www.ziyouz.com kutubxonasi
6
jim yotgan edi. Ko‘rdiki qarshisida otasi turibdi. Shu onda tuproqqa aylangan onasi va
yetimlik jamiki ozorlarini chekishiga sabab bo‘lgan otasi orasida edi u. Qochish
kerakmikan? Nima qilsa ekan? Ismoil hozir bu savollarga javob bera oladigan holatda
emasdi.
— Bu yerda nima qilyapsan, o‘g‘lim?
— Onamning kuchog‘ida yotibman.
— Shunday ham bo‘ladimi, bolam? Onango‘lganiga necha shil bo‘ldi?! Axir u tuproqqa
aylanib ketganku
— Mayli. Men unnng tuprog‘ini ham yaxshi ko‘raman. Endi bu yer mening uyim, — dedi
u qo‘li bilan qazilgan koyga ishora qilib.
Ota boshqa chidayolmadi, Onasining tuprog‘idan boshqa o‘kinadigan yeri va kimsasi
qolmaganini anglagan bolasini bag‘riga bosib xo‘ng-ho‘ng yig‘lay boshladi.
Bir muddat shunday yig‘lagach:
— Yur, o‘g‘lim, ketamiz, — deb ko‘lidan tutdi va u yerdan chiqdilar. O’n-o‘n besh qadam
tashlagach bir nima esiga tushib so‘radi:
— Yuzingta yopib olganing nimaydi, o‘g‘lim?
— Ismoil kissasidan bo‘z parchasini chiqardi:
Onamning ko‘ylagidan uzib oldim. Bunda uning hidi bor
Tush, Quyosh harorati kuchayganida qabristondan naqadar gunohkor va bemehrligini
anglagan ota hamda uniig ota mehridan maxrum bo‘lgani uchun ona xokini yuzga surtib,
ona tuprog‘iga bosh urushdan boshqa chorasi qolmagan tolesiz o‘g‘li chiqishmoqda.
Tunda, Ismoil uyquga ketgach, bu hodisalarni bir-bir anglatgan ota xotiniga murojaat
qildi:
— Bir narsaga aqlim yetmayapti. Ismoil onasi o‘lganda uni taniydigan holda emasdi.
Uning ko‘ylagi qayoqdan bildi?
Sanixaxonim javob berdi:
— Kecha uyni yig‘ishtirayotganda eski kiyimlarni taxlayotib unga onasining ko‘ylagini
ko‘rsatgandim. U olib uni ko‘liga oldi, ko‘zlari yoshlandi. Men ortiqcha ahamiyat
bermasdan ko‘ylakni uning ko‘lidan olib ko‘ydim.
U taxmonni titkilab o‘sha ko‘ylakni topdi. Bu ko‘ylakning naq ko‘ksidan bir parcha qirqib
olingan edi.
O’sha kundan e’tiboran Ismoilning uydagi ahvoli ozgina yengillashdi. Endi Ismoil ba’zida
bir tizzasiga Salmani olgan otasining kuchog‘ida o‘tirish zavqini totar bu holdan
Sanixaxonimning qovog‘i ham avvalgaday uyulmasdi.
Endi Ismoil ham ochiq chehra bilan yura boshladi.Avallari oqshomda uyga qaytgan
otasini boshi ham holda kutib olgan Ismoil endi otasi kelishi bilan yugurib boradigan va
uning ko‘lidan ushlab uyga yonma-yon kiradigan bo‘ldi. Uning hayotida ko‘zga ko‘rinarli
o‘zgarishlar bo‘lnanini bilgan ko‘shnilarning ham vijdonlari endi xotirjam edi. Avvalo
Fotima... Ota-o‘g‘il ko‘l ushlashib uyga kirisharkan, ba’zan uning ham ko‘zlaridan qaynoq
tomchilar mexr va shafqat to‘la ko‘ksiga enardi.
* * *
Fotima bu yil o‘n to‘qqizga qadam ko‘ydi. Bu yoshga pok, vijdoni oldida uyalmaydigan
bir holda kirdi. Qur’on o‘qimoqni otasidan, namoz o‘qimoqni ota-onasidan,tarbiya va
odobni ular bilan birgalikda o‘z vijodonidan o‘rgandi. Har jixatdan ayol degan nomga
munosib bo‘ldi.
Otasidan yetarlicha diniy ma’lumot oldi. Alloh har narsani ko‘rguvchi, eshitguvchi,
bilguvchi ekanini, yaxshiyomon qilgan ishlari hususida uning huzurida bir kun xisob
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |