Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 

47

Bir hovuch makkor kimsalar umum boylikka egalik qilardilar. Qolgan mehnatkash xalq, 



mana shu boylikning hosil bo‘lishida asosiy xizmatni qilgan oddiy mehnatkash xalq esa 

hamma narsadan mahrum qolaverardilar. Bunday holatni go‘yo tabiiy deya, xudo 

tomonidan shunday bo‘lishligiga ishora etilgan deya diniy rahbarlar talqin etardilar. 

Uchinchidan, davlatlar ichida amalda bo‘lgan qonunlar hech qanday adolatga 

asoslanmay balki ba’zi bir guruhlarning xohishlarini ifoda etardi. Natijada joriy qonunlar 

ham mehnatkashlarni ezish, ularni xorlashlikning bir turi bo‘lib qolgandi. 

To‘rtinchidan, diniy tushunmovchilik tufayli xalqlar o‘rtasida paydo bo‘lgan turli xurofiy 

odatlar va bu xurofiy odatlarni din nomidan talqin etilishi sababli xalqlar ustiga juda ko‘p 

yomonliklar tushgandi. Olloh taolo o‘z payg‘ambarlariga yuborgan asl dinni kishilar o‘z 

xohishlari tomonidan qo‘shilgan xurofotlar butunlay qoplab olgandi. Natijada azizu 

mukarram bo‘lgan inson o‘zini-o‘zi hor qilib allaqanday jonsiz toshdan va yog‘ochdan 

yasalgan but hamda haykallarga, hatto oddiy xayvonlarga ibodat etib, talpinadigan 

bo‘lgandi. 

Beshinchidan, xurofiy illatlar natijasi o‘laroq, olam va tabiat sirlarini to‘g‘ri ilmiy 

asoslar bilan sharhlab o‘rganishlik yo‘li to‘sib qo‘yilgandi. Oqibatda insoniyat tabiat 

sirlariga to‘g‘ri yondoshish orqali oshno bo‘lmay, balki allaqanday tagi yo‘q gumon va 

taxminlar qorong‘uligida shabko‘rdek kezardi. 

Oltinchidan, odamlarni dunyoda yaralishliklarida maqsad va dunyodagi vazifalari 

nimadan iborat ekanligi to‘g‘risida har turli xurofiy fikrlar sababidan asosiy maqsad 

berkinib ketib, haqiqat anglashilmay qolgandi. 

Yettinchidan, «Hamma narsani kuch hal qiladi», degan noto‘gri tushuncha xalqlar 

orasida hukmron bo‘lib qolganligi sababli, erkaklarga nisbatan nimjon bo‘lgan asllar 

jamiyatda butunlay nufuzlarini yo‘qotgandilar. Ular hech qanday, na shaxsiy va na 

ijtimoiy hukuqlarga ega bo‘lmay qolgandilar. 

Sakkizinchidan, boshliqlar o‘z ustlariga xalq tomonidan yuklangan vazifani to‘g‘ri 

anglab yetmaganlari sababli, xalqlar esa boshliqqa nisbatan qanday mavqe’da 

ekanliklarini tushunishlikda chigalliklar sababli o‘rtada do‘stona mushtarak aloqa 

etuvchilarga emas, balki bir-biriga adovat saqlovchilarga aylangandilar. Dunyoda hukm 

surayotgan mana shu kabi holatlarni to‘g‘ri tushunchada tushuntirishlik uchun Olloh 

taolo va taborak Arab yarim orolida yashovchi Muhammad ibni Abdullohga vahiy 

yuborgandi. Mana shu ilohiy vahiyda bayon etilgan narsalarni yer yuzi xalqlariga 

yetkazishlikka taklif etgandi. 

Eng birinchi sonda bayon otganimiz jins va tabaqalar tafovutini Islom, «hammangiz 

bir ota-onadan tarqalgansiz», degan shiori bilan, «arabning ajamdan, ajamning arabdan 

ortiqigi yo‘q, fazilat faqat taqvoda»; degan shiori bilan barham berishga kirishdi. 

Ikkinchi sonda basn etilgan boyliklarni taqsimlashdagi adolatsizlikka Islom moldor 

kimsalarga qarata: «Ey moldorlar, sizlar men bergan boylikdan mahrum kimsalarga ham 

beringlar. Molini mening yo‘limda kambag‘al bechoralarga, yetimlarga, bevalarga 

bermay saqlab qo‘yganlar uchun qiyomat degan dahshatli kunda qattiq azoblar hozirlab 

qo‘yganman», degan tahdidli shiori bilan barham berishga kirishdi. 

Uchinchi sonda bayon etilgan jabrona qonunlarini Islom: «Qonun chiqarishlik yagona 

Ollohning haqqi, hukm faqat Ollohga xos, havolaringiz xohishiga qarab qonunlar 

chiqarsangaz, hukmlar joriy etsangiz, unda sizlar zolimlar, kofirlar va fosiqlardan 

bo‘lasiz» degan shiori bilan barham bergani kirishdi. 

To‘rtinchi sonda bayon etilgan hurofotlarga Islom: «Ey aziz insonlar, sizlar faqat 

o‘zlaringizni yaratgan ilohgagina ibodat etinglar», degan, «Ollohdan o‘zga narsalar zarar 

ham yetkazolmaydi, foyda ham yetkazolmaydi», degan, «hamma narsa Ollohning 

mahluqi» degan shiori bilan barham bergani kirishdi. 




Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin 

 

 




Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish