Birinchidan, xalqaro kredit kreditor mamlakatlar mavqelarini o‘stirgan
holda olingan foydalami qarzdor mamlakatlar dan o‘tkazish uchun
ishlatiladi. Shu bilan birgalikda ssudalami foizlar bilan qaytimining jamiyat
sof daromadining ma’lum bir hajmidan oshgan yillik to‘lovlari qarzdor
mamlakatlarda mazkur jamg’armalarning shakllanish manbalariga salbiy
ta’sir etadi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit qarzdor mamlakatlarda kreditor mamlakatlar
uchun qulay bo‘lgan iqtisodiy va siyosiy rejimlarning yaratilishi hamda
mustahkamlanishiga ko‘maklashadi.
Ishlab chiqarish va almashuvning baynalmilallashuvi, jahon xo‘jalik aloqalari
yangi shakllarining paydo bo‘lishi xalqaro kreditning turli shakllari rivojlanishiga
ob’ktiv asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |