www.ziyouz.com kutubxonasi
9
USMON (R.A.) ZAMONLARIDA QUR’ONI KARIMNI ABU BAKR
SAHIFALARIDAN OLIB, BIR XIL QIROATDA YOZIB JAM’ QILINISHI VA
UMMATNING SHU QIROATGA O’TKAZILISHI
Imom Buxoriy rivoyat qiladilar: Huzayfa bin al-Yamon hazrati Usmon (ikkalovlaridan
Alloh rozi bo‘lsin) oldilariga keldilar. (Hijratning 25 yili va hazrati Usmon xalifaliklarining
2 yili). Bu paytda Huzayfa Shom ahliga bosh bo‘lgan holda Iroq ahli bilan Armaniston va
Ozarbayjon g‘azotida ishtirok qilayotgan edilar. Shom va Irok, ahllari o‘rtasidagi Qur’on
tilovati borasidagi ixtilof Huzayfani dahshatga soldi. U zot hazrati Usmonga: “ Ey amiral-
mu’minin, musulmonlar Qur’on xususida yahudiy va nasorolar kabi ixtilof qilmaslaridan
burun ummatning holidan xabar oling”, dedilar. Shunda Usmov (r.a.) Hafsa onamizga
odam yuborib: «Sahifalarni bizga berib turing, undan nusxa olib, Sizga yana qaytarib
beramiz», — dedilar. Hafsa onamiz sahifalarni hazrati Usmonga yubordilar. Xalifa Zayd
bin Sobit, Abdulloh bin Zubayr, Said bin Os, Abdurrahmon bin Horis bin Hishomlarga
amr qildilar va ular sahifalardan bir necha mushaf qilib, nusxa ko‘chirdilar. Hazrati
Usmon sahifalarni Hafsa onamizga qaytarib berdilar. Ko‘chirilgan nusxalardan har bir
mintaqaga bitta bittadan mushaf yubordilar. Qur’ondan yozilgan boshqa har xil sahifa va
mushaflarni esa kuydirishga buyurdilar.
Boshqa bir rivoyatda, Huzayfa Usmonga murojaat etib: «Odamlardan xabar oling,
dedi. Hazrati Usmon : «Nima bo‘ldi?» — dedilar. Huzayfa aytdi: «Armanistonda g‘azotda
edim, Shom va Iroq ahllari bilan birga edik. Qarasam, Shom ahli Ubay bin Ka’b yo‘lida
qiroat qilyapti. Qiroatlarida Iroq ahli eshitmagan narsa chiqib qolsa, Irok, ahli ularni
kofirga chiqarayaptilar yoki Iroq ahli Ibn Mas’ud yo‘lida qiroat qilib, Shom ahli
eshitmagan biron narsa chiqib qolsa, ular Iroq ahlini kofirga chiqarayaptilar».
Huzayfa Armaniston g‘azatidan qaytib kelayotganda, unga hamroh bo‘lgan Said bin
Osga aytdi:
— Ushbu safarim chog‘ida shu narsaga guvoh bo‘ldimki, agar bunga chora
ko‘rilmasa, Qur’on to‘g‘risida keyinchalik hech tuzatib bo‘lmaydigan bir ixtilof chiqadi.
Said so‘radi: — Qanaqa ixtilof ekan u?
— Hums shahridan bo‘lgan odamlarni ko‘rdim, ular o‘zlarining qiroatlarini boshqa
qiroatlardan yaxshi deb, Qur’onni Miqdoddan o‘rganganliklarini aytar edilar. Kufadan
bo‘lgan odamlarni ko‘rdim, ular ham shunga o‘xshash gaplarni aytib, qiroatni Ibn
Mas’uddan olganmiz, derdilar. Basra ahli ham ayni shu da’voni qilmb, ustozlari Abu
Muso Ash’ariy ekanligini aytardilar va uning mushafini «Lubobul-qulub» deb ataydilar,
deb javob berdi Huzayfa.
Kufaga yetib kelganlarida Huzayfa odamlarga bu haqda xabar berdi va ularni o‘zini
tashvishga solayotgan voqe’lik bilan ogohlantirdi. Rasululloh(s.a.v.)ning ashoblari va
ko‘pgina tobiinlar uning gapiga qo‘shildilar. Ibn Mas’udning odamlari: «Biz ibn Mas’ud
qiroatida o‘qishligimizni hech kim inkor qila olmaydi-ku», deganlarida Huzayfa va uning
gapini ma’qullaganlarning achchiqlari chiqib ketdi. Ular: “Sizlar a’robiy (sahro odamlari)
siz, sizlar xato qilyapsizlar”, deyishdi. Huzayfa esa: “Allohga qasam, agar tirik bo‘lsam,
albatta amirul-mu’minin oldiga borib, odamlarni bundan qaytarish kerak ekanligini
aytaman”, dedi. Shunda ibn Mas’ud Huzayfaga qo‘pol muomala qildi. Said g‘azablanib,
o‘rnidan turib ketdi. Odamlar tarqaldilar. Achchiqlangan Huzayfa Usmon (r.a.) oldilariga
borib, o‘zi shohid bo‘lgan ishlarning xabarini berdi: «Men xolis ogohlantiruvchiman,
ummatni qutqaringlar»— dedi. Usmon (r.a.) sahobalarni yig‘dilar va ularga voqeani
aytib berdilar. Ular bu voqeani katta xavf deb, hammalari Huzayfaning fikrini to‘g‘ri deb,
topdilar. («Al-Komil» kitobi 2-jild 55-bet.)
Yazid An-Naxa’iydan: “Valid bin Aqaba zamonida masjidda o‘ltirgan edim. Bu
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Do'stlaringiz bilan baham: |