Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Download 378,25 Kb.
bet50/79
Sana31.12.2021
Hajmi378,25 Kb.
#258986
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79
Bog'liq
utgan kunlar ziyouz com 68ccf-конвертирован

* * *


Oyning o‘n beshlari bo‘lsa-da, havoning bulutlig‘i bilan oy ko‘rinmas, chin ma’nosi bilan qorong‘i kuzning qorong‘i bir tuni edi. Bir necha yuz yillardan beri yashab favqulodda zo‘rayib ketkan «Xo‘ja Ma’oz» mozorining chakalagi bu qorong‘iliqqa bir manba’ kabi edi. Kuchlik bir yel turg‘an, qandaydir bir ishka hozirlang‘an kabi to‘rt tomong‘a yugurib yurar edi. Mozor chakalagining bir burchagida tutab yotg‘an to‘nka yonida sochlari o‘sib soqolig‘a qo‘shilib ketkan bir devona bu mudhish qorong‘iliqqa qarshi kurashkan kabi gulxanni yondirishg‘a tirishar, gulxan tavaragidan aylanib qo‘lidag‘i kasavi bilan to‘rt tomonidan kovlar edi. Yel borg‘an sayin kuchlana bordi, chakalak tartibsiz holg‘a kirib ketdi, bitta-yarimta to‘kilmay qolg‘an yaproqlar shitir-shitir to‘kilishka oldilar, qarg‘a va zog‘chalar ayni uyqu zamonida tinchsizlagani uchun yelga qarshi na-moyish qilg‘andek g‘o-g‘u bilan chakalak ustidan aylana boshladilar. Yel kuchaygandan kuchayib borar va shu nusbatda mozor ichi ham yana bir qat qo‘rqunch holg‘a kirar edi, yel ketma-ket bo‘kurar, bunga chiday olmag‘an shox-shabbalar qars- qurs sinar, keksa yog‘ochlar g‘iyq-g‘iyq etib yolborish tovshi chiqarar edilar. Yel ortiqcha bir g‘azab ustida edi, yer yuzidagi tikkaygan narsani bukib-yanchib tashlamoqchi bo‘lg‘andek pishqirar edi. Chinorlardan birisini yerni titratib yiqitdi, devonaning gulxanini ham to‘nka-po‘nkasi bilan ko‘tarib chakalakning ichiga otdi. Butun mozor ichini o‘t uchquni ila to‘ldirib, yana ko‘rinishka boshqacha bir tus berdi. Mozorni bu holg‘a solg‘andan so‘ng go‘yo shuning uchun g‘ayratlangandek bir oz pasaya tushdi, och qolg‘an sher kabi pishqirib bo‘kirishlari bosilg‘andek bo‘ldi. Yarim soat chamasi jonsarakka uchrab uchib yurishka majbur bo‘lg‘an qarg‘alar yelning g‘azabi bosilg‘anini bir-birlariga xabar bergandek g‘o-g‘u bilan eski o‘rinlariga qo‘na boshladilar. Ko‘kni o‘rab olg‘an qora bulutlar ham to‘s-to‘ska bo‘linib, oy ham qora parda ichidan yarim yuzini ochib yer yuziga mo‘ralab qo‘ydi. Gumbazning qarshisidag‘i ikki tup keksa chinorning iskelet kabi quruq shoxlarig‘a yel bilan allaqayoqlarg‘a uchub ketkan boyqushlar to‘pi ham kelib qo‘na boshladilar. Oy parchalang‘an qora bulutlar bilan bekinmachoq o‘ynag‘an kabi hali ko‘rinib, hali yashirinar edi. Ul yer yuziga kulib qarag‘anda mozorning chakalak qismiga aytarlik o‘zgarish bera olmasa-da go‘riston qismidagi do‘mboq qabrlarni va ularning ustidagi marmar qabr toshlarini chuqur bir sukut ichida ekan,

taqdim qilar edi. Boyqushlar uyasi bo‘lg‘an ikki tup chinorning qarshisida gunbazga ro‘baro‘ qilib so-ling‘an ayvon-ziyoratxona bor, ammo oy tik ko‘tarilganlikdan ziyoratxona ichi qop-qorong‘i edi. Chinor shoxlari tasbeh kabi chizilg‘an boyqushlar bilan to‘lg‘an. Ular oy nuridan uncha xursand emaslar, chunki oy yer yuziga kulib qaray boshlasa, ular boshlarini kaftlari ichiga oladirlarda, dum-dumaloq bo‘lib siqilib ketadirlar. Oy bulutlar ostig‘a kirsa, ular rohatlang‘an kabi chig‘-chig‘-chig‘, ki-ki-ki qilib sayrab ham yuboradirlar. Bu vaqt shu boyqushlar sayrog‘i ichidan ingranish kabi bir tovish ham eshitilgandek bo‘ladir.

Masjid manorasidan ruhoniyyat yog‘dirib munglik azon tovshi eshitildi-da, uyqu quchog‘ida yotqan tabi’at uyg‘onib javob bergan kabi jong‘irab ketdi. «Ollohu akbar»ning so‘ngg‘i takrorida Otabek ziyoratxona ayvonidan tushdi-da, shildirab oqib turg‘an ariq yonida tahorat olishka o‘lturdi...


  1. Download 378,25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish