www.ziyouz.com kutubxonasi
75
Turkiyada qoladigan mol berishini aytadi. Xaridor ishlatib ko‘rmagan molni olishni
istamaydi. Odilbek so‘raydi:
— Puling chetga — ajnabiyga ketishiga, millatning qashshoqlashishiga rozimisan?
— Jonim, senga nima?! Sen xohlaganimni ber.
— Beraman. Lekin bu sotilmaydi. Xaridor hayron. «Sotilmasa nega do‘konda turibdi? Bu
qanday gap? Borib turgan muomalasizlik», — deb o‘ylaydi.
— Yaxshi, lekin namoyishga qo‘yganmisan buni?
— Ha, namoyish uchun saqlayapman. Nima olmoqchiligini, puli qayoqqa, kimlarga
ketishini bilarmikin deb saqlayapman. Qayokdan bilasan bu mollar ichiga bizni biz
bo‘lishdan chiqaradigan moddalar aralashtirilmaganini?! Zararsiz bo‘lganda ham, pul
millat kissasidan chiqib, o‘zga millatning, masalan, yahudiyning kissasiga tushadi.
Holbuki, turk molini olsang, puli Turkiyada qoladi...
Xaridor bu suhbatdan so‘ng tavsiya etilgan molni oladi yoki olmasdan chiqib ketadi. U
bundan so‘ng eski odatida qoladimi? Yoki tushunib, milliy sarmoya muhofazasi yo‘lida bir
qadam tashlaydimi? Bu uning vijdoniga bog‘liq. Ne bo‘lganda ham Odilbekning ishi
rohat. «Ikki chaqa deb milliy sarmoyaga xiyonat qilaymi?!»—deb vazifasini o‘taydi
hamda xaridorga ajoyib bir o‘y, tushuncha berib qo‘yadi. Xaridorning hech narsa
olmasdan chiqib ketishi muammo emas. Kun kelib, bu millat o‘z mahsulotidan
boshqasini munosib ko‘rmaslikni anglab yetadi.
* * *
Bu tushuncha Odilbekka qaydan keldi?
E’tirof etmoq kerakki, ilgari bunday fikrlamasdi. Tug‘ri, tuzuk, harakatchan edi. Shuning
bilan birga olgan gazlama yoki uy ashyosi o‘zimiznikimi, yo‘qmi deb qiziqmas, shunchaki
yoqtirganini olardi, holos. Bu hol Husayin Imom Xatib maktabining beshinchi sinfiga
borishiga qadar davom etdi.
Husayin darsdan tashqari o‘qigan bir tafsir kitobidan Qur’on oyatlarining ko‘pi nozil
bo‘lishiga yaxudiylarning tarbiyasizligi sabab bo‘lganini bilib oddi. O’sha joydan
savdodagi qallobliklarning aksariyati ana shu millatga xos ekanligini, ular o‘zga
millatlarni talash, abgor etish maqsadida turli hiylalar ishlatishini bilib oldi. Bu
bilimlardan Odilbekni ham xabardor etdi.
Kun kelib, Odilbek ishini ulgurji, ko‘tara savdoga o‘tkazdi. Harom yo‘l bilan boyiganlarga
halol va shar’iy yo‘l bilan ham boyish mumkinligini isbotladi. Hiylakor va haromxo‘r u
dunyodagina emas, bu dunyoda ham topganini baxuzur, bemalol yeyolmasligi qilmishiga
jazo emasmi?
Odilbekka ba’zan yaqin tumanlardan zarur mollar so‘ralgan talab maktublari kelardi. Bu
talablarning bir qismini qondirardi, qondirilmagan qismi uchun talabgorlarga maktublyar
yo‘llab «topilmagan chet el mahsulotlari o‘rniga xohlasangiz, o‘zimiznikidan yuboraman!,
deb taklif bildirardi. Bu maktublar ko‘pincha yaxshi natijalar berardi.
Mamlakatdan tashqariga oqib ketayotgan pul masalaning bir tomoni, masalaning boshqa
tomoni — u yoqdan keladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati qanaqaligi. Kutsdan-qun
ortib borayotgan turli xastaliklarning bunga hech qanday aloqasi yo‘qmikan?! Unda oldin
ko‘z ko‘rib, kuloq eshitmagan tomir qotishiga o‘xshash kasalliklar osmondan
tushyaptimi?
Tabiiy, o‘zing mutaxassis bo‘lmagan sohalarda qat’iy so‘z aytish yaxshi emas. Ammo,
ota-bobolarimiz bejizga «Govurdan do‘st bo‘lmas» deyishmagan.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |