www.ziyouz.com kutubxonasi
62
Butsdaylarga Rasulullohning qizida faqat bir bosh libosi bo‘lganini eslating. Bugun ustiga
kiyishi uchun eng oddiy libosni topishga ham qiynaladigan, «bir muruvvat sohibini yo‘lla,
yo Rab», deya ingrab, iltijo qilayotgan qancha ayollar borligini eslating. Insonlik sharafi
va fazilati boylarning kim o‘zarga kiyinishi, bo‘ylashib, bahslashishida emas, balki
ochlarni to‘ydirish, yalang‘ochlarni kiyintirishda ekannni tushuntiring. Modaga sarf
etnlayotgan har tiyinning Alloh huzurida hisobi, javobi borligini aqllariga joylang.
Janoblar, hikoya demang.matal-cho‘pchak deb tinglamang, uyiga haftada go‘sht
kirmagan, issiq sho‘rva ichmagan, to‘yib ovqatlanmaydigan qanchalab dindoshlarimiz
bor... Biz qish kunlari issiq pech yonida iliqqina o‘tirar ekanmiz, quruq, sovuq
qozonlariga ko‘zyoshlari tomgan birodarlarimiz qancha?! O’ylab ko‘rsak, din va axloqiy
jihatdan bizdan ko‘p yuksak. Alloh huzurida bizdan sharafliroq qanchalab birodarlarimiz
biz qorin to‘qligidan me’damiz bilan mashg‘ul paytlarimiz ochliqdan qiynalayotgan
bo‘ladilar.
Muhtaram musulmonlar!
Bilamizki, shunday boylarimiz borki, kunda yuzlab lira foyda ko‘radilar, har kun go‘sht,
yog‘ va asalga bo‘kadilar, tag‘in hech narsaga erishmaganidan, xuzur topmaganidan, bir
millioni ikki millionga chiqmaganidan shikoyat qilishadi. Bundaylardan muruvvat
kutmaymiz. Faqat boy xotinlarining tirnoq bo‘yog‘iga xarjlaganicha pul topish uchun
eshikma-eshik yurib odamlarning kirlarini yuvishga majbur bo‘layotganlarni unutmaylik.
Ayrilishni istamaganimiz bu dunyodan yolg‘iz kafan bilan birga ayrilar ekanmiz,
yonimizdan yaxshiliklarimiz, ibodatlarimizgina joy olishini, oxiratda bizga yeganlarimiz
emas, yedirganlarimiz, kiyganlarimiz emas, kiydirganlarimiz foyda keltirishini
unutmaylik.
Modomiki, el eshigida tilanchi emas ekanmiz, bunga shukrona o‘laroq, un, o‘tin
topolmagan, holini birovga arz etolmaganlarni yo‘qlamasak, yordam bermasak,
Allohning so‘roqlariga qanday javob beramiz? Ertaga, qilgan isroflarimizning gunohlari
qarshisida ter to‘kib, pushaymon bo‘lmasdan burun o‘zimizga kelaylik, bu xil
qashshoqlikning va isrofgarchilikning oldini olaylik.
Husayin xutbasini bitirganda, kishilarning ko‘nglida uyg‘ongan to‘lqinlanish, yuraklarni
to‘ldirgan hayajon tuyg‘ulari bu xutbaning odamlarga juda yoqqanidan darak berardi.
Ammo xutba tinglovchilarga yoqish uchungina emas, xalqqa ta’sir etish, ularni to‘g‘ri
yo‘lga boshlash uchun o‘qildi. Shu sababli xutbaning ta’sirini o‘sha kungi tilga tushish,
Odilbekni do‘koniga kelib tabriklab ketgan xesh, do‘stu aqraboning e’tibori bilangina
o‘lchamoq to‘g‘ri bo‘lmasa kerak.
Bundan keyin yonida yarim yalang‘och qizini yoki nabirasini tartnbga chaqiradiganlar
bo‘ldimi yoki bo‘ladimi? Xotinini bezatilgan molday yotoq kiyimida namoyishga chiqargan
erkaklar bu kimlarga taqlid ekanini tushunib, tushuntiradimi? Bu chirkin harakatlarga
barham beriladimi? Yuzlaridagi or va nomus hissini chaplangan bo‘yoqlar hamda upa-
eliklar yo‘q qilib yubormaydimi? Davron yana eski davronligicha qolaaersa, u Kun uchun
ko‘zlardan tomgan ikki tomchi yosh bilan ikki tomchi suvning farqi qolarmikin?
Jome’ning imomi uni tabrikladi, bir oqsoqol nuro-iy chol quchoqlab, ko‘zlaridan o‘pdi.
Jome’dan chiqarkan Husayinning oyoq kiyimini qo‘yarda-qo‘ymay to‘g‘rilagan o‘n sakkiz
yoshli yigitning samimiyati-chi?!
— Men o‘qiyolmadim, hech bo‘lmasa bitta o‘qiganning oyoq kiyimini to‘g‘rilash savobidan
mahrum bo‘lishni istamayman.
Bu o‘spirinni Husayin tanimaydi. Ammo Fotimaxonim uni uzoqdan bo‘lsa-da ko‘rganda
edi, Ismoilning yosh chehrasi, g‘amgan nigohi uning ko‘z o‘ngida namoyon bo‘lardi. Ha,
bu yosh yigit o‘sha Ismoil edi. Qarshisidagi o‘zidan ikki yosh kichik Husayin bir zamonlar
har yegan tayog‘idan so‘ng ko‘zlarini silab artgan Fotima opasining o‘gay o‘g‘li ekanini
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |