www.ziyouz.com
kutubxonasi
89
va xastalarni tuzatishi, o‘sha xalqlarning tillarida yozish va qo‘shiq aytish, ko‘pincha
islomga o‘tish jarayonida bosqichma-bosqichlikka imkon berishga tayyorligi va ilohiyotni
sevishga da'vatni himoya qilishi bilan o‘ziga jalb qilib olar edi. Bosniya, Kashmir,
Indoneziya va G'arbiy Afrika hududlari aholisining islomni qabul qilishiga taqvodorlikning
ushbu ikki shakli: muloqotdan iborat savdogarlik va mistika imkon berdi. Bu islomning
savdogarlik va mistikaga yo‘l berishi natijasi edi.
So‘fiy mistiklar, xususan, Hindiston subkontinentini islomlashtirishda muhim rol o‘ynadi,
ayni shu o‘rinda Bulliet andozasidan g‘ayriodatiy tarzda foydalaniladi. Hindistondagi
dastlabki islom istilolaridan so‘ng oradan o‘tgan uch asr mobaynida juda ozchilik bu dinni
qabul qilgan edi; O'rta Sharqdagi jadallashuv jarayoni - islom va hinduizm o‘rtasida
ulkan kontseptual tafovut bo‘lgani, shuningdek, hind jamiyatining turli tabaqalarga
bo‘linib ketgani va turli o‘lchov birliklaridan tarkib topgani uchun bo‘lsa kerak - bu yerda
kuzatilmadi. Ayni hol, garchi pirovard siyosiy hokimiyat o‘shandan so‘ng hindularning
qo‘lida qolmagan bo‘lsa ham mahalliy dinlarning izchilligi va amaliyotini saqlab qolishga
imkon berdi. Ammo Hindiston tajribasi Arnold va Dennettning tezislarini yetarli darajada
tasdiqladi, chunki Richard Iton va boshqalar hindlar islomni ko‘pincha Hindistondagi
musulmonlar hukmronlik qilgan joylardan ko‘ra ular hukmron bo‘lmagan joylarda
ko‘proq qabul qilganini isbotlab berdi
[218]
. Musulmon siyosiy hukmronligining yoyilishi
va musulmon diniga mansub kishilar miqdorining (odatda, quyi kastalar orasida) orta
borishi bir-biridan farqli ikkita ulkan jarayon sifatida ko‘zga tashlanadi. Dinni qabul qilish
allaqaerlardagi sultonlarning siyosati tufayli emas, islom himoyachilari bilan muloqot
tufayli ro‘y berar edi.
Uzoq Sharqda Indoneziya arxipelagi tajribasi musulmonlarning qurolli bosqini natijasida
islomlashtirilganini emas, aksincha, ilk tanishuv tezisini yana tasdiqlaydi. Islom hindular
Hindistonining bir-biriga chambarchas bog‘lanib ketgan aholisi qoniga bir necha asrlar
davomida singib ketdi, hatto bugungi kunda ham subkontinent aholisining taxminan
uchdan bir qismi musulmonlardir. Buning teskarisi o‘laroq, Yava, Malaya va Sumatra
(orollari) garchi, asosan, hind madaniy robitasida bo‘lsa ham, kamroq qarshilik
ko‘rsatgan edi va bugungi kunda Indoneziya aholisining 90 foizdan oshiqrog‘i
musulmonlardir. Mintaqaning aholi yashaydigan bir necha ming orollarga bo‘linib ketishi
musulmonlarning u yerlarni zabt etishiga va dengiz savdo-sotiq yo‘llarida islomning
hukmron bo‘lishiga qulay zamin hozirlab berdi
[219]
. Shu tariqa (turli tamaddunlarning)
to‘qnashuv imkoniyatlari oshdi.
Ushbu manzarani islom prozelitizm
[220]
i amal qilgan barcha-barcha hududlarda
kuzatish mumkin. Birinchidan, sof missionerlik institutlari - qurimlari yetishmas edi:
so‘fiylik tariqatlari madaniy vositachilar sifatida faoliyat yuritgani uchun g‘ayridinlarni
islomga targ‘ib qilishni asosiy maqsad qilib olmagan edi. Ikkinchidan, kishilarning asosiy
ko‘pchiligi islomni ixtiyoriy ravishda qabul qilardi. Uchinchidan, islomlashtirish asta-sekin
amalga oshirilar, dastlab islom qadriyatlarining musulmonlar bilan yoki qisman
islomlashtirilgan unsurlar bilan tanishish va, binobarin, A.D.Nokk "qo‘shilib olish"
[221]
deb atagan jarayon orqali o‘sha joyda yashaydigan xalqlar madaniyatiga kirib borishi
ta'minlanar edi.
Biroq shunisi aniqki, garchi tanishuv va qo‘shib olish andozalari sotsiologik tuzilma
sifatida ishonarli bo‘lsa-da, ular individual kishilarni islomni qabul qilishga undagan narsa
aynan nima ekanini bilib olishga imkon bermaydi. Musulmonlarning boshqalar bilan
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |