ajralib chiqqan guruh va kichik harakat edi; biroq shunga qaramasdan, ikkalasi
ham islomning diniy hokimiyat manbai masalasidagi yetakchi qarashlardan farqli
bo‘lgan ikkita ulkan qarashni ifoda qila olishi bilan tanish muxoliflik an'anasiga moyilligini
namoyish etdi.
Ular o‘zlari ilk xalifalarning axloqiy inqirozi deb hisoblagan holga qarshi turish bilan Ali
roziallohu anhuning o‘limidan so‘nggi izdoshlarining diniy hokimiyat nazariyasini
rivojlantirdi. Bu nazariya oldingi egalitar
[524]
dalillardan ajralib chiqqan bo‘lib, diniy
hokimiyatga imomlarning xarizmatik
[525]
vorisligini hadya etdi. Biz bu o‘rinda ushbu
g‘oyaga musulmonlikni qabul qilgan ba'zi sobiq sharqiy xristianlarning ta'siri bo‘lgani
yoki bo‘lmagani masalasini tadqiq qilish uchun to‘xtalib o‘tirmoqchi emasmiz. Ular
havoriylarning Isoga mistik vorisligi g‘oyasi ruhida tarbiyalangan edi. Ushbu vorislik
cherkovga Isoning xotirasini kelgusi avlodlar uchun yod etishday noyob qobiliyat ato
etdi, deb taxmin qilinadi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, shialik o‘zining turli shakllari
bilan ibtidoiy islom jamiyatidagi qat'iy diniy hokimiyat yetishmasligiga javob sifatida
rivojlandi. Adolatli xalifalar davri tugab, umaviy hukmdorlar o‘zlaridan "Chin
musulmonlarning amiri" o‘laroq, kutilgan turmush tarzidan ancha uzoqlashib qolgach,
fiqh
ning bir-biridan keskin farq qiluvchi va yangi-yangi paydo bo‘layotgan maktablari
diniy masalalarda kuchli va obro‘li hokimiyat manbasi nomiga unchalik ham mos
kelavermas edi. Xristianlarning imomni gunohsiz deb bilishi jozibadorligi sababi ana
shunda.
Imomchilik paydo bo‘lishining bunday talqini shialik kengayishining ikkinchi ulkan
bosqichini tushuntirib berishda qo‘l keladi. 5-asrdagi sunniylik uyg‘onishi
muvaffaqiyatidan so‘ng shialik inqirozga yuz tuta boshladi. Bu davrga kelib sunniylik
nihoyat izchil bir sistemaga aylanganday edi. Shialikning ismoiliylikda zuhur bo‘lgan o‘ta
shiddatli qanoti Imom G'azzoliyning kuchli zarbasiga duch keldi. Uning
Do'stlaringiz bilan baham: |