www.ziyouz.com kutubxonasi
38
aylantirardilar. Qay birlari qochib qutulardilar, qay birlari uylarini, nomuslarini boy berib,
uning-buning moli sifatida qorin to'ydirish va giyohvandlik savdosi bilan ovoralar. Bugun
Istambulda ayollarning ishlashini quvvatlagan beylar zimdan hozirlangan bu tuzoqlarni
ko'rmasdan iqtisodiy erkinlik bo'lsin, deya na'ra tortadilar. Ha, qansdayligi noma'mlum
ishlarda ishlash ayolga bir miqdor iqtisodiy huzur beradi, ammo huning barobariga, balki
ko'proq ayollik hislatlarini yo'qotadi-ku! Men u yer bu yerga o'tib nima qilishimni bilmay
yurardim. Sharoitni ko'rib qochishni ham, bulg'anmoqni ham istamasdim. Erkaklar bilan
erkin munosabatda bo'lardim. O'zimcha madaniy hayot kechirardim. Ulardan biror narsa
yuqtirmas, ular qilayotgan ishni qilmas, lekin buni inkor ham qilmas edim. Ularga bir
narsa demasdim. Ularning ishi, ularni ahloqsizliklari menga meyoridegidek tuyula
boshlagandi. Shunday ahloqsizlik oqimida o'zim bo'lishim bilan birga singlimni ham
da'vat etardim. Mendan to'rt tosh kichik singlim onamning qistovlari bilan Qur;on
bosqichlariga yuborilgan edi. Singlimga sal tepadan achinibroq qarardim. O'zimcha uni
bu dunyo zavq;aridan bebahra deb o'ylab, uni bu holdan qutqarmoq choralarini izlrdim.
Bir kuni onamning tug'ilgan yurtiga ketgani, uyda yo'qligidan foydalanib bosqichdan
chiqarib oldim.
O'z ta'birimcha uni qutqargan edim... .
Hanuz o'zini yangi deb harakat qilgan 13 yoshlik singlim o'zgacha hayrat ichida edi.
Bu holidan foydalanib uni kinoga, teatrlarga, ko'rgazmalarga olib borardim. Istardimki, u
ham mendek hur yashasin, diniy ishonch panjaralarini parchalab yoshlarday madaniy
hayot kechirsin. Men yoqlayotgan yoshlar madaniyati nima edi? Ko'chalarda diqqatni
tortuvchi kiyimlarni kiyish, yigit qiz aralash quralash yer depinib tonggacha o'ynashmi?
Yoki cho'milish joylarda yarim yalang'och cho'zilib, beorlik cho'qqisini egallashmi? Yoki
asl maqsad nima ekanligini bilmay qo'llariga kitob jurnal ushlab o'zlarini o'qimishli qilb
ko'rsatishmi? O'zini haqiqtga bag'ishlamoqchi bo'lgan singlimni men ana shunday
vijdonsizlar " madaniyati" moli bo'lishga undar edim. Bugun shu satrlarda yozayotgan
vijdonsizligimni o;sha vaqtda basir ko'zlarim bilan ko'rolmagan edim. Men orzuyimni
amalga oshirishga ulgurmadim. Singlim Allohning madadi bilan onam tarafidan Islomga
ko'ngil qo'ygan yigit bilan unashtirildi. Qancha urinmasamda, singlimni qo'ldan chiqarib
qo'ygan edim. Singlim oramizdan ketgach, onam bilan birga qoldim. Onam o'z dardlari,
man o'z tanlagan yo'lim bilan edim. Bir tashkilotning halq raqslari bo'limida raqqos edim.
Bu tashkilotni tuzganlar ko'proq siyosatni, kommunizmni targ'ib tashviq qilishar edi. Va
shu tafaylik qamoqda ham yotib chiqqan yoshlar edi. Hammamiz "zakovatli" yoshlardan
bo'lganimiz bilan fahrlanar va har hafta minglab odamlar o'rtasida raqsga tushar edik.
Bu jamoatda bir "madaniyatli" akamiz men bilan o'zgacha munosabatda bo'lar edi.
Soatlab davom etgan suhbatlarda dinsizlik emlashini o'tkazar edi. Va albatta meni
"tuzatmay" qo'ymasdi. Zaif ishonch ozgina turtkidan qulaydi. Ular o'ziga tobe'qilish
uchun qo'llaridan kelganini ayamasdi. Bir Ramazon oyida ularning hech qaysisi ro'za
tutmagn holida, men ro'za tutdim. Lekin ulardan uyalganimda buni bildirmadim.
Kechqurun uyga qaytishda madomiki shubhada ekanman nega tutdim deb ro'zamni
buzdim. Va tug'ilgan savol javoblar ichida qolib, chorani o'z-o'zimdan qochmoqda
ko'rdim. Qancha qochmay quyilib kelayotgan savollarga javob topa olamas edim. Ma'lum
bir nuqtagacha kelar, u nuqtadan o'ta olmas edim. U nuqta nima edi?
Shunday o'ylar ichida yorganimda. o'l;imga Hakimo'gli Ismoilning "Ilmlar, sharhlar va
izohlar" kitobi tushib qoldi. Tezda o'qib chiqdim. Tug'ilgan savollarimga yangi yangi
javoblar topa boshladim. Bir Qudrat borligiga ishona boshladimki, hayotim va yashashim
boshqacha mazmun kasb eta boshladi. Bu tuyg'ular bilan to'lishib borar, bu to'lishish esa
hali men bilmagan hidoyat sari boshalrdi. Endi uyg'ongandim, lekin atrofimdan voz
kecha olmasdim. Na ular meni tark etishar va na men ualrni. Ishonchimga ko'ra yashay
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |