www.ziyouz.com kutubxonasi
66
U daraxt maxsus dastgohlarda qayta nshlanib, jihoz shaklida mehmonxonaga kirishi
mumkin. Tarbiya hatto hayvonga ta’sir ko‘rsatar ekan, nechun u insonni farishtaga
yaqinlashtirib, ulardan ham yuksak maqomlarga ko‘tarmasin?!
Fotimaxonim tarbiyaning ahamiyatiga qisqacha shunday izoh beradi. Shuning uchun
bolalarining dars tayyorlashidan tortib, to yaxshi axloq sohiblari bo‘lgunga qadar qo‘lidan
kelganicha g‘ayrat qilishiga shubha yo‘q. Masalan, Husayin «tayyorlaydigan darsim
qolmadi», deb o‘yinga berilganda shunday derdi:
— Otang do‘konni ochib, uch soat ishlab keyin yopib, aylanib yursa, bo‘ladimi?
— Ona, do‘kon ham yopiladimi?
— Nega yopilmas ekan?! Axir uch soat ichida o‘sha kun tirikchiligiga yetgulik pul ishlash
mumknn.
— Mumkin, ammo bu bilan ish bitmaydi. Ertaga chiqadigan qo‘shimcha ehtiyojlar yoxud
dam olish kunlaridagi xarajatlar uchun ham ishlash kerak-ku.
— Barakalla, sen ham ertaga bir musulmon muhtoj bo‘ladigan bilimga hozirdan
tayyorlan. Bir musulmon uchun bugunga qadar olgan bilimlaring yetib-etmasligini o‘ylab
ko‘r. Bilim insonga foydadan boshqa narsa emas. O’g‘lim, o‘ynamoq har kimning qo‘lidan
keladi, ammo o‘tirib Allohning qullariga Allohga eltguvchi yulni ko‘rsatish niyati bilan
harakat qilmoq har kim bajara oladigan ish emas. Inson qancha harakat qilsa, barakati
ham shuncha, — deb Husayinni dars tayerlashga o‘tqizardi.
Boshqa kun do‘konlardagi shogirdlarni misol keltiradi. Ularning ertadan-kechgacha
tinmasliklarini, hatto ba’zan ovqatlanishga ham vaqt topolmasliklarini, ularning ham
onalarining jondek bolasi ekanini, undan ortiq, yo kam joyi yo‘qligini aytib, ular qanday
harakat qilsalar, talaba ham shunday qilishi kerakligini uqdiradi.
Husayin onasining tashviqi bilan darslarni sinfdoshlariga qaraganda yaxshiroq
o‘zlashtirdi. Maktab darslari tugashi bilan maslagiga aloqador kitoblar o‘qir, ba’zi
narsalarni daftariga qayd etib qo‘yar, onasi aytganiday bundan doim foydalanardi.
Ba’zan bir sinfdoshi darsga emas, maslagiga aloqador savol berib sinfdoshlari javob
berolmasa, bilganlarini aytar yoki shu savolga daxldor kitoblarni tavsiya qilardi. Boshqa
o‘rtoqlari kabi dars tugar-tugamas o‘yinga chopmas, o‘qir, darsda javob berish uchun
emas, Alloh rizosi uchun, Alloh qullariga yordamchi bo‘layin deb o‘qirdi. Uyining supurib-
sidirilishini Alloh rizosiga bog‘lagan, bundan daftariga savob bitilishini umid qilgan
samimiy onaning o‘g‘li bo‘lish shuni taqozo etmaydimi? Bir kun onasidan so‘radi:
— Ona, uy supurish ham Alloh rizosiga bog‘liqmi? Hamma narsa Alloh rizosi bilan
izohlanadimi?
— O’g‘lim, Alloh pokiza bo‘lganlarni sevadi. Tozalikni amr etganini tushunib, uyni
supurish nega uning rizoligiga sabab bo‘lmasin?! — deb javob berdi va Husayin
qanoatlandi.
* * *
Fotimaxonimning Samiha va Odilaga munosabatini: biri haqiqiy, biri o‘gay bo‘lgan, faqat
har ikkisi ham o‘zini haqiqiy hisoblagan ikki opa-singil va bir ona deb tasvirlash mumkin.
Ular hamma bolalardan farq qilishmasdi va Fotimaxonim ham ba’zan yaxshi, ba’zan
talabchan bo‘lardi. Bolalari orasida raqobat paydo bo‘lmasligi uchun qilni qirq yorgandek
noziklik va ehtiyotkorlik bilan adolatli muomala yuritardi. Bu adolatli muomala tufayli
hech birining xayoliga «onam meni boshqalardan kamroq yoki ziyodaroq yaxshi
ko‘radi», — degan o‘y kelmaydi. Agar kimningdir qalbida shubha tug‘ilsa, bunga sabab
Odilaning ko‘zlari boshqacharoq, Samihaning ko‘zlari esa Fotimaxonimning ko‘zlariga
o‘xshashligi bo‘lishi mumkin, holos. Ularning maktabga borib-kelishlari ham Husayinga
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |