Microsoft Word xalqaro kredit va uning rivozhlanishi


Xalqaro kreditlar bo‘yicha risklar va ularni boshqarish



Download 201,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana24.09.2021
Hajmi201,34 Kb.
#183538
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
xalqaro kredit va uning rivozhlanishi

Xalqaro kreditlar bo‘yicha risklar va ularni boshqarish 

Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgandek,  kreditning  foiz  stavkasi  bu  bank  qo‘ygan 




investitsiyaning  bahosi  hisoblanadi.  Xalqaro  bank  krediti  bahosi  xuddi  liar  bir 

moliyaviy aktiv bahosi singari o‘zida ikki narsani, ya’ni risksiz komponent va risk 

uchun  mukofotlarni  mujassamlashtiradi.  Risksiz  komponentning  bahosi  o‘z-

o‘zidan daromadning minimal  stavkasi talabidan  kelib   chiqadi. 

Bu  bozor  uchun  nonnal  hisoblanib,  bunda  inflyatsiyaning  ham  o‘rni  bo‘ladi. 

Risksiz  komponent  uchun  ko‘pincha  hukumatning  qisqa  muddatli  qimmatli 

qog‘ozlari  foizi  olinadi.  Risk  uchun  mukofotning  bahosi  o‘zida  3  omilni 

mujassamlashtiradi: 

1.  Eikvidlik riski uchun mukofot; 

2.  Foizli risk uchun mukofot; 

3.  Kursli valyuta riski uchun mukofot 

Bularga  izoh  beradigan  boTsak,  masalan,  likvidlilik  riski  bu  mijozning  kreditni 

qaytarmasligining  eng  katta  havfi  hisoblanadi.  Bu  yerda  bankdan  kredit 

havfsizligini  oshirish  talab  qilinadi.  xunki,  bu  yerda  mijoz  kreditni  butunlay 

qaytara olmaslik holatiga tushadi. 

Foizli  risk  esa  kelajakda  foiz  stavkasini  oshirishning havfini  qoldiradi.  Bu  albatta 

kreditdan  olinadigan  daromadlarning  tushishiga  olib  keladi.  Foiz  stavkalarining 

darajasi  va  harakatining  o‘zgarishi  natijasida  zarar  ko‘rish  havfi  tug‘iladi.  Foiz 

riski debitorlami ham, kreditorlarni ham o‘z   qa’riga tortadi. 

Foiz  risklarining  boshqarilishi  aktiv  va  passivlarni  boshqarilishidan  tashkil 

topadi.  Foiz  risklarini  boshqarishning  bir  nechta  tamoyillari  mavjud.  Bular 

quyidagilardan iborat: 

1.  Bankning  foiz  marjasi  qancha  yuqori  boTsa,  foiz  risk  darajasi  shuncha  past 

boTadi. 


2.  “Spred” tamoyili. Bunda olingan aktivlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan stavka va 

toTangan majburiyatlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan stavka o‘rtasidagi farq tahlil 

qilinadi.  Tahlil  uchun  maTumotlar  odatda  bankning  statistik  hisobotidan 

olinadi. 

3.  Bankning o‘zgarmas va suzib yuruvchi foiz stavkalari bilan balansdan tashqari 

aktiv va passivlarni tahlil qilishdan iborat. 




Foiz risklaming darajasi esa quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi: 

•  Aktivlar  tuzilishidagi  o‘zgarish,  shu  jumladan,  kredit  va  investitsiyalarning 

hajmi,  aktivlarning  qayd  qilingan  va  suzib  yuruvchi  stavkalarda,  ulaming 

bozordagi narxining dinamikasi; 

•  Passivlarning  tuzilishidagi  o‘zgarish,  ya’ni  shaxsiy  va  zayom  mablag‘larining 

mutanosibligi, muddatli va jamg‘arma depozitlar; 

•  Foiz stavkasi dinamikasi. 

Foiz risklari darajasini boshqarish va nazorat qilish uchun bank faoliyatining aniq 

bir holatiga bog‘liq holda muhim strategiyalar ishlab chiqish lozim. 

Valyuta  riski  -  unchalik  yaxshi  bo‘lmagan  almashish  kursi  natijasida  bank 

tomonidan  boshqarilayotgan  kreditga  pul  oqimini  kamaytiradi.  Xalqaro  kredit 

mahalliy  kreditdan  farq  qiladi,  bunda  bank  boshqa  davlatdagi  kreditlash  riskini 

ham  baholashi  kerak  bo‘lib  hisoblanadi.  Xalqaro  kreditning  deyarli  barcha 

operatsiyalarida tomonlardan biri albatta valyuta konversiyasiga, ya’ni konversiya 

riskiga to‘qnash keladi. Shunday ekan bunday riskning oldini olish uchun ko‘plab 

banklar xalqaro kreditni chet el valyutasida emas, balki o‘z mahalliy valyutalarida 

berishni  hohlaydilar.  Bu  harakati  bilan  bank  valyuta  kursini  o‘zgarishidan 

ko‘radigan havfni va o‘zining moliyaviy holatining yomonlashuvi oldini oladi. 

Keyinchalik,  olingan  kredit  mijozning  o‘z  mamlakatida  yoki  boshqa  mamlakatda 

ishlatilishi  kerak  bo‘lsa,  bunda  kreditni  olgan  mijoz  o‘ziga  kerakli  valyutaga 

almashtirib  olishiga  to‘g‘ri  keladi.  Agar  kreditni  olgan  mijoz  bank-kreditor 

mamlakatiga  importni  moliyalashtirsa,  u  o‘sha  mamlakat  valyutasiga  ega  bo‘ladi. 

Eekin bu valyuta qarz to‘lash uchun foydasiz bo‘lishi mumkin, agar hukumat chet 

el  valyutasini  chetga  o‘tkazish ustidan  nazorat  olib  borayotgan  bo‘Isa, bu valyuta 

riskini nazorat qilish deyiladi. 

Bunday  riskning  oldini  olish  uchun  kredit  oluvchi  mamlakatning  valyutasi 

holatidan 

boxabar 


bo‘lishi 

kerak. 


Va 

oldindan 

bo‘ladigan 

keskin 


devalvatsiyalaming  prognozini  qilish  kerak.  *unki,  devalvatsiya  qarzni  qaytarish 

qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Ayrim mamlakatlarda mijoz kreditni yoki uning 

foizlarini  chet  elga  to‘lash  uchun  hukumatdan  ruhsatnoma  olishiga  to‘g‘ri  keladi. 



Albatta bunday holatlar xalqaro kredit berishga to‘sqinliklar qilishi mumkin. 

Xalqaro kreditni baholashda moliyaviy risk ham muhim o‘rin tutadi. Moliyaviy 

risk   bu  xalqaro  kredit  berilgan  vaqtdan  so‘ng  kredit  olgan  mijoz  qarzni  to‘lay 

olmaydigan holda, ya’ni to‘lovga layoqatsiz bo‘lgan holda yuzaga keladi. Bunday 

havfni baholash uchun bank bir qancha omillarni tahlil qilib chiqadi. Bular xalqaro 

miqyosda “uchta Si”: Character - reputatsiya, harakter; Cash flow or capacity - pul 

oqimi  va  ishlab  chiqarish  quvvati;  Capital  -  kredit  oluvchi  kapitali  kabi 

ko‘rsatkichlar bilan hisoblanadi. 

Bank  xalqaro  kredit  oluvchining  foaliyatini  baholashdan  oldin  uning  jiddiy 

kompaniyami  yoki  yo‘qmi,  majburiyatlarini  bajara  oladimi  va  o‘z  biznesi 

to‘g‘risida yetarli malakaga ega ekanligi haqida ma’lumotlar to‘playdi. 

Kredit  oluvchining  faoliyatini  baholash  uchun  bankning  o‘z  tajribasi,  boshqa 

banklarning 

kredit 


berish 

malakasi 

asosiy 

baza 


bo‘lib 

hisoblanadi. 

“Dun&Bradstreet”  xilidagi  firmalar  yer  yuzidagi  barcha  kredit  oluvchilar,  har  xil 

kompaniyalar,  xo‘jalik  va  hukumat  agentliklari  haqida  moliyaviy  va  tijoriy 

ma’lumotlarni beradi. Hozirgi kunda ko‘plab banklar mahfiy ravishda mijozlarning 

operatsiyalari haqida ma’lumot almashadilar. Bundan tashqari bank kredit tarixini 

o‘zida mujassamlashtirgan kredit paketini ham yuritib  beradi. 

Bank  kredit  oluvchining  pul  oqimi,  ishlab  chiqarish  quvvati  va  kapitalini 

baholash  uchun  moliyaviy  hisobot  talab  qiladi  (firmaning  balansi,  daromadlar 

haqida hisobot va pul oqimi haqida hisobot). 

Firmaning  balansi  o‘sha  paytdagi  moliyaviy  holatini  ifodalab  beradi. 

Daromadlar  hisoboti  esa  firmaning  o‘sha  yildagi  daromadlari  va  harajatlarini 

ko‘rsatib  turadi.  Albatta  bu  ma’lumotlar  mustaqil  auditorlar  tomonidan 

tasdiqlangan bo‘ladi. 

Bank  uchun  hisobotlar  olish  oson  bo‘lmaydi.  xunki,  ularning  shakllari  hamma 

mamlakatlarda ham bir xil emas. Balansdagi moddalar va daromadlar hisobotidagi 

raqamlarni solishtirib bank mijozning operatsiyalari haqida ma’lumot oladi. Balans 

va  hisobotlarining  bir  necha  yilliklarini  tahlil  qilish  orqali  moliyaviy 

ko‘rsatkichlarni  qay  holda  o‘zgarayotganini  ko‘rishi  mumkin  va  oxirida  bu 



raqamlarni  asosiy  raqobatdoshlar  ko‘rsatkichlari  bilan  taqqoslab  firmaning 

faoliyatiga va istiqboliga baho beradi. 

Agar bank firmaning sho‘’ba korxonasi arizasini ko‘rsatadigan bo‘lsa, bu uchun 

firma  miqyosidagi  global  operatsiyalari  va  umumiy  moliyaviy  holat  haqidagi 

ma’lumotlar  kerak  bo‘ladi.  Bu  albatta  qiyin  bo‘ladi,  chunki  ekkaunting  (hisob-

kitob)  amaliyoti  har  davlatlarda  har  xildir  va  ular  bir-biridan  farq  qiladi.  Bundan 

tashqari kompaniya o‘zining ichki  operatsiyalari bilan  bankni   chalg‘itishi 

mumkin. 


Yuqorida  sanab  o‘tilgan,  kredit  berishda  ko‘riladigan  risklar  bank  tomonidan 

o‘rganilib  chiqilgandan  so‘ng,  bu  kredit  bahosiga  yo  ijobiy  yo  salbiy  ta’sir  etishi 

mumkin. xunki bu risklardan himoyalanish o‘z-o‘zidan kredit bahosining oshishiga 

olib  keladi.  Banklar  va  bankirlar  boshqa  kreditorlarga  nisbatan  riskdan  ko‘p 

himoyalanuvchi  yoki  qochuvchi  bo‘lishlari  kerak.  Buning  sababi  shundaki, 

bankning  boshqa  kreditorlarga  nisbatan  o‘z  mablag‘i  bilan  emas,  balki  jalb 

qilingan mablag‘lar, ya’ni jismoniy, huquqiy shaxslarning vaqtincha bankda turgan 

mablag‘lari  bilan  ishlaydilar.  Bankning  kredit  berish  imkoni  u  jalb  qilgan 

resurslarga bog‘liq bo‘ladi. 

Bank o‘z navbatida bu jalb qilingan mablag‘larni talab qilingan vaqtda mijozga 

qaytarib berish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bu imkoniyat esa bank faoliyatida 

mavjud  risklarni  o‘z  vaqtida  aniqlash,  ularning  oldini  olish  choralarini  ishlab 

chiqishni taqazo etadi. 

Hukumatlararo  kreditlarda  xalqaro  va  mintaqaviy  valyuta-  kredit  va  moliyaviy 

tashkilotlar ishtirok etadi. 

Rivojlanayotgan  mamlakatlar  ga  moliyaviy  oqimlar  rivojlanishni  rasmiy 

moliyalashtirish (RRM) orqali, banklar tomonidan, qimmatli qog‘ozlarni emissiya 

qilish  orqali,  portfel  investitsiyalarni  aksiyalarga  qo‘yish,  to‘g‘ri  investitsiyalar 

orqali, tashqi qarzdorlik hamda to‘lovga layoqatlilikni aniqlash orqali kirib keladi. 

Endi bularni har birini alohida ko‘rib chiqamiz. 

Rasmiy resurslar moliyaviy oqimlarning kam qismini tashkil qiladi (1997 yilda 

15  %).  Lekin,  xususiy  kapitalni  jalb  qilishga  imkoni  bo‘lmagan  ba’zi  kam 




rivojlangan  mamlakatlar  uchun  bu  yagona  tashqi  moliyalashtirish  manbasi  bo‘lib 

hisoblanadi. 

RRMning  asosiy  massasi  subsidiya  hamda  imtiyozli  kreditlarga  to‘g‘ri  keladi. 

Moliyalashtirishning  bu  ko‘rinishi  rivojlantirishning  rasmiy  ko‘makchi  (RRK) 

sifatida  yuzaga  keladi.  Bu  terminlar  rivojlantirishga  ko‘maklashish  komiteti 

faoliyatiga  kiritilgan.  Belgilangan  mezonlarga  ko‘ra  RRKga  subsidiyalar  hamda 

grant elementi 20 %dan kam bo‘lmagan kreditlar kiradi. Bu ko‘rsatkich kreditning 

qiymati,  uning  muddati  va  imtiyozli  davrlarni  hisobga  olgan  holda  hisoblanadi. 

Qaytarilmaydigan  subsidiyalar  uchun  grant-  element  100  %ga  teng.  RRK 

chegarasidagi  o‘rtacha  shartlari  quyidagicha:  narxi  -  yillik  3  %,  muddati  -  30  yil, 

imtiyozli davr - 10 yil. 

Ikki tomonlama yordam uchun mablag‘lar byudjetdan ajratiladi. Uning miqdori 

mamlakat-donorlarning  byudjetiga  bog‘liq.  Lekin  mamlakatlarning  byudjet 

tuzilishi turli xil bo‘lgani uchun mamlakat-donorlarning harakati ularning YAIMga 

foiz  nisbatida  o‘lchanadi.  1970  yil  BMT  kongresi  tomonidan  tegishli  ko‘rsatkich 

0,7 % qabul qilingan, ya’ni donor-mamlakatlar yordam uchun YAIMning kamida 

0,7 %ini yuborib turishlariga rozi bo‘ldilar. 

RRKning  asosiy  maqsadlari  50-yillarning  boshlarida  tashkil  qila  boshlandi. 

Dastalab  donor-mamlakatlarning  resurlari  siyosiy  va  harbiy-strategik  masalalarni 

yechishga qaratilgan. Keyinchalik iqtisodiy muammolar, avvalambor, qashshoqlik 

bilan  kurash  muammolari  birinchi  o‘ringa  chiqa  boshladi.  50-60-yillarda 

resurslarning  asosiy  massasi  infrastrukturali  daromad  keltiruvchi  loyihalarga 

joylashtirilgan.  Lekin  bunday  strategiyaning  ijtimoiy  samarasi  juda  past  edi.  70-

yillarda  boshlab  infratuzilmalarni  moliyalashtirish  asosiy  yo‘nalish  bo‘lib  kelgan, 

lekin  resurslarning  ma’lum  qismi  “asosiy  ehtiyojlar”  (oziq-ovqat,  turar-joy,  toza 

suv,  sog‘liqni  saqlash,  ta’lim)  ga  yo‘naltirgan.  90-  yillarda  maqsadlar  o‘zgara 

boshlagan. 

Dastlabki  RRK  ko‘proq  Uzoq  Sharq,  Janubiy-Sharq  va  Janubiy  Osiyo 

mamlakatlariga  berilgan.  Lekin  keyinchalik  e’tibor  eng  qoloq  Afrika 

mamlakatlariga  qaratildi.  Bir  qancha  mamlakatlar  uchun  uzoq  vaqtni  RRK 




doirasidagi  moliyalashtirish  kutilgan  natijalarga  olib  keladi.  Lekin,  ba’zi 

mamlakatlar  (avvalambor  Janubiy  Koreya  va  Tayvan)  RRKga  tayangan  holda 

iqtisodiy  rivojlanishga  muyassar  bo‘ldilar,  bu  esa  ularga  imtiyozli  kreditlar  va 

subsidiyalardan voz kechishga imkon yaratdi. 

Demak,  ikki  tomonlama  RRK  bu  jahon  xo‘jaligini  markazidan  ba’zi  tijorat 

asosidagi  chet  qoloq  sub’ektlarga  resurslarni  qayta  taqsimlashning  spesifik 

moliyaviy-kredit  mexanizmi  hisoblanadi.  Bu  moliyalashtrish  ssuda  kapitallar 

bozoriga  bog‘liq  emas,  chunki  mablag‘lar  byudjetdan  kelib  chiqadi.  Bu 

mablag‘larni  taqsimlashda  donor-  mamlakatlarning  hukumati  ijtimoiy-iqtisodiy, 

siyosiy  hamda  harbiy-strategik  fikrlarga  asoslanadilar.  Bunda  har  bir  donor-

mamlakat o‘zining maqsadlarini ko‘zlaydi. 

Banklar tomonidan kreditlash ko‘p vaqt davomida rivojlanayotgan mamlakatlar 

RRM hamda to‘g‘ri loyihaviy investitsiyalar dan foydalanib, xalqaro fond va kredit 

bozorlari  bilan  ham  aloqada  bo‘lib  kelganlar.  70-yillarning  boshlarigacha 

rivojlanayotgan  mamlakatlarning  xalqaro  ssuda  kapitallar  bozori  bilan  bog‘lab 

turuvchi yagona narsa bo‘lib eksport kreditlari hisoblangan. 

Eksport kreditlari “aralash” kategoriyasiga kiritilgan, chunki unda ham xususiy 

sub’ektlar (asosan tijorat banklari) bank eksport-import banklar (davlat tomonidan) 

ishtirok  etadilar.  Eksportli  kreditlardagi  banklarning  ishtiroki  ularning  sharoitlari 

kredit  bozoridagi  vaziyatdan  bog‘liqlik  darajasini  belgilab  beradi.  Davlatning 

ishtiroki  vaziyatni  yumshatishga  bu  kreditlardan  bozorni  egallash  uchun 

foydalanishga  imkon  beradi.  Bunday  harakatlar  raqobatga  xavf-tug‘dirib  donor-

mamlakatlar kongresini imzolashga majbur qildi. Bu bitim imtiyozli kreditlarning 

yo‘l  qo‘yiladigan  chegaralari  to‘g‘risida  bo‘lib,  vaziyatga  qarab  har  yarim  yilda 

xalqaro  kredit  bozorida  foiz  stavkasining  eng  quyi  chegarasi,  kredit  muddatining 

maksimal darajasi hamda maksimal imtiyozli davrga kelishiladi. 

Odatda  eksportli  kreditlar  mashina  va  asbob-uskunalarni  yetkazib  berishda 

beriladi.  Shuning  uchun  uning  hajmi  investitsion  jarayon  bilan  bog‘liq  bo‘ladi. 

Banklarning  eksportli  kreditlari  odatda  eksport-import  banklar  tomonidan 

sug‘urtalanadi.  Shuning  uchun  bunday  kreditlashda  ishtirok  etayotgan  tijorat 




banklar  qarzdor  mamlakatda  qarzdorlik  inqirozi  sodir  bo‘lganda  minimal  zarar 

ko‘radilar. 

70-yillarda  kreditlar  har  yili  20  %ga  oshib  ularning  ulushi  esa  1/2  yetganda 

rivojlanayotgan  mamlakatlarga  uzoq  muddatli  sinditsirlangan  kreditlami  bank 

tomonidan  berish  uchun  imkon  yaratildi.  Bu  qonuniyat  quyidagi  omillar  orqali 

amalga oshirilgan: 




Download 201,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish