www.ziyouz.com kutubxonasi
17
to‘g‘risida hech qanday xabar eshitilmagan.( “Vafiyya”ning muqaddimasi, 2-bet.)
QOHIRADAGI USMON MUSHAFI
Qohiradagi «Sayyiduno Husayn» masjidida ikkita qadimiy mushaf bor. Ulardan biri
sayyiduno Usmon (r.a.) va ikkinchisi sayyiduno Ali (k.v.)ga tegishli deb hisoblanadi.
Barzanjiy aytadilar: “Qohiradagi Mushafda xuddi hozirgi kunda Madinai Munavvarada
mavjud bo‘lgan Mushafdagi kabi “fasayakfikahumulloh” oyatining ustida qon izlari bor.
Makkadagi Mushafda ham shunday. Bundan kelib chiqadiki, kimdir ataylab, mazkur oyat
ustiga, Bosh Mushafga o‘xshatish maqsadida, qon izlarini tushirgan. Vaholanki, hazrati
Usmon qonlarining izi faqat bitta Mushafda bo‘lgan. Ehtimol bular Ibn Jubayr rivoyatida
aytilgan, hazrati Usmon har xil yurtlarga jo‘natgan Mushaflarning ba’zilari bo‘lsa kerak”.
Shuningdek, Berlin muzeyida ham bir qadimiy mushaf bor, yana biri Turkiyada
mavjud. Mag‘rib podshohlari yurishlarda hazrati Usmon Mushaflarini qo‘shindagi birinchi
tuyaga yuklab qo‘yar edilar.( «Nafxut-tiyab» 1-jild, 263-bet.)
Ba’zi sharqshunos olimlar bir qancha tarixiy rivoyatlarni to‘plaganlarki, ularni
e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Bu rivoyatlar qadimgi ulamolarning Mushaflarni
yoki ularning suralarini musulmon mamlakatlarda ko‘rganliklarini ta’kidlaydi. Mazkur
sharqshunos olimlarning boshida professor Kazimirovni tilga olish mumkin. Ushbu
rivoyatlardan biz Usmon Mushaflaridan biri IV hijriy asrning boshlarida mavjud ekanligini
bilib olamiz. ( “Mubahasot”, 101-bet.) ;
TOSHKENTDAGI USMON MUSHAFI
Hozirgi paytda O’zbekiston jumhuriyati poytaxti — Toshkentda, qadimiy yodgorliklar
muzeyida kiyik terisiga yozilgan katta bir Mushaf mavjud. Avval u Samarqanddagi «Oq
madrasa» nomi bilan mashhur bo‘lgan, Nodir Devonbegi Tog‘o madrasasining maxsus
hujrasida uzoq davr mobaynida katta e’tibor bilan saqlanar edi. Bu madrasa Xo‘ja Ahror
valiy masjidiga yondoshgan bo‘lib, u zot mashhur sufiy olim, buyuk mashoyixlardan
bo‘lib, to‘liq ismlari Xo‘ja Ubaydulloh bin Mahmud bin Shahob Al-Ahror Toshkandiy
Samarqandiydur. Vafotlari 895 hijriyda bo‘lib, Shayx Muhammad Bahouddin tariqasining
xalifalaridandurlar. Mana shu Mushafni har xil marosim va munosabatlar bilan odamlar
istiqboliga olib chiqilar, «Fasayakfikahumullohu va huvas-sami’ul ‘alim» oyati ustida qon
izlari bor edi. Sayyiduno Usmon (r.a.) shu Mushafning ustida shahid bo‘lganlar deb,
tabarrukona ziyorat qilinar edi. Mushaf avvalda Shayx Ubaydulloh Ahror, so‘ngra u
zotning avlodlari va o‘zlaridan keyingi xalifalarining tasarrufida bo‘lgan. Ul zotning
avlodlari va xalifalari Mushafni mazkur hujrada saqlashlikka hazrati Xo‘ja Ahrorga va’da
bergan edilar. Bu hol 1285 hijriy sana — ruslar Samarqandni ishg‘ol qilgunlaricha davom
etdi. Bosqinchilar Mushafdan xabar topgach, uning Islom olamida katta ahamiyatga
molik yodgorlik ekanini anglab, uni Peterburgga olib ketish choralarini ko‘ra boshladilar.
1869 yil Zarafshon vodiysi hokimi general Abramov Toshkentda turgan Turkiston
general-gubernatori Fon Kaufmanga xat yo‘llab, Samarqand masjidlarining birida kufiy
xatda yozilgan va musulmonlar orasida juda mashhur bo‘lgan qadimiy Qur’on bor, yerlik
ulamolar uni Buxoroga olib ketish chorasini ko‘rmoqda, deb yozadi va podpolkovnik
Serovga tezda bu ishning oldini olish uchun Xo‘ja Ahror masjidiga berishni buyuradi.
Qur’oni Karimning mashhur nusxasini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan rus ma’murlari
musulmonlar bilan suhbatda: “Ushbu nodir kitobning ahamiyati katta. Bilishimizcha,
Mushaf qimmatli yodgorlik. Bu yerda uni hech kim o‘qiy olmasa va qadriga yetmasa,
yo‘qolib ketishi hech gap emas. Agar u Rusiyaning poytaxti Peterburgdagi imperator
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Do'stlaringiz bilan baham: |