Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Download 378,25 Kb.
bet46/79
Sana31.12.2021
Hajmi378,25 Kb.
#258986
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79
Bog'liq
utgan kunlar ziyouz com 68ccf-конвертирован

* * *


Salim sharbatdorniki qutidorg‘a nihoyatda ma’qul tushib qolg‘an edi. Shuning uchun xotini va qizidan so‘rab o‘lturmay bir kun do‘konidan erkak sovchilar bilan bitishib ham keldi va xotinig‘a «men bu kun fotiha qilib keldim, nima bo‘lg‘anda ham endi qizingni ko‘ndirmasang bo‘lmaydir», dedi. Ammo Oftob oyim-ning er otini eshitkanda titray boshlayturg‘an qizi bilan uchrashmoqqa aslo toqati yo‘q, erining bu so‘zini eshitkanda tamom o‘zini yo‘qotqan edi. Ul qizini ko‘ndirish uchun qutidorg‘a va’da berganda o‘z holini ikki yoqdan o‘qtanilg‘an xanjar orasida qolg‘uchig‘a o‘xshatar, qaysi tomong‘a qimirlasa ham muhlik yara olishini aniq bilar edi. Shu kundan so‘ng bechora ona-ning og‘ir kunlari boshlandi. Eriga bergan va’dasini aslo bajara bilmas, bul haqda qizig‘a og‘iz ochib so‘zlay olmas edi. Har kun bozordan qaytib kelib birinchi so‘zi «ko‘ndirdingmi?» bo‘lib qolg‘an eridan tuni bilan koyish eshitar va kunduzlari Kumushka og‘iz ochishg‘a yuraksina olmay azoblanar edi.

Bir necha kundan so‘ng qutidor ham endi o‘z xatosini onglag‘an, chunki har kun deyarlik Salim sharbatdornikidan kelib to‘y kunini so‘rag‘uchi kishiga turlik-turlik bahonalar ayta berib zerikkan va uyatidan do‘konga tushishni-da tark qilish fikriga kelayozgan edi. Bir kun do‘kondan nihoyatda achchig‘lanib qaytdi va Oftob oyimni umrida eshitmagan so‘kishlar bilan so‘kdi: «Qizingni deb shaharda bosh ko‘tarib yurolmayturg‘an bo‘ldim. Ko‘ndirsang ko‘ndir, bo‘lmasa mendan umi-dingni uz, men endi sanlarning dastingdan shahardan qochib ketmasam bo‘lmaydirg‘an darajaga yetdim!» dedi. Ertasi kun bechora ona qizig‘a mash’um mavzu’dan so‘z ochishg‘a majbur bo‘ldi. Qizining yonig‘a o‘lturib so‘zlash o‘rniga yum-yum yig‘lay boshladi. Kumush esa onasini bu holg‘a solg‘an sirdan voqif, shuning uchun yig‘i sababini so‘rab o‘lturmay, ul ham ko‘z yoshisi bilan yuzini yuvmakka tutindi. Ona-bola uzoq yig‘lashdilar, ko‘z yoshlari bitkuncha bo‘zlashdilar.



    • Bu kunlardan ko‘ra dunyog‘a kelmagan bo‘lsam edi. Bu tirikligimdan ko‘ra, o‘lib ketkan bo‘lsam edi! — dedi oxirda Oftob oyim.

    • Yanglish so‘zlaysiz, onajon! — dedi Kumush va: — Siz dunyoda turishka loyiq edingiz, lekin sizning dunyo-dan to‘yishingizga va qon-qon yig‘lashingizga sababchi men bo‘ldim. Men siyoh baxt dunyog‘a kelmagan bo‘lsam edi, sizga munchalik kulfatlar,

munchalik an-duhlar ham yo‘q edi. Shuning uchun siz tangridan so‘rangkim, tezroq men mash’umani mahv etib, sizga uch-to‘rt kun tinchlik bersin, onajon! Sizni bu holda ko‘rishka va o‘z tilagim yo‘lida sizni qurbon etishka ortiq toqatim bitdi. Tashlandiq bu qizingiz, qo‘lma-qo‘l yurg‘uchi bu o‘yinchiq qizingiz kimu, sizdek bir mehribon onani qon yig‘latish kim? Yig‘lamangiz, ona. Sizning to‘kib kelgan ko‘z yoshlaringizning bir tom- chisig‘a ham bu tashlandiq qizingiz arzimas, siz otamg‘a maning rizolig‘imni tashvishlanmay bildiraveringiz. Ul ham kishilar oldida bu baxtsiz qizining ta’nasiga qolmasin. Siz manim yuzimga ezilib qaramangiz, o‘ylamay-netmay rizolig‘imni bildiraveringiz! — dedi va yuziga to‘zg‘ib tushkan sochini to‘g‘rilab olg‘ach, davom etdi:— Agar siz menga ortiq achinsangiz, rizolig‘imning bir sharti qilib to‘yni kelasi kuzga bo‘lishini aytib o‘tingiz, agarda otam baxtsiz qizining bu tilagini qabul etsa-etsun, bo‘lmasa manim bu tilagim ham sizning bir tomchi ko‘z yoshingizga arzimas, onajon, sizning shodlig‘ingiz yo‘lida har bir og‘irliqlarg‘a bu baxti qaro qizingiz rozidir, onajon!

Oftob oyim Kumushning bu so‘zlariga to‘zib turolmay, qizini bag‘rig‘a bosib quchoqladi, ona-bola tag‘in shiddatlik ravishda ko‘z yoshig‘a ko‘mildilar...



Download 378,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish