Gelassenheit
islom dunyosida axloqiy
tanazzulni keltirib chiqardi: voiz minbardan turib dod-voy qilganiday, pornografiya va
betartiblik urchib ketmagan bo‘lsa-da, siyosat va tijoratda hamma tan olgan dunyoviy
axloqning yo‘qligi ancha tashvishlidir. Feministik islohotlar asosiy maqsadi kosmopolit
G'arb ma'qullaydigan milliy obro‘ yaratish bo‘lgan siyosiy kiborlarning oddiy uslubi yoki
ruhiy holatidir. Odatda bunday kiborlar orasida jiddiy axloq in'ikosi ko‘zga tashlanmaydi.
Ko‘plab islomchilar milliy kiborlarni istehzo bilan tilga oladi, ular ko‘zdan panada siyosiy
korruptsiya botqog‘iga botib ketgan, biroq bo‘yin egishni istamaydigan aholiga
feminizmni kun tartibidagi masala sifatida tiqishtirish payida bo‘lishdi. Marokkolik din
faoli Nadiya Yasin yarim million marokkolik ishtirok etgan yangi qonunlarga qarshi
namoyishda - uni Dunyo banki qo‘llab-quvvatlagan edi - jinsga oid shariat
qonunchiligini bekor qilishni taklif etgan edi. Davlat homiyligida o‘tgan feminizmni
yoqlovchi namoyishda esa undan 10 barobar kam odam ishtirok etdi. Yana bir gap:
musulmon ommasi tajribasi feminizm deganda liberal tuzimlarni tushunmaydi, uni
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
63
ko‘pincha Marokko qiroli saroyi, kamolchi Turkiya, Rizo shoh Eroni singari avtokratiyalar
himoya qiladi.
Gelassenheit
ning oqibati asllikni saqlab qolish uchun unga muayyan tuzatishlar
kiritishni talab etadi va musulmon madaniyatlarining
tag‘rib
orqali assimilyatsiya
bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi. Tag‘rib islomchilar ayni vaqtning o‘zida ham
g‘arblashtirish, ham begonalashuv ma'nosida qo‘llaydigan atamadir. Musulmon dunyosi
ushbu atamaga Boshqa bergan ta'rifni qabul qilishdan hayratlanmasligi kerak. Bu kerak
bo‘lmagan cheklangan pozitsiya - turimdir: liberalizmning yetakchi nazariyotchisi Rauls
madaniyatni o‘zlikning ko‘rinishi sifatida saqlab qolish huquqi yashab qolishi kerak, deb
hisoblaydi. Vill Kimlikka «feministlar «tafovut»ga qarshi o‘ng qanot javob yurishining bir
qismi bo‘layotgani»
[114]
xavfini qayd etganiday, bu hatto avtoritarizmga qarshi bo‘lgan
bir qarash hamdir. Frantsiyadagi feministlar doimiy ravishda muhojir guruhlarga
madaniy muxtoriyat berishga oid qarama-qarshi tadbirlarda Milliy front bilan yelkadosh
bo‘lib kelmoqda.
Haydegger ontologiyasi yoki postontologiyasining keskin aporetik sifati ba'zi bir
talqinchilar orqali Irigarayga ham yetib boradi. E'tiborga molik shunday talqinchilardan
biri Emmanuel Levinasdir. Levinas, Talmudga yozgan izohlaridan ma'lum bo‘lishicha,
yahudiylik nuqtai nazaridan, o‘z falsafasining hayotiy tajriba uchun kerakli ekanidan
mutaassir bo‘ladi. Biroq u Haydeggerga qarshi chiqadi. Aynan shu yerda uning
Irigarayga ta'siri yaqqol ko‘zga tashlanadi. U nemis mutafakkiriga G'arb tafakkurining
«O'zning Boshqaga nisbatan ustunligi»
[115]
xususidagi ulkan imperial xatosini
takrorlagani uchun qarshi chiqqan edi. Levinas nazdida, bizning o‘z tajribamiz bir
vaqtning o‘zida ham Boshqani bilishimizni taqozo etadi, ham Boshqaning butunlay
noma'lumligini nazarda tutadi.
Binobarin, ilohiy Boshqadan axloq izlash befoyda va Prometeyga xos G'arb agressiyasi
xudoni O'zning talablariga qo‘shib yuborishni niyat qilib qo‘ydi. Shuning uchun ham
Levinas va unga ergashgan Irigaray an'anaviy tushuniladigan axloqqa qiziqish
bildirmaydi. Ko‘pincha ular «axloq» deb emas,
axloqiy
deb gapiradi.
Endilikda bularning barchasi ash'ariy aks-sado berdi. O'zining boshqaligi tufayli ma'lum
bo‘lgan Boshqa tushunchasi asosida, ya'ni xudoni shaxslantirish mumkin emas. Shuning
uchun tabiat qonunlari istiqbolli emas.
Shu yerda
usul
ni yoqlab chiqqan musulmon yurisprudentsiyasidagi katta ta'sir kuchiga
ega bo‘lgan Juvayniy, G'azzoliy, Sheroziy singari allomalarni birlashtirgan ash'ariy
pozitsiya - turim mavjud axloqiy nomaqbullik bilan bog‘liq mushkulotlarni ilohiyotga
murojaat qilish orqali hal etadi. Texnik nuqtai nazardan, sabab bilan iloh o‘rtasida hech
qanday yuristik
[116]
tafovut yo‘q: Allohning farmoni shariatning aksiologiyasi
[117]
ni
belgilab beradi. Qur'onda: «Ul zotdan nima ish qilayotgani so‘ralmaydi», deyiladi.
Buning ma'nosi shuki, qadriyatlar boshdan-oyoq Ul zotning egamen farmonidan kelib
chiqadi. Bu qarashni Huraniy «teistik sub'ktivizm» deb atagan edi. Ushbu ash'ariy
perspektiva nuqtai nazaridan, merosni jinsga qarab belgilashga oid qonunlardan
shikoyat qilish, noshukrlik, chunonchi, yaxshilik va yomonlik tabiatini mensimaslik
xususida jar solishdir. Bu o‘rinda aksiologiya insonga tegishli emas: Alloh qadriyatlarni
belgilovchi yagona Zotdir, bizning bunday qonunlar hayotiy ekanini tan ola bilmasligimiz,
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |