13-yil jumodil oxir oyining avvalgi haftasida Abu Bakr (r. a.) sovuq kuni hammom
qolganidan namozga chiqa olmasliklari sababli Umar ibni Hattobni o‘rinlariga imom
Abu Bakrning kasalliklari kun sayin og‘irlasha bordi. Tuzalishdan ko‘ra tuzalmasliklari
Mo‘minlar Abu Bakrning sihat topishlarini istab har doim duolarda bo‘lib turdilar. U
janobdan eng ko‘p kelib xabar olib turuvchi kimsa Usmon ibni Affon (r. a.) edilar, Bir
kuni bir necha asxoblar ko‘rgani kirib: «Ey Abu Bakr, tabib chaqirib kasalingazni
ko‘rsatsakmikin», deganlarida, ularga javoban: «Tabib kelib meni ko‘rib ketdi»,
deganlarida, asxob, «Tabib nima dedi?» — deb so‘radilar. Men xohlaganimni qilaman,
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
22
dedi», deb javob bergan ekanlar. Abu Bakr (r. a) o‘zlarining xalifalik davrlarida butun
hayotlarini Islomiyatning quvvat va shavkat kasb etuviga xalqning adolat va haqqoniyat
bayrog‘i ostida tinch-totuv yashashla-ri yo‘lida Arabiston davlatini soglom bir asos ustiga
qurib, butun qayg‘ulari shu xalqning manfaat va maslahatlarini ko‘zlaganlari kabi kasal
hollarida ham mana shu qayg‘uda bo‘ldilar. Agar o‘zlaridan keyin xalifa saylash
masalasini xalqning ixtiyoriga tashlab ketsalar, xalifalikni istovchilar o‘rtasida fitna
chiqib, biror kor-hol yuz berishidan cho‘chir edilar. Zero, Saqifa bay’atida bo‘lib o‘tgan
ba’zi bir ko‘ngilsizliklar hamon yodlaridan ko‘tarilgani yo‘q edi. Shu sababdan asxob
kiromning fikrlarini olib, o‘zlaridan keyin ma’lum bir kishini valiahd etib tayinlash
maslahatida bo‘ldilar. Asxobi kirom oralarida xalifalik mansabiga loyiq kishilar yetarlicha
bo‘lib, bularning eng avvalgi saflarida Umar ibni Hattob bilan Ali Ibni Abu Tolib (r.a.)lar
turardilar. Bularning har ikkilarida xilofatga o‘zlarini eng ahl deb bilar va mamlakatni
go‘zal idora eta olishga hamda xalq orasida adolat ruhini amalga oshira olish-ga
iymonlari komil edi.
Abu Bakr Umar ibni Hattobni o‘zga saxobadan ortiqroq bilib, o‘zlaridan keyin valiahd
etib qoldirmoqchi bo‘ldilar. Mazkur fikrga kelganlaridan keyin saxobayi kiromga
o‘zlarining fikrlarini kinoya tarzida anglata boshladilar. Abdurahmon ibni Avfni chaqirib,
Umar haqlarida qanday fikrdasiz?» deb so‘radilar. Abdurahmon (r. a.) «U kishining
qattiqqo‘lligidan boshqa aybi yo‘q», dedilar. Abu Bakr bunga javoban: «U mening
yumshoq bo‘lganim uchun shunday qattiqqo‘llik qiladi, agar o‘zlari ish boshiga kelsalar
albatta qattiq qo‘lliklaridan anchasini tashlaydilar, deb o‘ylayman», dedilar. Bundan
keyin Usmon ibni Affonni ham chaqirib fikrlarini oldilar.
Hazrati Usmon Umarning «Ichi tashqarisidan yaxshiroq, bilishimcha, bizning ichimizda
u kishiga o‘xshash odam yo‘q», dedilar. Boshqa bir necha kibor sahobalardan ham Umar
haqlarida mana shunday yaxshi, iliq gaplar eshitdilar. Abu Bakr (r. a.) Umar haqlarida
bir necha asxobning fikrlarini olgach, u janobni valiahd etarga qaror qildilar. Va kotib-lari
Usmon ibni Affonni chaqirib quyidagi vasiyatnomani
yozdirdilar:
Do'stlaringiz bilan baham: